|
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
|
bet | 58/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar21302000K00000429001 bunda:
21302 – “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlariga to‘lashga” deb nomlangan balans hisobvarag‘i nomeri;
000 – valyuta kodi, bu 3 ta nol vakillik hisobvarag‘ining “so‘m” da yuritilishini bildiradi;
K – nazorat kaliti;
00000429 – bankning unikal kodi, ya’ni A bankining kodi- 00429. Lekin har bir hisobvaraqda unikal kod uchun 8 ta raqam ajratilgani sababli bu kod nollar bilan to‘ldiriladi.
001 – ushbu bank hisobvarag‘ining tartib nomeri.
Yuqorida ko‘rsatilgan vakillik hisobvarag‘i Toshkent shahar Hi-sob-Kitob Markazida yuritilib, Hisob-Kitob Markazi uchun passiv hisobvaraqlardir. Mablag‘larning kelib tushishi va hisobvarag‘ qoldig‘i hisobvaraqning kredit qismida, mablag‘larning kamayishi esa uning
137
debet qismida aks ettiriladi. Barcha to‘lovlar vakillik hisobvarag‘i qol-dig‘i chegarasida amalga oshiriladi.
Har bir bankning balansida ham vakillik hisobvarag‘i ochiladi va yuritiladi. Bu hisobvaraq bank balansining aktiv qismida yuritilib, bank-ning ichki vakillik hisobvarag‘i deb nomlash mumkin. Bosh bankning ichki vakillik hisobvarag‘i 10301 – balans hisob raqamida yuritiladi. Ti-jorat bankining Hisob-kitob Markazida ochilgan 21302 – vakillik hisob-varag‘i tashqi vakillik hisobvarag‘i deb yuritiladi. To‘lovni amalga oshirish uchun asosiy mezon operatsion kunning boshida ichki va tashqi vakillik hisobvaraqlaridagi aylanmalarning va qoldiq mablag‘larining bir-biriga mos kelishi hisoblanadi. To‘lovning eng katta summasi chek-lanmagan. Har kuni ertalab hisob markazi tomonidan berilgan tijorat banki hisobvarag‘idan ko‘chirmasi tijorat banki tomonidan tasdiqlangan-dan so‘ng ushbu hisobvaraq bo‘yicha yangi kun operatsiyalari boshlanadi.
Shunday qilib, turli tipdagi banklar o‘rtasidagi banklararo hisob-kitoblar Toshkent shahar Hisob-kitob markazi orqali tashkil etiladi.
Hisob-kitoblar Markazi – bu O‘zbekiston Respublikasi Marka-ziy banki hududiy bosh boshqarmalarining buxgalteriya hisobi, hisob va hisob-kitoblar boshqarmasining bo‘limi bo‘lib, uning funksiyasiga banklarning vakillik hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish va banklararo hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlash kiradi.
|
| |