• ........... – ‘Bankning vakillik hisobvarag‘i. Kredit ........... – ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qim-matliklari uchun to‘langan mablag‘lar ’. Kredit 45917 ‘
  • Nomoddiy aktivlar va ular hisobining tashkil etilishi




    Download 1,35 Mb.
    bet86/149
    Sana25.09.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #272367
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   149
    Bog'liq
    Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

    10.4. Nomoddiy aktivlar va ular hisobining tashkil etilishi

    Nomoddiy aktivlar – bu moddiy va jismoniy shaklga ega bo‘lma-gan foydali xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan bank xizmatlari ko‘rsatish va ma’muriy maqsadlar uchun foydalanishga mo‘ljallangan aktivlardir. Nomoddiy aktivlarga patentlar, mualliflik huquqlari, savdo markalari, kompyuter dasturiy ta’minotlari, litsenziyalar kiradi. Sotib

    184

    olingan nomoddiy aktiv boshlang‘ich qiymati bo‘yicha baholanadi va hi-sobga olnadi. Nomoddiy aktivlarning hisobi 16601 hisobvaraq bo‘yicha yuritiladi. Nomoddiy aktivlarning analitik hisobi har bir nomoddiy aktivlar bo‘yicha olingan alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.


    Nomoddiy aktivlar qiymatining oldindan to‘liq yoki qisman to‘la-nishi quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:
    Debet 19909 – ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmat-liklari uchun to‘langan mablag‘lar’.
    Kredit 10301,16103 – ‘Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i’.
    Aktivlar kelib tushganda:
    Debet 16601 – ‘Nomoddiy aktivlar’.
    Kredit 19909 – ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmat-liklari uchun to‘langan mablag‘lar’.
    Agar bank nomoddiy aktivlar kelib tushgandan keyin to‘lovni amalga oshirsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
    Nomoddiy aktivlarkelib tushgandabalansdaquyidagicha aks ettiriladi: Debet 16601 ‘Nomoddiy aktivlar’.
    Kredit 29802 ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatlik-lari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi’.
    Nomoddiy aktivlar qiymati to‘langanda:
    Debet 29802 ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatlik-lari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi’.
    Kredit 10301,16103 – ‘Bankning vakillik hisobvarag‘i’. Nomoddiy aktivlar bepul olinganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi rasmiylashtiriladi. Bepul olingan nomoddiy aktivlar haqiqiy qiymatiga: Debet 16601 – ‘Nomoddiy aktivlar’.
    Kredit 30905 ‘Tekinga olingan mulklar’.
    Foydalanishdan to‘xtatilgan va hisobdan chiqarish uchun mo‘ljal-langan nomoddiy aktivlarning hisobi, aktivning foydalanishdan chiqa-rish sanasidagi ularnig balans qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
    Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishda, qoldiq qiymat quyida-gicha aniqlanadi:
    Jamg‘arilgan eskirish summasiga:
    Debet 16545 ‘Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi’ (kontraktiv).
    Kredit 16601 ‘Nomoddiy aktivlar’.

    185


    Ushbu nomoddiy aktiv bo‘yicha 31501-hisobvaraqda qolgan qol-diq summasiga:
    Debet 31501 ‘Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangan-dagi qo‘shimcha qiymat’.
    Kredit 31203 ‘Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)’.
    Hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlar sotilayotganda quyi-dagi buxgalteriya provodkalari bajariladi:
    Nomoddiy aktivlar jo‘natilganday keyin xaridor tomonidan to‘lov amalga oshirilgan holda:
    Debet 19909 – ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmat-liklari uchun to‘langan mablag‘lar’.
    Kredit 16601 ‘Nomoddiy aktivlar’.
    To‘lov kelgandan keyingi buxgalteriya yozuvlari quyidagi ko‘ri-nishda bo‘ladi:
    Agar nomoddiy aktivlarning sotilish bahosi qoldiq qiymatidan yuqori bo‘lsa:
    Debet ........... – ‘Bankning vakillik hisobvarag‘i.
    Kredit ........... – ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qim-matliklari uchun to‘langan mablag‘lar’.
    Kredit 45917 Boshqa xususiy mulk/aktivlarni sotish yoki dispo-zisiya qilishdan olingan foyda’
    Agar nomoddiy aktivlarning sotilish bahosi qoldiq qiymatidan kam bo‘lsa, oradagi farq 55910 Boshqa xususiy mulk/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zarar’ hisobvarag‘iga kiritiladi.


    Download 1,35 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   149




    Download 1,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nomoddiy aktivlar va ular hisobining tashkil etilishi

    Download 1,35 Mb.