Bank xarajatlari va ularni hisobga olish




Download 1,35 Mb.
bet89/149
Sana25.09.2024
Hajmi1,35 Mb.
#272367
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   149
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

10.7. Bank xarajatlari va ularni hisobga olish

Bank o‘z faoliyatini to‘laqonli yuritishi uchun xarajatlar qiladi. Ti-jorat banklarining barcha xarajatlarini 3 guruhga bo‘lish mumkin. Bular:


– foizli xarajatlar; – foizsiz xarajatlar;
– operatsion xarajatlar.
Foizli xarajatlar barcha majburiyatlar bo‘yicha mijozlarga va bosh-qa banklarga to‘langan foizlar summasidan tashkil topadi.
Tijorat banklari o‘z kredit resurslari tashkil etish maqsadida talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, jamg‘armali hamda muddatli depozitlar qabul qiladi. Ushbu depozitlarga banklar tomonidan ma’lum miqdorda belgilangan stavkada foiz ko‘rinishida to‘lov to‘laydilar.
Banklar foizli xarajatlarining yana biri tijorat banklarining kredit operatsiyalari bilan bog‘liq. Chunki tijorat banklari eng ko‘p Markaziy Bankdan, boshqa tijorat banklaridan, budjetdan tashqari fondlardan, no-

191


bank moliya institutlaridan kreditlar olishi mumkin. Olgan kreditlar uchun to‘lanadigan foiz summalari foizli xarajatlarga kiradi.
Bank xarajatlarining salmoqli qismi foizsiz xarajatlarga to‘g‘ri ke-ladi. Banklarning foizsiz xarajatlariga bank xodimlariga maoshlar va qo‘shimcha to‘lovlar, xizmat safari xarajatlari, asbob-uskuna yoki bino-larni ijaraga olish, xarid qilish xarajatlari kiradi. Banklar O‘zbekiston Respublikasi Pensiya fondiga, O‘zbekiston Respublikasi Aholini ish bi-lan ta’minlash davlat fondiga, O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy sug‘urta fondiga o‘tkaziladigan majburiy ajratmalar, jumladan bank xodimlariga mukofot hamda ko‘p yil ishlaganlik uchun yoziladigan qo‘shimcha yoki ustama to‘lovlarni amalga oshiradi.
Bank tomonidan pensiya fondlariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urta va ixtiyoriy sug‘urtaning boshqa turlari uchun o‘tkazgan ajratmalari, qonunlarga muvofiq bank mulkini va bank xodimlarini davlat sug‘urtasidan o‘tkazish bo‘yicha to‘lovlar ham bankning foizsiz xarajatlariga kiradi.
Bundan tashqari, banklarning foizsiz xarajatlariga bank sohasida malakali kadrlar tayyorlashda, ularning malakasini oshirish uchun sarflaydigan xarajatlari kiradi. Tijorat banklari oliy o‘quv yurtlari bilan kelishilgan shartnomadagi mablag‘larni to‘lab bank sohasiga malakali kadrlar tayyorlash, Mintaqaviy o‘quv markaziga va boshqa malaka oshirish institutlariga bank xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha xizmatlari uchun haq to‘laydi.
Bundan tashqari, banklar qantselyariya tovarlari, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni, maxsus adabiyotlar sotib olish, shuningdek bank faoliyatini amalga oshirishda zarur bo‘ladigan maxsus nashrlarga obuna bo‘yichaqilinadigan xarajatlari mavjud bo‘lib,ular ham foizsiz xarajatlardir.
Shunday qilib, banklar o‘z faoliyati davomida operatsiyalarni baja-rishda turli xil xarajatlar qiladi.
Bank xarajatlari balansning 50000 hisob raqami bilan yuritiladi. Bu hisob raqam bir qancha hisob raqamlarni o‘z ichiga oladi. Quyida bir nechta xarajatlar bo‘yicha hisobvaraq nomerlarini keltiramiz:
50100 – Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar.
50101 – Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar.
50103 – Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjet-dan tashqari mablag‘lari asosidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlari.

192


50104 – Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosidagi talab qilib olguncha depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlari.
50105 – Budjetdan tashqari fondlarning talab qilib olinguncha saq-lanadigan depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlari.
50106 – Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar.

Download 1,35 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   149




Download 1,35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bank xarajatlari va ularni hisobga olish

Download 1,35 Mb.