Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitoblar, ularning hisobga olinishi va rasmiylashtirilishi




Download 1,35 Mb.
bet45/149
Sana25.09.2024
Hajmi1,35 Mb.
#272367
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   149
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

5.4. Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitoblar, ularning hisobga olinishi va rasmiylashtirilishi

Hisob-kitoblarning akkreditiv shakli to‘lov aylanmasida juda kam ulushni tashkil etadi. Jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni kafolatlash maqsadida akkreditiv shakldan foydalaniladi.



Akkreditiv – mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning kontragenti foydasiga berilayotgan bankning shartli pul maj-buriyatidir. Akkreditiv so‘zining o‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, “ishonchli” degan ma’noni bildiradi.

Unga ko‘ra akkreditiv ochgan bank mahsulot yetkazib beruvchiga to‘lovni bajarishi yoki boshqa banklar tomonidan akkreditivda ko‘zda tutilgan hujjatlar taqdim qilinganda va akkreditivning boshqa shartlari bajarilganda ularga bu to‘lovlarni bajarish uchun vakolat berishi mumkin.


Akkreditivlar ochilganda akkreditiv ochgan bank to‘lovchining shaxsiy mablag‘idan yoki unga berilgan kredit hisobidan mol yetkazib beruvchining banki tasarrufiga alohida “Akkreditivlar” balans hisobva-rag‘iga mablag‘larni o‘tkazib bersa, bunday akkreditivlar qoplangan akkreditivlar deyiladi. Akkreditiv ochgan bank xalqaro qabul qilingan andozalar asosida bank-emitent deb yuritiladi.
Akkreditivlarning ikkinchi turi qoplanmagan akkreditiv bo‘lib, bank va boshqa korxonalar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajara-digan xo‘jaliklarga bunday akkreditivlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Qoplanmagan akkreditivning qoplangan akkreditivdan farqi shundan iboratki, bunda to‘lovchi korxonaning pul mablag‘lari alohida hisobva-raqqa o‘tkazib qo‘yilishi talab qilinmaydi. Bank to‘lovchi hisobva-rag‘ida to‘lov hujjatlari kelib tushganda pul bo‘lmagan taqdirda bank mablag‘lari hisobidan to‘lov berishni kafolatlaydi. Akkreditivning bu turining qulayligi shundaki, mol sotib oluvchining pul mablag‘lari

103


aylanmadan tashqariga chiqib ketmaydi, ikkinchi tomonidan mol jo‘natuvchi korxona uchun ham to‘lov kafolatlangan. Faqat bank mab-lag‘lari hisobidan to‘lov amalga oshirilganda shartnomada kelishilgan miqdorda haq to‘lanadi.
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan bo‘lishi mumkin. Agar akkreditiv bo‘yicha huj-jatlarda bu haqda belgi mavjud bo‘lmasa, bunday akkreditivlar chaqirib olinuvchi hisoblanadi. Chaqirib olinuvchi akkreditiv bank-emitent tomo-nidan mablag‘larni oluvchi bilan oldindan kelishib olinmasdan ham o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Masalan, shartnomada ko‘zda tutilgan shartlarga rioya etilmaganda, bank-emitent akkreditiv bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash muddatidan avvalroq voz kechganda va boshqa hollarda akkreditiv chaqirib olinishi mumkin. To‘lochi mahsulot yetkazib beruvchiga chaqirib olinadigan akkreditivning shartlarini o‘zgarishi yoki bekor qilinishi to‘g‘risidagi barcha farmoyishlarni faqat bank-emitent orqali berishi mumkin, ushbu bank mahsulot yetkazib beruvchining banki, ya’ni bajaruvchi bankni, u esa o‘z navbatida mahsu-lot yetkazib beruvchi korxonani xabardor qiladi. Bajaruvchi bank ayni paytda mahsulot yetkazib beruvchi taqdim etgan va mahsulot yetkazib beruvchining banki tomonidan qabul qilingan akkreditiv shartlariga tegishli bo‘lgan hujjatlar bo‘yicha to‘lovlarni mazkur bank akkreditivini o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi xabarnomani olgunga qadar to‘lashi shart. Mahsulot yetkazib beruvchining roziligisiz, uning foyda-siga ochilgan chaqirib olinmaydigan akkreditiv o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Mahsulot yetkazib beruvchi korxona akkreditiv shartlarida ko‘zda tutilgan hollarda akkreditivni muddatidan oldin ishlatishdan voz kechishi mumkin.

Download 1,35 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   149




Download 1,35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitoblar, ularning hisobga olinishi va rasmiylashtirilishi

Download 1,35 Mb.