Kredit operatsiyalari bo‘yicha hisobvaraqlarni ochish va raqamlash tartibi




Download 1,35 Mb.
bet78/149
Sana25.09.2024
Hajmi1,35 Mb.
#272367
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   149
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

Kredit operatsiyalari bo‘yicha hisobvaraqlarni ochish va raqamlash tartibi

Kredit olish uchun bankda har bir kredit bo‘yicha alohida ssuda hisobvarag‘i ochiladi. Mijoz kredit olish uchun bankga belgilangan tar-tibda hujjatlar paketini rasmiylashtirib topshiradi. Kredit komissiyasi-ning qaroriga ko‘ra kredit berish lozim deb topilsa, bank va kredit oluv-

170

chi o‘rtasida kredit shartnomasi tuziladi. Kredit shartnomasida kredit-ning nima maqsadda olinishi, muddati, summasi, qaytarilish tartibi, kredit uchun to‘lovlar, tomonlarning majburiyatlari, javobgarligi, boshqa shartlar ko‘rsatiladi.


Kredit bo‘limining farmoyishiga ko‘ra, hisob operatsion bo‘limida kredit oluvchi korxonaga ssuda hisobvarag‘i ochiladi. Qaysi turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektligiga qarab tegishli balans hisobvarag‘i bo‘yicha kredit hisobvarag‘i ochiladi. Masalan: jismoniy shaxslarga 12500, yuridik maqomga ega bo‘lmagan yakka tadbirkorlarga kredit berish uchun 12600 balans hisobvarag‘i bo‘yicha ssuda hisobvarag‘i ochiladi. Davlat korxonalariga kredit berishda esa 12700 balans hisob-varag‘i ochiladi. Kredit hisobvarag‘i ham 20 ta razryaddan iborat bo‘lib, uning ichida kredit olmoqchi bo‘lgan korxonaning xos raqami bo‘lishi lozim. Masalan, mijozga berilgan unikal xos raqam 04952452 bo‘lsa so‘mda berilgan kreditni hisobga olish uchun qarz oluvchi davlat korxonasi ekanligini hisobga olgan holda quyidagi hisobvaraq ochiladi.
12701000K04952452001
Bu hisobvaraqda bank tomonidan davlat korxonalariga berilgan qisqa muddatli kreditlarning hisobi yuritiladi. Hisob raqamining debe-tida davlat korxonalariga berilgan ssudalar summasi aks ettiriladi. Hisob raqamining kreditida esa qarzdorlar tomonidan qaytarilgan ssudalarning summasi aks ettiriladi. Bu hisobvaraq bo‘yicha analitik hisob har bir qarzdor va kreditlarning turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Xuddi shunday tartibda boshqa mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan, qarz olmoqchi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ssuda hisobvaraqlari ochiladi va ular bo‘yicha kredit berish va qaytarib olish bo‘yicha operatsiyalar bajariladi.


Download 1,35 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   149




Download 1,35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kredit operatsiyalari bo‘yicha hisobvaraqlarni ochish va raqamlash tartibi

Download 1,35 Mb.