|
Plastik kartochkalar bo‘yicha ichki to‘lovlarni o‘tkazish tartibi
|
bet | 52/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlarPlastik kartochkalar bo‘yicha ichki to‘lovlarni o‘tkazish tartibi
Bosh bankning to‘lov markazi
Yagona umum respublika protsessing markazi
A bank B bank mijozi
A bank B bank mijozi
122
kun davomida plastik kartochkalar bo‘yicha barcha operatsiyalar hisob-kitoblar ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan tartibda pro-tsessing markazlari orqali amalga oshiriladi va hisob-kitoblarning ishti-rokchisi bo‘lgan har bir bank uchun ochilgan alohida shaxsiy schyot-larda aks ettiriladi;
hisob-kitob ishtirokchilarining kelishuviga binoan yakuniy sum-malar (majburiyatlar) Markaziy bankning hisob-kitob markazlarida ochilgan va shartnomada qayd etib o‘tilgan davriylik bilan tijorat bank-larini korrespondentlik schyotlari orqali o‘tkaziladi;
protsessing markazdan olingan ma’lumotlar asosida banklar plastik kartochkalardan foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiya-lar bo‘yicha mijozning schyotiga mablag‘lar o‘tkazish yoki hisobdan chiqarishni amalga oshiradilar.
Plastik kartochkalar bo‘yicha operatsiyalarning hisobi 22618 va 22620 – hisobvaraqlarda hisobga olib boriladi.
22618 – Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlari
22620 – Korporativ plastik kartochkalar bo‘yicha majburiyatlar
Plastik kartochkalar orqali operatsiyalarni amalga oshirish uchun turli asbob-uskunalar, ya’ni bankkomat, terminallar kerak bo‘ladi. Ular hisobi quyidagi hisobvaraqarda olib boriladi:
16541 – To‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari
16543 – To‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalarining yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblarda amalga oshiriladigan buxgalteriya yozuvlarini mustaqil bajarishga harakat qilib koring!
Umuman, respublikamizda plastik kartochkalar orqali operatsiya-larni amalga oshirish, amalda mavjud bo‘lgan qonun-qoidalar va me’yo-riy hujjatlar asosida amalga oshiriladi va nazorat qilinadi.
|
| |