|
Inkasso topshiriqnomalari bo‘yicha operatsiyalarning hisobi va rasmiylashtirilishi
|
bet | 49/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar5.5. Inkasso topshiriqnomalari bo‘yicha operatsiyalarning hisobi va rasmiylashtirilishi
Inkasso topshiriqnomasi – ushbu topshiriqnomani bergan bank mijozining bank-emitentga to‘lovchining hisobvarag‘idan so‘zsiz tar-tibda mablag‘larni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi talabidir.
109
Inkasso topshiriqlari quyidagi hollarda hisob-kitoblar uchun taq-dim etiladi:
– birinchidan, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlarni undirish uchun;
– ikkinchidan, davlat budjetiga o‘tkaziladigan soliqdan tashqari to‘lovlar, jumladan, penyalar, jarimalarni undirib olish to‘g‘risidagi soliq organlarining farmoishiga ko‘ra;
– uchinchidan, budjetdan tashqari fondlardan to‘lovlarni undirib olishda, agar bu qonuniy hujjatlarda ko‘zda tutilgan bo‘lsa;
– to‘rtinchidan, bojxona organlarining qaroriga ko‘ra o‘z vaqtida to‘lanmagan bojxona to‘lovlarini undirish uchun.
Bulardan tashqari, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, shuningdek, xo‘jalik sudining ijro varaqalari va unga tenglashtirilgan hujjatlari inkasso topshiriqlarini rasmiylashtirib bankka topshirish uchun asos bo‘la oladi. Ijro hujjatlariga xo‘jalik sudi-ning buyruqlari, sudlar tomonidan berilgan ijro varaqalari hamda nota-riuslar tomonidan yozilgan ustxatlarni kiritish mumkin.
Budjet, bojxona va huquqni muhofaza qilish organlarini to‘lovni undiruvchi deb yuritamiz. To‘lovni undiruvchi inkasso topshiriqlarini ijro hujjatlarini ilova qilgan holda to‘lovni undirish uchun bankka taq-dim qiladilar. Agar to‘lovni undiruvchi va to‘lovchi tomonlar bir shahar ichidagi bank xizmatidan foydalansalar inkasso topshirig‘i to‘lovchining hisobvarag‘i yuritiladigan bank bo‘limiga topshiriladi. Agar inkasso top-shirig‘i boshqa shahardagi to‘lovchilar nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa, bu holda hujjat undirib oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank bo‘limiga topshirilishi lozim. To‘lovchilarning hisobvaraqlaridan mablag‘lari hisob-dan chiqarish bank bo‘limlari tomonidan hujjatlarning nusxasi bo‘yicha emas, balki asl nusxasi yoki dublikati asosida bajariladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar foydasiga mablag‘larni hisobdan chiqarish bo‘yicha hujjatlar qonunda belgilangan muddatdan o‘tkazib taqdim etilgan bo‘lsa, bank bo‘limlari ushbu hujjatlarni inkasso uchun qabul qilmaydilar. Ijro hujjatlarining bajarilish muddatlari quyidagicha belgilangan:
– sudlar tomonidan berilgan ijro varaqalari bo‘yicha – 3 yil;
– ijro ustxatlari bo‘yicha, agar qonunchilik tomonidan boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa – 3 yil;
– xo‘jalik sudlarining ijro varaqalari bo‘yicha – 6 oy;
– xo‘jalik sudining sudyasi tomonidan berilgan sud buyrug‘i bo‘yi-cha undirib olish, buyruq berilgan kundan boshlab – 10 kun muddat davomida amalga oshiriladi.
110
Davlat sug‘urtasi, ijtimoiy sug‘urta idoralari, davlat budjeti foyda-siga mablag‘larni o‘tkazib berish hujjatlari bank tomonidan amal qilish muddati cheklanmagan holda qabul qilinadi.
Inkasso topshiriqnomasi bank bo‘limiga undirib oluvchi tomoni-dan 0505411013 shaklda 3 nusxada topshiriladi. Undirib oluvchi va to‘lovchi tomonlarga bitta bank bo‘limida xizmat ko‘rsatilsa, inkasso topshiriqnomalarining alohida nusxalari quyidagicha ishlatiladi:
– birinchi nusxa to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo, bankning to‘rtburchak muhr izi, to‘lov amalga oshirilgan sana, qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi;
– ikkinchi nusxasi ijro hujjatlari bilan birga to‘lovchining hisob-varag‘iga ilova sifatida mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana, bankning to‘rtburchak muhri izi tushirilgan va qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda to‘lovchiga beriladi;
– uchinchi nusxasi bank bo‘limining to‘rtburchak muhr izi tushiril-gan, mas’ul bajaruvchi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana va qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda to‘lovni oluvchiga beriladi.
Undirib oluvchi va to‘lovchiga bir shahar ichidagi turli banklar xizmat ko‘rsatganda ham inkassa topshiriqnomasi 3 nusxada rasmiylash-tirilib, undirib oluvchi tomonidan bevosita to‘lovchi korxona bankiga topshiriladi. Inkasso topshiriqnomasining alohida nusxalari quyidagicha ishlatiladi:
– birinchi nusxa to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana, bankning to‘rt-burchak muhri izi tushirilgan va qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi va belgilangan tartibda saqlanadi;
– ikkinchi nusxasi ijro hujjatlari bilan birgalikda to‘lovchining hisobvarag‘iga ilova sifatida mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana, qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan va bankning muhr izi tushirilgan holda to‘lovchiga beriladi;
– uchinchi nusxasi bank bo‘limining to‘rtburchak muhr izi tushiril-gan, mas’ul ijrochining imzosi, to‘lov amalga oshirilgan sana, qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda to‘lovni oluvchining o‘ziga inkasso topshiriqnomasining ijro uchun bank tomonidan qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida qaytariladi.
