• 10.2. Amortizatsiya hisoblash tartibi
  • Ushbu operatsiyaning buxgalteriya yozuvlarini mustaqil baja-rib ko‘ring




    Download 1,35 Mb.
    bet84/149
    Sana25.09.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #272367
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149
    Bog'liq
    Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

    Ushbu operatsiyaning buxgalteriya yozuvlarini mustaqil baja-rib ko‘ring.
    Shu bilan birga bank mebel ba boshqa jihozlarini, transport vositalarini sotib olish, balansga qabul qilish bilan bog‘liq buxgalteriya yozuvlarini hisobvaraqlar rejasidan foydalangan holda ko‘rsating.

    10.2. Amortizatsiya hisoblash tartibi

    Asosiy vositalar ishlatish davomida eskirib boradi. Asosiy vosita-lar eskirishi ular foydalanishga topshirilgan oydan keyingi oydan bosh-lab hisoblanadi. Asosiy vositalarning amortizatsiya summasi ularning foydali xizmat qilish muddati davridagi oylar bo‘yicha mutanosib ravishda bank xarajatlariga o‘tkaziladi. Amortizatsiya hisoblar bir necha usulda amalga oshiriladi:


    1. Bir tekisda to‘g‘ri chiziqli.
    2. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash.
    3. Tezlashtirilgan.
    Asosiy vositalar ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng hisobdan chiqa-riladi, ya’ni ular to‘liq jismoniy va ma’naviy eskirganda, sotilganda, bepul berilganda, aktivdan foydalanishni to‘xtatish haqida qaror qabul qilinganda hisobdan chiqariladi.
    Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda ularning qoldiq qiymati aniqlanadi. Bunda eskirish summasiga quyidagi provodka bajariladi:
    Debet 165** ‘Asosiy vositalarning tegishli eskirish hisobvarag‘i’ (masalan: Mebel eskirishi-16535)
    Kredit 165** ‘Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘i’ (Mebel – 16531)
    Hisobdan chiqarilayotgan asosiy vositalarni sotishda bir qancha provodkalar amalga oshiriladi. Xaridor tomonidan asosiy vositalar olin-gandan so‘ng to‘lov amalga oshirilganda:
    Debet 19909 ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar tovar-moddiy boyliklar uchun to‘langan mablag‘lar’.
    Kredit 165** ‘Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘i’.
    To‘lov kelib tushgandan so‘ng aktivning sotilish summasiga quyi-dagi provodka bajariladi:
    Debet 10301, 16103 ‘Bankning vakillik hisobvaraqlari’ yoki 20208, 20210 ‘Mijozning hisobvarag‘i’.
    Kredit 29802 ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy boyliklar uchun to‘lanadigan mablag‘lar’.

    182


    Agar asosiy vositalarning sotish qiymati qoldiq qiymatidan ortiq bo‘lsa, provodka quyidagicha bajariladi:
    Debet 29802 ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy boyliklar uchun to‘lanadigan mablag‘lar’ (sof tushum summasiga).
    Kredit 19909 ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar tovar-moddiy boyliklar uchun to‘langan mablag‘lar’ (qoldiq qiymatiga).
    Kredit 45909 ‘Bank mulklarini sotishdan olingan foyda’ (Aktiv-ning ‘sof tushumi’ va ‘qoldiq qiymati’ o‘rtasidagi farq summasiga).
    Asosiy vositalar xizmat qilish muddati tugashiga qaramasdan foy-dalanishga yaroqli bo‘lsa, bank ulardan foydalanishni davom ettirishi mumkin. Bunda asosiy vositalar balans hisobidan chiqarilmaydi va eski-rish summasi hisoblanmaydi. Asosiy vositalarning haqiqatda mavjudligi va ularning to‘liq saqlanishini nazorat qilish uchun bank tomonidan davriy ravishda, lekin kamida yilda bir marta inventarizatsiya o‘tkaziladi. Asosiy vositalarning ustidan nazorat jurnallarda, kartochkalarda dasturiy yo‘l bilan amalga oshiriladi.


    Download 1,35 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149




    Download 1,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ushbu operatsiyaning buxgalteriya yozuvlarini mustaqil baja-rib ko‘ring

    Download 1,35 Mb.