Ichki mahsulot




Download 26,37 Kb.
Sana13.09.2024
Hajmi26,37 Kb.
#270958

Yalpi ichki mahsulot, inflatsiya, eksport, import, ishsizlik darajasi, monopoliya, kredit, bank, depozit, foiz stavkasi, limit, broker, marketing, menejment, birja
Yalpi ichki mahsulot — umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroekonomik koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymatidir (yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan) davlatlar iqtisodiyot hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti, milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulot (YAIM) — mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan koʻrsatkich. Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qoʻshma korxonalari ham shu hisobga kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi boʻlib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsiflash va tahlil etishda foydalaniladi. Inflyatsiya (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish) , pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar mikdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan us-tunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi. Inflyatsiya birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar nyarxining koʻtarilishi koʻrinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi. Eksport (ing., lot. — olib chiqaman, chetga chiqaraman) — tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. Tovarlarni bir mamlakat orqali olib oʻtish (tranzit) va bir mamlakatdan olib kelingan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish uchun chiqarqsh (reeksport) ham eksportga kiradi. Import (ing . import — keltirish, olib kelish) — mamlakatning ichki bozorida sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga oʻtkazib yuborish uchun chet el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qogozlar va b. keltirish. Yuklar, passajirlarni chet eldan tashib keltirish, sayyohlik, sugʻurta, ilmiy-texnika bilimlari va b. xizmatlar harajatlari ham import tarkibiga kiradi. Ishsizlik darajasi — ishsiz ishchi kuchining foizi. Bu ortda qolayotgan koʻrsatkich boʻlib, u odatda oʻzgaruvchan iqtisodiy sharoitlarni kutishdan koʻra koʻtariladi yoki tushadi. Iqtisodiyot yomon ahvolda va ish oʻrinlari tanqis boʻlsa, ishsizlik darajasi oshishi kutilishi mumkin. Iqtisodiyot sogʻlom sur’atlarda oʻsganda va ish oʻrinlari nisbatan koʻp boʻlsa, uning pasayishi kutilishi mumkin. Monopoliya (yun. mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan faoliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Bank (italyancha: banco — stol) — kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi. Bank ishining asosiy yoʻnalishlari depozit (omonat) qabul qilish, kreditlar berish va mijozlarga kredit-hisob xizmati koʻrsatishni amalga oshirish hisoblanadi. Bank qimmatbaho qogʻozlarni saqlash, saqlashga oʻtkazilgan qimmatbaho qogʻozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish kabi pulli xizmatlar ham koʻrsatadi. Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga koʻra hozirgi vaqtda bankning quyidagi asosiy turlari faoliyat koʻrsatadi: markaziy (emissiya) banki va tijorat banki. Depozit (lot. depositum — omonat, asrab qoʻyilgan) — 1) bankka qoʻyilgan omonatlar. Bunday D.larning muddatli (muayyan muddatdan soʻng qaytarib beriladigan) va talab qilib olinadigan (omonat egasining birinchi talabi bilan beriladigan) turlari bor. Kredit muassasasi omonatchiga D.ni olish huquqini beruvchi hamda mazkur pul mablagʻining bankka deponent qilinganini tasdiqlovchi yozma guvohnoma — Dipozit. sertifikati beradi; 2) bank daftaridagi mijozlarning bankka boʻlgan muayyan talablarini ifodalovchi yoki tasdiklovchi yozuvlar; 3) kredit muassasalariga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qogʻozlar (aksiya va obligatsiyalar) va pul vositalari; 4) turli muassasalarga talab qilinadigan toʻlovlarni taʼminlash uchun oldindan oʻtkaziladigan badallar. Bank foiz stavkasi - bank ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq miqdori; qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. Uning miqdori kredit turi, muddati va qarzning vaqtida qaytarilishiga bogʻliq. Limit (lotincha: limes — „chek“, „chegara“) — matematikaning muhim tushunchalaridan biri. Agar bir oʻzgaruvchiga bogʻliq ikkinchi oʻzgaruvchi birinchi oʻzgaruvchining oʻzgarish jarayonida a songa cheksiz yaqin-lashea, a soni ikkinchi oʻzgaruvchi miqdorning limiti deyiladi. Bu yerda limit tushunchasi oʻzgarish va cheksiz yaqinlashish jarayoni haqidagi tasavvurga bogʻliq. Broker (ing. broker), makler — fond, tovar, valyuta birjalarida oldisotdi bitimlari tuzishda vositachilik (dallollik) qiladigan ayrim shaxs yoki firma. B.lar, odatda, mijoz topshirigʻiga koʻra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga oʻz nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. Vositachilik bitimlari, asosan, B.lik idoralari, firmalar yoki ularning filiallari orqali rasmiylashtiriladi. Marketing (inglizcha: market — „bozor“, „bozordagi harakat“, „faoliyat“) — korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. Menejment (inglizcha: management) — boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. Menejmentning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Birja soʻzi lotincha va olmoncha soʻzdan kelib chiqqan boʻlib „xamyon“ni bildiradi. Qadimda birja soʻzi quyidagi 3 xil voqelikni ifodalash uchun qoʻllanilar edi. Birja(gollandcha beurs, nem. Burse — hamyon) — bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli; tovarlar (tovar birjasi), qimmatbaho qogʻozlar (fond birjasi), valyuta (valyuta birjasi) ulgurji savdosi, tovar boʻlgan ish kuchi oldi-sotdisi (mehnat birjasi) bozori. Aksariyat hollarda yopiq yoki ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. B.ga birja qoʻmitasi rahbarlik qiladi. Uning huzurida kotirovka komissiyasi ish olib boradi. B.da brokerlar, dilerlar, treyderlar faoliyat koʻrsatadi. B. va uning shakllari bozor mexanizmining zaruriy infratuzilmasi hisoblanadi.
Download 26,37 Kb.




Download 26,37 Kb.