• Asosiy hisobvaraq 13100 Hisobvaraqlarning nomi
  • Hisobvaraq nomini mustaqil yozing.
  • Korxona hisobvarag‘iga pul kelib tushgandan so‘ng kreditni
  • Kredit berish va qaytarish operatsiyalarining hisobi




    Download 1,35 Mb.
    bet79/149
    Sana25.09.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #272367
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149
    Bog'liq
    Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

    9.3. Kredit berish va qaytarish operatsiyalarining hisobi

    Korxona va tashkilotlarga yoki alohida olingan jismoniy shaxslar-ga ssuda hisobvarag‘i ochilgandan so‘ng ular bo‘yicha kreditning berilishi va qaytarilishi bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish mum-kin. Har bir kredit berilishi kredit komissiyasining farmoyishi asosida amalga oshiriladi, ya’ni kredit bo‘limi tomonidan hisob-operatsion bo‘-limga mijozga ssuda hisobvarag‘i ochish va kredit berish to‘g‘risidagi yozma farmoyishi beriladi. Mas’ul ijrochilar farmoyishda ko‘rsatilgan rekvizitlar asosida hisob-kitob hujjatlarini to‘lash orqali kredit berish bo‘yicha buxgalteriya provodkalarini bajaradilar.


    171

    Quyida biz xususiy korxonalarga kredit berish bo‘yicha buxgalte-riya provodkalarni ko‘rib chiqamiz. Xususiy korxonalarga xo‘jalik shir-katlari va jamiyatlarga qisqa muddatli kredit berish uchun 13100 –


    “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” nomli balans hisob raqami ochiladi. Bu hisob raqam bir qator subhisob raqamlarni o‘z ichiga oladi.
    Asosiy hisobvaraqqa qarashli bo‘lgan subschyot

    11-jadval.



    Muddatli, muddati o‘tgan kreditlar va shartlari qayta ko‘rib chiqiladigan qisqa muddatli kreditlarni hisobga olishda qo‘llaniladigan ssuda hisobvaraqlar



    Asosiy hisobvaraq
    13100
    Hisobvaraqlarning nomi

    “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”




    Sub hisobvaraqlar (subschyot) 13101

    13105


    “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari berilgan qisqa muddatli kreditlar”

    “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari berilgan muddati o‘tgan kreditlar”

    va jamiyatlarga

    va jamiyatlarga



    13109 “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqiladigan qisqa muddatli kreditlar”
    13199 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

    Kredit berilayotganda korxonaning hisob-kitob hujjati to‘lanayotgan bo‘lsa, pul o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatgan korxona hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Pul tushirilishi lozim bo‘lgan korxonaga boshqa bank bo‘limi xizmat ko‘rsatsa, kredit summasi kredit berayotgan bankning vakillik hisobvarag‘i orqali tegishli bankga o‘tkaziladi.


    Kredit berilayotganda quyidagi buxgalteriya provodkasi bajariladi: Debet 13101 – “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va ja-
    miyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”
    Kredit 10301 – “Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mahsulot so-

    172

    tuvchi korxona hisobvarag‘i”
    13101 – hisob raqamida bank tomonidan xususiy firmalar, shirkat-lar va jamoa xo‘jaligi va shu kabi xususiy mulkchilik shakliga ega bo‘l-
    gan korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlarning hisobi yuritiladi. Bu hisob raqam bo‘yicha analitik hisob har bir qarzdor va kredit turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
    Kredit oluvchi va bank o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga bi-noan kreditni qaytarish muddatlari belgilanadi. Kreditning qaytarish muddati tugagandan so‘ng ssuda qaytarish bo‘yicha buxgalteriya pro-vodkalari bajariladi. Kreditni qaytarish bo‘yicha buxgalteriya provod-kalari quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi.
    Debet 20208 Hisobvaraq nomini mustaqil yozing. Kredit 13101 Hisobvaraq nomini mustaqil yozing.
    Bu buxgalteriya provodkasi agar mijozning talab qilinguncha saq-lanadigan depozit bo‘yicha hisobvarag‘ida kreditni qaytarish uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lgan holda bajariladi. Agar qarzdorning hisob-varag‘ida ssudani qaytarish uchun mablag‘i yo‘q bo‘lsa, ssuda summasi 13101 – “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga beril-gan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
    Bu operatsiya bo‘yicha quyidagi buxgalteriya provodkasi amalga oshiriladi.
    Debet 13105 “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyat-larga berilgan muddati o‘tgan kreditlar”
    Kredit 13101 “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyat-larga berilgan qisqa muddatli kreditlar” .
    Qaytarish muddati kelganda to‘lanmagan va shundan so‘ng 90 kun o‘tgandan so‘ng ham qaytib kelmagan ssudalar 13109 “Xususiy korxona va nodavlat korporasiyalariga berilgan qisqa muddatli shartlari qayta ko‘rib chiqiladigan kreditlar” balans hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
    Korxona hisobvarag‘iga pul kelib tushgandan so‘ng kreditni qaytarish bo‘yicha buxgalteriya provodkalari bajariladi. Bu buxgal-teriya yozuvlarini mustaqil yozishga harakat qiling.
    Kreditlarning qaytishi ma’lum riskni talab qiladi. Shu sababli banklarda kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasi tashkil etiladi. Xususiy korxonalariga va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasining hisobini olib borish uchun 13199 balans hisob raqami ochiladi. Unda bankning xususiy firmalar, shirkatlar, jamoa xo‘jaliklari hamda korxonalari, korporasiyalariga ber-gan qarzlari undirib olinmay qolishi mumkin bo‘lgan qismi bo‘yicha

    173


    ko‘riladigan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxiralar hisobi olib bo-riladi. Analitik hisob har bir mijoz va kredit turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi. Boshqa mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan korxona, tashkilot, firma, bank va boshqalarga kredit berish va berilgan kreditlarni qaytarish bo‘yicha operatsiyalar ham xuddi shu tarzda amalga oshiriladi. Faqat tegishli hisobvaraqlar tizimi ishlatiladi.


    Download 1,35 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149




    Download 1,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kredit berish va qaytarish operatsiyalarining hisobi

    Download 1,35 Mb.