|
Bank daromadlarining turlari va ularni hisobga olish
|
bet | 88/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar10.6. Bank daromadlarining turlari va ularni hisobga olish
O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risi-da”gi Qonuniga asosan tijorat banklarining asosiy maqsadi – foyda olishdir. Tijorat banklari o‘z faoliyatlari davomida juda ko‘plab mijoz-larga xizmat ko‘rsatadi, turli xil operatsiyalarni bajaradi, bir qator xarajat-larni amalga oshiradi. Buning natijasida ma’lum miqdorda daromad oladi.
Shunday qilib, har bir tijorat banki o‘z faoliyatini olib borishdan maqsadi yuqori daromad olishga qaratilgan bo‘lib, o‘z daromadlarini ko‘paytirish yo‘llarini tijorat banklari mustaqil ravishda belgilaydilar.
Umuman, daromad – bu ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasidagi faoliyatdan keladigan pul tushumidir. Bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari ham boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar kabi bank faoliyatidan daromad oladilar. Tijorat banklarining daromad-lari mijozlarga qisqa va uzoq muddatlarga berilgan kreditlar bo‘yicha olinadigan foizlar, kreditlarning o‘z muddatida qaytarilmagani uchun mijozlardan shartnomada ko‘rsatilgani bo‘yicha olinadigan yuqori stav-kadagi foizlardir. Banklarning bu daromadlari barcha daromadlarining asosiy qismini tashkil etadi.
Bundan tashqari, tijorat banklari mijozlariga talab qilinguncha saq-lanadigan depozit hisobvaraqlari, muddatli, jamg‘armali depozit hisob-varaqlari, valyuta va boshqa hisobvaraqlar ochadi va yuritadilar. Bu hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida mijoz-larga turli xil xizmatlar ko‘rsatib tegishli ravishda haq oladilar. Bu xiz-matlari uchun oladigan daromadlari ko‘pincha tijorat banki va mijoz o‘rtasida hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlarga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi o‘zaro tuzilgan shartnomada belgilanadi.
Tijorat banklari kutilmagan daromadlar ham ko‘rishi mumkin. Bunday daromadlarga bank kassalaridagi naqd pul mablag‘larining ortiqcha chiqqan qismi, qarzdorlardan undirilgan turli jarima va penya-
188
lar, banklarning asosiy vositalarini tugatish yoki sotishdan olgan daro-madlari kiradi.
Shunday qilib, tijorat banklarning daromadlari va ularning manba-larini bank faoliyatiga qarab, tijorat banklari amalga oshiradigan ope-ratsiyalar nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish mumkin.
Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasiga asosan bankning barcha daromadlarini foizli, foizsiz va boshqa daromadlarga bo‘lish mumkin.
Banklarning daromadlarini hisobga olish uchun tijorat banklari hi-sobvaraqlar rejasining 4-bo‘limida bir qator asosiy va subhisobvaraqlar ochilgan. Hisobvaraqlar rejasidagi daromadlar bo‘limining boshida quyidagi hisobvaraqlar keltirilgan:
40200 – O‘zR. Markaziy bankidagi hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar.
Bu hisobvaraq o‘z ichiga ikkita hisobvaraqni oladi:
40201 – O‘zR. Markaziy bankning vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli daromadlar.
40205 – Markaziy bankdagi depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar. Bundan tashqari, bank daromadlarini hisobga olish uchun juda ko‘p-
lab hisobvaraqlar yuritiladi, bu hisobvaraqlarning ba’zilarini keltiramiz: 40400 – Boshqa banklardagihisobvaraqlarbo‘yichafoizli daromadlar. 40600 – Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlar. 40700 – Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan
investitsiya bo‘yicha foizli daromadlar.
44100-Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar. 41400 – 42600 hisobvaraqlarida hukumatga, boshqa banklarga va
turli mulkchilik shaklidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kredit-lar bo‘yicha foizli daromadlar hisobi yuritiladi.
Hukumatga, boshqa banklarga va turli mulkchilik shaklidagi kor-xonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar hisobini yuritish uchun esa 43100-44600 hisobvaraqlari ochilgan.