111
Amaliyotda shunday hollar ham bo‘ladiki, bunda to‘lovni undiruv-chi va to‘lov to‘lovchi turli shaharlarda joylashgan bo‘lib, ularga turli banklar xizmat ko‘rsatadi. Bunday shaharlararo yoxud hududlararo operatsiyalar banklararo hisob-kitoblar orqali amalga oshiriladi. Shahar-lararo hisob-kitoblarda inkasso topshiriqlari undiruvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi bank bo‘limlariga undiruvchi tomonidan topshiriladi. Bu holda inkassa topshirig‘i 3 nusxada rasmiylashtirilib bankka topshiriladi. Uning birinchi va ikkinchi nusxalari ijro hujjatlari bilan birga pochta aloqasi orqali to‘lovchining bankiga jo‘natiladi. Topshiriqnomani jo‘na-tishdan avval unga mas’ul ijrochi tomonidan imzo, hujjatning qabul qili-nish sanasi qo‘yiladi hamda bankning to‘rtburchak muhr izi tushiriladi. Inkasso topshiriqnomasining uchinchi nusxasi bank bo‘limining to‘rt-burchak muhr izi tushirilgan, mas’ul ijrochining imzosi, qabul qilish sanasi qo‘yilgan holda undiruvchiga qaytariladi.
Inkasso topshiriqnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarda bajariladigan buxgalteriya yozuvlari undiruvchi va to‘lov to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi banklarning joylashuviga bog‘liq. Agar har ikki tomonga bitta bank bo‘limi xizmat ko‘rsatsa, inkasso topshiriqnomasini to‘lash quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali bajariladi:
Debet “To‘lovchi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan de-pozit” hisobvarag‘i.
Kredit “Undiruvchining talab qilinguncha saqlanadigan depozit” hisobvarag‘i.
Hisobvaraq nomerlari undiruvchilar va to‘lovchilarning qaysi mulkchilik shakliga tegishligiga ko‘ra belgilanadi. Bu buxgalteriya yozuvi to‘lovchi korxona hisobvaraqlaridan mablag‘larni undiruvchi tomonning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazilganligidan dalolat beradi.
To‘lov to‘lovchi va undiruvchi tomonlar bir shahar ichidagi turli banklar xizmatidan foydalansalar, undiruvchi tomon inkasso topshirig‘i-ni to‘lovchi bankiga 3 nusxada topshiradi. Topshiriqnomaning to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirilganligi, uning barcha rekvizitlari mavjudligi, shu bilan birga to‘lovchining hisobvarag‘ida ushbu topshiriqnomani to‘lash uchun pul mablag‘larining yetarliligi bank mas’ul ijrochisi tomonidan nazorat qilinadi. Shundan so‘ng birinchi nusxa asosida quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet “To‘lovchi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan de-pozit” hisobvarag‘i.
112
Kredit “To‘lovchi korxonaga xizmat qiluvchi bankning vakillik hisobvarag‘i”.
To‘lovlar elektron to‘lov tizimi orqali Hisob Markaziga o‘tkazila-di. Inkasso topshiriqnomalarining boshqa nusxalari yuqorida ko‘rsatib o‘tilganga muvofiq ishlatiladi.
To‘lov to‘lovchi va undiruvchi tomonlarga turli shahardagi turli banklar xizmat ko‘rsatsalar, undiruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank inkasso topshirig‘ini ijro hujjatlari bilan birgalikda pochta aloqasi orqali to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka jo‘natadi. To‘lovchining banki kelib tushgan hujjatlarning to‘lanishi mumkinligi va to‘g‘ri rasmiy-lashtirilganligini tekshirib yuqorida buxgalteriya yozuvini o‘tkazadi va elektron to‘lov tizimi orqali Hisob Markaziga to‘lovni jo‘natadi. Hisob Markazi orqali to‘lov undiruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankning vakil-lik hisobvarag‘iga kelib tushadi. Bir vaqtning o‘zida kelib tushgan pul mablag‘lari undiruvchi tomonning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Bu operatsiya quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali aks ettiriladi:
Debet “Undiruvchiga xizmat qiluvchibankning vakillik hisobvarag‘i”. Ushbu hisobvaraq nomerini eslab ko‘ring-chi?
Kredit “To‘lovni undiruvchining talab qilinguncha saqlanadigan depozit” hisobvarag‘i.
Undiruvchi bankida elektron to‘lov tizimi orqali qabul qilingan elektron inkasso topshiriqnomasi qog‘ozga chiqariladi. Inkasso topshi-riqnomasining elektron ko‘rinishi bankning axborot bazasida saqlanadi. Elektron inkasso topshiriqnomasining qog‘ozga chiqarilgan nusxasi esa bank mas’ul ijrochisining imzosi va bank muhri izi qo‘yilgan holda undiruvchi hisobvarag‘iga ilova sifatida undiruvchiga beriladi
|
| |