• Debet
  • 8.6. Pul almashtirish shoxobchalarida kirim va chiqim kassa operatsiyalari hisobining tashkil etilishi
  • Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar




    Download 1,35 Mb.
    bet72/149
    Sana25.09.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #272367
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149
    Bog'liq
    Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

    Debet 19935 ‘Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo‘yi-cha kamomadlar’
    Kredit 19903 – ‘Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar’ Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi
    ushbu bank mijoziga tegishli bo‘lsa va u mijoz bilan shartnomada kelishilgan shartlarga binoan undirib olinsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshirildi.
    Debet......? Hisobvaraq nomeri va nomini o‘zingiz aniqlang. Kredit 19935 – ‘Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo‘yi-
    cha kamomad

    160


    Boshqa bank mijozlariga tegishli bo‘lgan naqd pul bo‘yicha mab-lag‘lar qayta sanash kassasida sanab bo‘lingandan keyin, elektron me-morial order shakllantirilib, vakillik hisobvarag‘idan shu kunning o‘zida, elektron to‘lov tizimi orqali, ularning hisobvaraqlariga o‘tkazib beriladi.
    Mablag‘ oluchining bankiga elektron to‘lov tizimi orqali mablag‘ kelib tushganda, dasturiy yo‘l bilan, bu summa 29804 yoki 16103 orqali mijozning hisobvarag‘iga kirim qilinadi.

    Agar bank tomonidan 29804 – ‘Boshqa bank mijozlarining in-kasso qilingan pul tushumlari va cheklari’ hisobvarag‘idan memorial order bilan boshqa bank mijozlarining asosiy depozit hisobvarag‘iga yoki aksizli tovarlar sotuvidan pul tushumlari summasi o‘tkazilganda, har bir aksiz tovar turi bo‘yicha savdo tushumi summasini alohida memorial order orqali o‘tkazilishi shart.


    Pul mablag‘lari bank aylanma kassasidaga elektron to‘lov tizimi yopilgandan keyin kirim qilingan bo‘lsa, boshqa bankdagi mijozlarning hisobvarag‘iga pul mablag‘lari keyingi ish kunidan kechiktirilmagan holda o‘tkazib beriladi.

    8.6. Pul almashtirish shoxobchalarida kirim va chiqim kassa operatsiyalari hisobining tashkil etilishi

    Pul almashtirish shoxobchalari har kuni ertalab operatsiyalarni boshlashdan avval yetarli miqdorda naqd pulga ega bo‘lishlari lozim. Buning uchun bankning aylanma kassasidan pul almashtirish shoxob-chalariga madad puli olib kelinadi. Bankning aylanma kassasidan pul almashtirish shoxobchalariga madad puli olib kelinganda, madad puli shoxobcha tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinishi shart.


    Bank 10103 – “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘iga madad pulini jo‘natganda, har bir valyuta bo‘yicha alohida, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali chiqim qiladi:

    Download 1,35 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149




    Download 1,35 Mb.