|
Bank binosidan tashqarida joylashgan minibanklarda kassa operatsiyalarining buxgalteriya hisobi
|
bet | 74/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar8.7. Bank binosidan tashqarida joylashgan minibanklarda kassa operatsiyalarining buxgalteriya hisobi
Hozirgi kunda bank mijozlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxs-larga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun va ularga qulaylik yaratish maqsadida ko‘plab minibanklar tashkil etilmoqda. Mijozlarni ular so‘ra-gan miqdorda naqd pul bilan ta’minlash uchun har bir bank binosida va binosidan tashqarida joylashgan minibankiga talab qilingan madad pulini o‘z vaqtida va so‘ralgan miqdorda yetkazib berishi lozim.
162
Bank 10101 – ‘Aylanma kassadagi naqd pullar’ hisobvarag‘idan bank binosidan tashqarida joylashtirilgan shoxobchalariga (10111 – ‘Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar’) madad pulini jo‘natgandaquyidagibuxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradilar:
Debet 10109 Kredit 10101
Avvalgi paragraflarda bu hisobvaraq nomerlari bir necha marta takrorlangani sababli nomini ko‘rsatmadik, siz o‘zingizni bir sinab ko‘ring.
10111 – ‘Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar’ hisobvarag‘iga madad puli kirim qilinganda quyidagi buxgalte-riya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10111 – ‘Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalarda-gi naqd pullar’
Kredit 10109 – ‘Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari’ Bank binosida va bank binosidan tashqarida joylashgan shoxobcha
yoki minibank jismoniy shaxslardan kommunal xizmatlar va boshqa yigimlar bo‘yicha tushgan naqd pullarni quyidagi buxgalteriya o‘tkaz-masi orqali kirim qilishi lozim:
Agar shu bankning mijozlariga tegishli bo‘lsa, quyidagi buxgal-teriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10111 – ‘Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalarda-gi naqd pullar’
Kredit 20200 – ‘Mijoz hisobvarag‘i’ Hisobvaraqlarni kon-kretlashtiring.
Agar boshqa bang mijoziga tegishli bo‘lsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10111 – ‘Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalarda-gi naqd pullar’
Kredit 29804 – ‘Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari’
Boshqa bank mijozlariga tegishli bo‘lgan mablag‘lar shu kunning o‘zida yoki keyingi ish kunidan kechiktirilmagan holda quyidagi buxgal-teriya o‘tkazmasi orqali o‘tkazib berilishi shart:
Debet 29804 – ‘Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari’
Kredit 16103 – ‘Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hi-sob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar’
163
Bank binosida va bank binosidan tashqarida joylashgan shoxobcha yoki minibank o‘z mijozlarining omonatlariga naqd pul qabul qilsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10111 – ‘Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalarda-gi naqd pullar’
Kredit 20206 – ‘Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saq-lanadigan depozitlari’
Kredit 20406 – ‘Jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozitlari’ Kredit 20606 – ‘Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari’
Bank binosida va bank binosidan tashqarida joylashgan shoxobcha yoki minibank o‘z mijozlarining omonatlari hisobidan naqd pul bersa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 20206 Debet 20406 Debet 20606 Kredit 10111
Bu hisobvaraq nomerlari yuqorida ko‘rsatilganligi sababli ularning nomini ko‘rsatmadik, eslab qolish qobiliyatingizni bir sinab ko‘ring!
Bank binosida va bank binosidan tashqarida joylashgan shoxobcha yoki minibank hisobvarag‘iga kirim qilingan madad puli hamda kun davomida mijozlardan kirim qilingan naqd pullar miqdorida xarajat qilishga ruxsat etiladi, amaliyot kuni yakunlanganda qoldiq summa to‘laligiga 10101 – ‘Aylanma kassadagi naqd pullar’ hisobvarag‘iga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali biriktirilishi lozim:
Debet 10109 – ‘Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari’ Kredit 10111 – ‘Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalarda-
gi naqd pullar’
10111 – ‘Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar’ hisobvarag‘i qoldig‘i kun oxirida biriktirilganda, quyidagi bux-galteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 – ‘Aylanma kassadagi naqd pullar’ Kredit 10109 – Hisobvaraq nomini mustaqil yozing.
164
|
| |