Elektron to‘lovlar tizimining joriy etilishi




Download 1,35 Mb.
bet59/149
Sana25.09.2024
Hajmi1,35 Mb.
#272367
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   149
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

7.3. Elektron to‘lovlar tizimining joriy etilishi

O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o‘tishi bilan bank tizimida bir qator o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Ikki pog‘onali bank tizimi paydo bo‘ldi, tijorat banklarining shoxobchalari kengaytirildi. Bundan tashqari, turli mulkchilik shakllarining paydo bo‘lishi banklar o‘rtasidagi munosabatlarning ko‘payishiga olib keldi. Shu munosabatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘z vaqtida tezkorlik bilan amalga oshirish uchun yangi avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish zarurati tugildi.


Ilgari pochta yoki telegraf orqali to‘lov hujjatlari bir bankdan ikkinchi bankka jo‘natilganda to‘lovlar bir necha kunga, hatto 15-20 kunga cho‘zilib ketar edi. Bundan tashqari, noqonuniy avizolarni jo‘na-tish hollari ham kuzatilgan edi. Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida yangi to‘lovlar tizimini joriy etish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Vazirlar Mahkamasining 1994-yilning 18-martdagi 146-sonli “Bank tizimini rivojlantirish va pul muomalasini barqarorlashtirish

138


chora-tadbirlari” haqidagi qarorida banklararo hisob-kitoblarni yaxshi-lash bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator vazifalar belgilab berilgan edi. Ular quyidagilardir:
1. Bank tizimini kompyuterlashtirish va bank kompyuter markazlari-ni joriy etish;
2. Elektron pochta (elektron to‘lovlar) tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
3. Hisob ishlarini avtomatizatsiyalashtirish;
4. Noqonuniy hisob-kitob operatsiyalari o‘tkazishning oldini olish; 5. Noqonuniy avizo- ogohnomalarni rasmiylashtirishga yo‘l qo‘ymaslik. 6. Pochta avizolarini bekor qilish.
Ko‘pgina tijorat banklarida bankning hisob ishlarini mexani-zatsiyalash darajasi juda past ekanligini hisobga olib O‘zbekiston Res-publikasi Markaziy banki banklararo hisob-kitoblarni elektron pochta tizimi orqali tashkil etishga qaror qildi. Elektron pochta orqali to‘lovlar tizimini texnik jihatdan o‘rnatishning uncha qimmat emasligi, qisqa muddatda tatbiq etilishi, kadrlarni tez muddatlarda o‘qitilishi yangi tizimning joriy etilishini tezlashtirdi. Dastlab tajriba o‘tkazildi. 1994-yilning iyul-oktabr oylarida Markaziy bank tomonidan dastur ishlab chiqildi va shu yilning 1-oktabridan elektron pochta tizimidan tajriba sifatida foydalanila boshlandi. Tajriba davomida uni ishlatish bo‘yicha o‘zgarishlar kiritildi. Dastlab to‘lovlarni 2-4 kun ichida o‘tkazilishga erishildi.
Iqtisodiyotdagi hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida 1995-yil boshidan boshlab har bir viloyatda Markaziy bank qoshidagi hududiy hisob markazlarini tashkil etishga qaror qilindi. Har bir tumandagi ilgari faoliyat ko‘rsatib kelgan kliring markazlari yopilib, ularning faoliyati to‘xtatildi. Shu munosabat bilan oddiy pochta avizolari bekor qilindi. Res-publika ichidagi barcha hisob-kitoblar uzog‘i bilan ikki kun ichida o‘tkazilishi belgilab berildi. Shu tariqa elektron to‘lovlar tizimi joriy etildi.


Elektron to‘lovlar tizimi bu – umumdavlat tizimi bo‘lib, bank-lararo to‘lovlarni tashkil etadi va u qog‘ozsiz texnologiyalarni O‘zbe-kiston Respublikasi Markaziy banki elektron pochta vositalari orqali o‘tkazilishiga asoslangan.