Tijorat banklarining eng katta daromad manbayi qisqa va uzoq muddatli kreditlardan olingan foizli daromadlaridir.
Banklarda kreditlar bo‘yicha foizlar har kuni hisoblanadi va 16309 – ‘Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar’ hisobvarag‘ida aks ettiriladi.
16309 – hisobvarag‘ining nomini eslab qoling, u amaliyotda juda ko‘p ishlatiladi, quyida ham bir necha marta bu hisobvaraqni ishlatamiz.
189
Foizlar hisoblanganda, lekin hali undirilmagan holda quyidagi buxgalteriya provodkasi bajariladi:
Debet 16309 Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar.
Kredit 42xxx Mijozlarga berilgan qisqa muddatli kreditlardan olingan foizli daromadlar.
42xxx – hisobvarag‘i to‘liq ravishda qisqa muddatli kredit qanday korxona yoki shaxslarga berilganiga qarab konkret belgilanadi. Masalan, qisqa muddatli kredit xususiy korxona, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan bo‘lsa, ularga foizli daromad hisoblansa, buxgalteriya provod-kasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Debet 16309 ............
Kredit 42602 Xususiy korxona, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar.
Foizlar summasi undirilganda esa quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.
Debet 20208 – Xususiy korxona, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlar-ning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari.
Kredit 16309 – Hisobvarag‘ nomi ???
Shunday qilib, hisoblangan foizlar hisobvarag‘i yopiladi.
Uzoq muddatli kredilashda foizlar hisoblanganda va undirilganda tegishli daromad hisobvaraqlari ishlatiladi. Masalan:
Debet 16309 Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar
Kredit 44600 Xususiy korxona, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar.
Aganuzoq muddatlikredityakkatartibdagitadbirkorgaberilganbo‘lsa: Debet 16309 ....................
Kredit 44100 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq mud-datli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar.
Foizlar summasi tadbirkorning talab qilinguncha saqlanadigan de-pozitidan undirilganda:
Debet 20218 – Yakka tartibdagi xususiy tadbirkorlarning talab qi-linguncha saqlanadigan depozitlari.
Kredit 16309 – Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar.
Tijorat banklari qisqa va uzoq muddatli kreditlardan tashqari bosh-qa faoliyatdan ham daromad ko‘radi. Masalan, moliyaviy ijara, ya’ni li-zing bo‘yicha, mijozlarning hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan Repo operatsiyalari bo‘yicha, bankning xususiy mulkini sotishdan vaboshqadaromadlarniolishi mumkin.
190
Tijorat banklari mijozlarning naqd pulsiz hisob-kitob operatsiyala-rini, jumladan inkasso operatsiyalarini bajaradi. Inkasso operatsiyalarini bajarganlik uchun haq to‘langanda bu operatsiya quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi asosida bajariladi:
Debet 20200 – Bu hisobvaraqda mijozlarning qanday depozit-lari hisobga olinadi?
Kredit 45257 – Mijozlarning inkasso operatsiyalari bo‘yicha ko‘r-satilgan xizmatlari uchun olingan daromadlar.
Tijorat banklari kreditlar bo‘yicha kafolat va kafilliklar berishi bo‘-yicha operatsiyalarni amalga oshirishda xizmat ko‘rsatishi mumkin. Bunday xizmatlarni ko‘rsatganligi uchun bank tomonidan belgilangan miq-dorda haq undiriladi, bu haq ham bankning foizsiz daromadi hisoblanadi:
Debet 20200 – Bu hisobvaraq nomini siz bilasiz.
Kredit 45261 – Kafolatlar va kafilliklar bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar.
Shunday qilib, biz bank daromadlari va ularni hisobga olish bo‘yi-cha bir necha misollarni ko‘rib chiqdik. Bank juda ko‘plab operatsiya-larni bajaradi va xizmatlar ko‘rsatadi, buning natijasida daromad oladi. Banklarning daromadlari va ularning turlari bo‘yicha operatsiyalarni ba-tafsil bilish uchun tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasini olib uning 4-bo‘limini o‘rganib chiqish tavsiya etiladi. Bunda to‘lanadigan hisobva-raqlar debetlanadi, bankning tegishli daromad hisobvarag‘i kreditlanadi.
|
| |