ditlar bo‘yicha foizli daromadlar qaysi hisobvaraqda hisobga olib boriladi?
Bank har doim mijozlarning faoliyati haqida ma’lumotga ega bo‘-lishi lozim va ular haqida axborotlar bazasini tuzishi kerak. Investitsiya kreditlari va kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish quyidagicha nazorat qilinadi:
– kreditning maqsadli ishlatilishi to‘lov hujjatlarni to‘lashda moliyaviy mablag‘larni aniq maqsadga yo‘naltirilishi, pul mablag‘lar harakatini, qilingan ish hajmini, hisobotlarning haqqoniyligini va shart-nomada ko‘rsatilgan narxlarga mos kelishini nazorat qilish;
177
– kredit va foizlarni qaytarishni nazorat qilish;
– qarzdorning to‘lovlarni jadval asosida amalga oshirishi; – kredit ta’minotining sifati va holatini;
– hujjatlarning to‘liqligi va qarzdorga qarshi yuridik va sud tadbirla-rini amalga oshirishda yuridik huquqqa ega bo‘lish ta’minotini tekshirish;
– kreditga bo‘lgan talabning kamayishi yoki ko‘payishi sababli qarzdorning moliyaviy holatining o‘zgarishini baholash;
– qarzdorning xarajatlarini tekshirish. Qarzdor bankka yiliga kamida ikki marta xarajatlar hisobotini taqdim qilishi shart. Qarzdor xarajatlarini tahlil qilish va nazorat qilish asosida bank tomonidan korxonaning samarali boshqarilayotganligi to‘g‘risida xulosa tuziladi.
Shunday qilib, ushbu mavzuda iqtisodiyot tarmoqlariga qisqa va uzoq muddatli ssuda hisobvarag‘i ochish, mijozlarga qisqa va uzoq muddatli kredit berish, qaytarish va foizlarni undirib olish tartibi va ular bo‘yicha buxgalteriya provodkalarini ko‘rib chiqdik.
Tayanch so‘z va iboralar
Kredit, qisqa muddatli kredit, uzoq muddatli kredit, kredit shartnomasi, shartnoma shartlari, Kredit komissiyasi, Kredit komissiyasi xulosasi, overdraft, kontokorrent, lombard krediti, kredit liniyalarini ochib kredit berish, kredit liniyasini ochmasdan kredit berish, kredit uchun foiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan kredit, bank krediti, tijorat krediti, iste’mol krediti, kreditor, ssuda hisobvarag‘i, garov, foiz stavkasi, kredit bo‘limining farmoyishi.
|