Hozirgi kunda elektron to‘lovlar tizimi yuqori o‘tkazish imkoniya-tiga ega bo‘lib, to‘lovlarning respublika miqyosida 15-20 daqiqa mobay-nida o‘tishini ta’minlaydi. Elektron to‘lovlar tizimi quyidagi funksiya-larni bajaradi:

139

1. O‘zbekiston Respublikasi banklari o‘rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni jadallashtirish;


2. Uzatiladigan elektron to‘lov hujjatlarini ruxsatsiz tashqi daxl etishdan himoya qilish;
3. Banklarning vaqtincha pul resurslaridan samarali foydalanish; 4. Kredit va risk darajasini boshqarish;
5. To‘lov operatsiyalarini tartibga soluvchi qonun va qoidalarga rioya qilish;
6. Tijorat banklari tomonidan amaldagi qonunchilikka va bank fao-liyati me’yoriy hujjatlariga rioya qilinishi bo‘yicha Markaziy bankning nazorat va kuzatuv funksiyalarini bajarish;
7. Ma’lumotlar bazasini yaratish.
Elektron to‘lovlarni o‘tkazishda initsiator va benifitsiar banklar ishtirok etadi. Initsiator bank bu – to‘lov operatsiyalarini boshlovchi bank, benifitsiar bank esa to‘lov operatsiyalarini yakunlovchi bankdir. Banklar o‘rtasidagi hisob-kitoblar elektron to‘lov hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Elektron to‘lov hujjati O‘zbekiston Respublikasi Mar-kaziy banki tomonidan belgilangan shaklda pul hisob-kitob hujjatlari asl nusxasi asosida yaratilgan “elektron” belgili hujjat bo‘lib, uning asosiy nusxasi hisoblanadi va asl nusxa kuchiga ega bo‘ladi. Elektron to‘lovlar tizimida uzatish uchun mo‘ljallangan hujjatlarning to‘g‘ri to‘ldirilganligi uchun bank mijozi javobgar bo‘ladi.
Hududiy axborotlashtirish markaziga qayta ishlash uchun uzatila-digan elektron to‘lov hujjatlarini hisoblab o‘tkazish, hisobdan chiqarish va ularning elektron fayllarini shakllantirilishi to‘g‘riligi uchun javob-garlik initsiator bankka, hududiy axborotlashtirish markazidan qabul qili-nadigan to‘lov hujjatlariuchun javobgarlik esa benifitsiar bankka yuklatiladi.
Elektron to‘lov tizimi bir qator prinsiplar asosida faoliyat ko‘rsatib, ular quyidagilardir:
1. To‘lovlar bo‘yicha transaksiyani o‘tkazish tashabbusi initsiator-bankka tegishli bo‘ladi;
2. To‘lovni amalga oshirishdan oldin operatsion kunning boshida tijorat banklarining ichki va tashqi vakillik hisobvaraqlaridagi aylanma-lar va qoldiq mablag‘lari bir-biriga muvofiqligi tekshiriladi;
3. Amalga oshirilgan transaksiya qaytarilmaydi;
4. To‘lovlarning eng yuqori summasi cheklanmagan;

140


5. To‘lovlarning initsiator – bank tomonidan vakillik hisobvara-g‘idagi mablag‘ qoldigi chegarasida to‘lanadi. Undan ortiqcha mablag‘ sarflash overdraft summasi miqdorida amalga oshirilishi mumkin.
Elektron to‘lovlar ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Marka-ziy bankining Axborotlash markazlari va hisob-kitob markazlaridir. Elektron to‘lovlar tizimidan foydalanuvchilar hisob-kitob kassa markaz-lari va tijorat banklari hisoblanadi. Elektron to‘lovlar tizimi ishtirokchi-lari va foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari tijorat banklari, axborotlash markazlari va hisob-kitob markazlari o‘rtasida tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinib turiladi.
Har bir bank elektron to‘lovlar tizimiga ko‘shilishi uchun avvalo Respublika Markaziy bankida ro‘yxatga olingan hamda BDMAB tomonidan unikal kod berilgan bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, ushbu bank elektron to‘lovlar tizimiga chiqish imkoniyatini beradigan tegishli dasturiy majmuaga ega bo‘lishi lozim. Shundan so‘ng bank elektron to‘lovlar tizimiga ulanguncha axborotlashtirish bosh markazi xodimlari yordamida ma’lumotlarni qabul qilish, uzatish bo‘yicha bir necha sinov tajribalarini o‘tkazish yo‘li bilan bank tayyorgarligining haftalik tajriba tekshiruvi o‘tkaziladi. Bunday tajriba tekshiruv ishlari ijobiy natija olguncha davom ettiriladi.
Tajriba tugagandan so‘ng hududiy axborotlashtirish markazida bankning elekron to‘lovlar tizimida ishlashga tayyor ekanligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi va bank elektron to‘lovlar tizimiga qo‘shiladi.


Download 1,35 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   149




Download 1,35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron to‘lovlar tizimining joriy etilishi

Download 1,35 Mb.