X bob. BANK ICHKI OPERATSIYALARINING HISOBI




Download 1,35 Mb.
bet83/149
Sana25.09.2024
Hajmi1,35 Mb.
#272367
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

X bob. BANK ICHKI OPERATSIYALARINING HISOBI

10.1. Asosiy vositalar hisobining tashkil etilishi

Bank o‘z funksiyalarini bajarishi uchun moddiy-texnik bazaga ega, ya’ni yetarli asosiy vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Asosiy vositalar bir yildan ortiq muddatda foydalanishga mo‘ljallangan moddiy aktivlar bo‘lib, ular bank faoliyatida bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ma’muriy maqsadlar va ijaraga berish uchun ishlatiladi. Asosiy vositalarga bino-inshootlar, uskuna va asboblar, kompyuter, mebel, hisoblash texnikalari, transport vositalari, foydalanish huquqi bilan olingan yer, kutubxona fondi, qiymatidan qat’iy nazar signalizatsiya va binoni qurishda uning narxiga kiritilmagan telefonlashtirish obyektlarini kiritish mumkin.


Asosiy vositalarning hisobini tashkil qilish bank faoliyatida alohida o‘rin egallaydi. Asosiy vositalar hisobining vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Asosiy vositalar harakatini to‘g‘ri va o‘z vaqtida hujjatlashtirish va ular bo‘yicha hisobni tashkil etish.
2. Asosiy vositalar qiymatini qayta baholab borish.
3. Asosiy vositalar to‘liq saqlanishi ustidan nazorat olib borish. 4. O‘z vaqtida eskirishni hisoblab borish.
Asosiy vositalar balansda ularning boshlang‘ich qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Boshlang‘ich qiymat – bu asosiy vositani sotib olish yoki uni qurish bilan bog‘liq barcha xarajatlar, shu jumladan, to‘langan soliqlar, bojxona bojlari hamda yetkazib berish, montaj o‘rnatish va ishga tushirish, bevosita aktivdan belgilangan maqsadda foydalana olish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar summasidir.
Asosiy vositalar sotib olinganda puli oldindan yoki olingandan to‘lanishi mumkin. Ular oldindan to‘liq yoki qisman to‘langanda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet 19909 ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatlik-lari uchun to‘langan mablag‘lar’
Kredit 10301, 16103 ‘Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i’.
Sotib olingan binolar balansda quyidagicha aks ettiriladi: Debet 16509 ‘Bank binolari va boshqa imoratlar’.
180

Kredit 19909 ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatlik-lari uchun to‘langan mablag‘lar’.


Sotib olingan asosiy vositalar omborga qabul qilinmasdan to‘g‘ri-dan-to‘g‘ri foydalanishga topshirilishi mumkin, bunda quyidagi provod-ka bajariladi:
Debet 165** ‘Tegishli asosiy vosita hisobvarag‘i’.
Kredit 19909 ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatlik-lari uchun to‘langan mablag‘lar’.
Asosiy vositalar omborga qabul qilinganda ular 16561-hisob-varag‘ida hisobga olinadi. Ombordan foydalanishga berilganda ‘Ombor-dagi asosiy vositalar’ 16561-hisobvarag‘idan hisobdan chiqariladi va tegishli asosiy vosita (165XX) hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Agar bino qurilayotgan bo‘lsa, qurilish bilan bog‘liq barcha xara-jatlar 16505 ‘Tugallanmagan qurilishlar’ hisobvarag‘ida aks ettiriladi. Bino foydalanishga topshirilganda uning qiymati qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga asosan, 16509 – ‘Bank binolari va boshqa imoratlari’ hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Debet 16509 ‘Bank binolari va boshqa imoratlari’. Kredit 16505 ‘Tugallanmagan qurilishlar’.
Agar bank to‘lovni moddiy aktivlar kirim qilingandan keyin amal-ga oshirsa, tegishli kirim hujjatlariga asosan quyidagi buxgalteriya yozu-vi bajariladi:
a) Moddiy aktivlar kelib tushganda, darhol foydalanishga berilsa: Debet 165** ‘Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘i’.
Kredit 29802 ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovarlar uchun to‘lanadi-gan mablag‘lar hisob-kitobi’.
Asosiy vositalar omborga kirim qilinganda: Debet 16561 ‘Ombordagi asosiy vositalar’.
Kredit 29802 ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovarlar uchun to‘lanadi-gan mablag‘lar hisob-kitobi’.
Aktivlar qiymati to‘lanishi quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 29802 ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovarlar uchun to‘lanadi-gan mablag‘lar’.
Kredit 10301, 16103 yoki mijozning hisobvarag‘i.
Asosiy vositalar ombordan foydalanishga topshirilganda 16561-hisobvarag‘idan chiqarilib, asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazib qo‘yiladi.

181



Download 1,35 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149




Download 1,35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



X bob. BANK ICHKI OPERATSIYALARINING HISOBI

Download 1,35 Mb.