|
-bosqich. Mahsulot yetkazib beruvchi bankida to‘lov talabnomasini inkassoga qabul qilinishi
|
bet | 41/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar1-bosqich. Mahsulot yetkazib beruvchi bankida to‘lov talabnomasini inkassoga qabul qilinishi
To‘lov talabnomasi mahsulot jo‘natilgandan so‘ng shartnomada belgilangan muddatlarda mahsulot jo‘natuvchi korxona tomonidan ro‘yxat, ya’ni reyestr asosida bankka inkassoga topshiriladi.
Ro‘yxat to‘lov talabnomalarining barcha rekvizitlarini o‘z ichiga olgan holda ikki nusxada to‘ldiriladi. Ro‘yhatning birinchi nusxasi korxonaning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, muhrning izi bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ro‘yxatning birinchi nusxasi qabul qilingan sana, mas’ul ijrochi imzosi qo‘yilgandan so‘ng bankning to‘rt-
94
burchak muhr izi tushirilib, bankda qoldiriladi. Ro‘yxatning ikkinchi nusxasi esa qabul qilingan sana, mas’ul ijrochi imzosi qo‘yilib, bankning to‘rtburchak muhr izi tushirilib, mahsulot yetkazib beruvchiga qaytariladi.
To‘lov talabnomalari 2 yoki 3 nusxada to‘ldiriladi. Agar mahsulot yetkazib beruvchi va to‘lovchi tomonlarga bitta bank bo‘limi xizmat ko‘rsatsa talabnoma 3 nusxada taqdim etiladi. Bu holda to‘lov talabnomalarning har bir nusxalari quyidagicha ishlatiladi:
– birinchi nusxa to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo, to‘lovi amalga oshirilgan sana, bankning to‘rtburchak muhr izi tushirilgan va qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi;
– ikkinchi nusxasi to‘lov oluvchining hisobvarag‘iga ilova sifatida mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana, bankning to‘rtburchak muhr izi qo‘yilgan va qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda beriladi;
– uchinchi nusxa qabul qilish sanasi, to‘lovni amalga oshirish sanasi, mas’ul ijrochining imzosi va bank to‘rtburchak muhr izi qo‘yilgan holda to‘lovchiga uning hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birgalikda beriladi.
Agar to‘lovchi va mahsulot yetkazib beruvchi bir hudud ichidagi yoki turli hududlarda joylashgan turli bank bo‘limlari xizmatidan foydalansalar, bu holda to‘lov talabnomalari 2 nusxada bankka taqdim etiladi. Ularning har ikkala nusxalari pochta aloqasi yoki kuryerlar orqali to‘lovchi bankiga jo‘natiladi.
|
| |