• (Ushbu hisobvaraq nomini hisobvaraqlar rejasidan
  • Hisobvaraqlar rejasiga qarab bu ikkala hisobvaraq nomini
  • Hisobvaraqlarning to‘liq nomlarini mustaqil yozing
  • To‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi




    Download 1,35 Mb.
    bet39/149
    Sana25.09.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #272367
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   149
    Bog'liq
    Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

    5.2. To‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi

    To‘lov topshiriqnomasi bu – to‘lovchi korxonaning uning bank-dagi depozit hisobvarag‘idan pul mablag‘larining ma’lum bir summa-sini boshqa mijozning hisobvarag‘iga o‘tkazish haqida o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka bergan topshirig‘idir.

    To‘lov topshiriqnomasi 0505411002 shakldagi standart blankada to‘lovchi tomonidan rasmiylashtirilib, bankka topshiriladi.


    To‘lov topshiriqnomalari orqali quyidagi to‘lovlar amalga oshiriladi:
    – tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar;
    – notovar operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar;
    – Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bank ssudalari va unga qo‘shilgan foizlarni qoplash uchun mablag‘ o‘tkazish;
    – Hukumat qarorlari va bank qoidalarida belgilangan hollardagi bank to‘lovlari.
    Ilgari to‘lov topshiriqnomalari rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 kun ichida bankka topshirilishi mumkin bo‘lib, shu davr ichida u ha-qiqiy hisoblanar edi. “Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi yangi Nizomga asosan to‘lov topshiriqnomasi rasmiylashtirilgan kun bankka taqdim etilishi lozim, ya’ni topshiriqnomaning sanasi uni bankka taqdim etilgan kun bilan bir xil bo‘lishi kerak, ular mos kelmagan holda to‘lov topshiriqnomasi ijro uchun qabul qilinmaydi. Lekin budjetga va budjetdan tashqari fondlar bo‘yicha to‘lovlar bundan mustasno.
    To‘lov topshiriqnomalarining bankka topshiradigan nusxalar soni to‘lovchi va mablag‘ oluvchilarning qaysi bankda joylashganligiga bog‘-liq. To‘lovchi va mablag‘ oluvchi korxonalar bir bank bo‘limi xizmati-dan foydalansalar, topshiriqnomalar bankka uch nusxada taqdim etiladi. Topshiriqnoma nusxalarining har biri quyidagicha ishlatiladi:
    – birinchi nusxa to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana va qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan, bankning to‘rtburchak muhrining izi tushirilgan holda kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi;
    – ikkinchi nusxasi to‘lov oluvchining hisobvarag‘iga ilova sifatida mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana, bankning

    87

    to‘rtburchak muhr izi tushirilgan holda to‘lovni oluvchi korxona vakiliga beriladi;


    – uchinchi nusxa operatsiya bajarilgandan so‘ng, bank bo‘limining to‘rtburchak shtampi izi tushirilgan, mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to‘lovni amalga oshirish va topshiriqnomani qabul qilish sanasi ko‘rsa-tilgan holda to‘lovchi korxona vakiliga ularning depozit hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birgalikda beriladi.
    Lekin har doim ham bir-biri bilan munosabatda bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bir bank xizmatidan foydalanmaydilar, chunki hisob-kitoblar bir hudud tashqarisiga chiqishi mumkin. Agar to‘lovchi va mablag‘ oluvchi korxonalarga bir hudud ichidagi yoki boshqa hudud-da joylashgan turli bank bo‘limlari tomonidan xizmat ko‘rsatilsa, to‘lov topshiriqnomalari bankka ikki nusxada taqdim etiladi:
    – birinchi nusxasi to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana, bank-ning muhr izi tushirilgan va qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi;
    – ikkinchi nusxasi bank bo‘limining muhr izi tushirilgan, bank mas’ul ijrochisining imzosi, to‘lov amalga oshirilgan sana va topshiriq-nomani qabul qilish sanansi ko‘rsatilgan holda to‘lovchi korxona vaki-liga beriladi.
    To‘lov topshirig‘ida quyidagi rekvizitlar ko‘rsatilishi lozim: a) to‘lov topshirig‘ining nomi va nomeri.
    b) to‘lov topshirig‘i to‘ldirilgan sana, ya’ni kun, oy va yil. v) to‘lovchining nomi, to‘lovchi bankining nomi va kodi. g) to‘lovchining hisobvaraq nomeri va identifikatsiya kodi.
    d) mablag‘larni oluvchi korxona nomi, unga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va kodi.
    j) mablag‘ oluvchining hisobvaraq nomeri.
    z) to‘lovlarning summasi raqam va yozuvlarda ko‘rsatiladi. i) to‘lovning maqsadi.
    To‘lov topshirig‘ining barcha rekvizitlari to‘ldirilgandan so‘ng, topshiriqnomaning alohida ajratilgan pastki qismiga to‘lovchi korxona rahbari va bosh buxgalterining imzosi hamda muhr izi qo‘yiladi. Ushbu muhr va imzolar to‘lov topshirig‘ining faqat birinchi asl nusxasiga qo‘yiladi.
    Korxonalardan hujjatlar qabul qilish, shartnomada boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, butun kun davomida bankning mijoz bilan ish-lash vaqtidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bunda operatsion

    88

    kun davomida bank tomonidan korxonalardan qabul qilingan hujjatlar shu kunning o‘zidayoq ijro qilinadi. Mas’ul ijrochi mijozlardan to‘lov topshirig‘ini olgandan so‘ng to‘lov topshirig‘idan barcha rekvizitlarning to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi. Bundan tashqari, to‘-lovchi korxonaning depozit bo‘yicha ochilgan hisobvarag‘ida hujjatda ko‘rsatilgan summani to‘lashga yetarli pul mablag‘lari borligini aniq-laydi. Agar to‘lov topshirig‘i to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirilib, uni to‘-lashga yetarli pul mablag‘lari bo‘lsa, mas’ul ijrochi topshiriqnomadagi barcha ma’lumotlarni dasturiy yo‘l bilan kompyuter orqali bankning elektron to‘lovlarini amalga oshiruvchi hisoblash markaziga o‘tkazadi. Ertasi kun ertalabdan kechikmagan muddatda bank balansi chiqarilgan-dan keyin hujjatning birinchi nusxasi bankning kundalik yig‘majildiga tikiladi va belgilangan tartibda avval joriy arxivda saqlanadi, bir yil o‘tgandan so‘ng umumiy bank arxiviga topshiriladi. To‘lov topshiriqno-masining ikkinchi nusxasi esa mijozning hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birgalikda operatsiyalar o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat sifati-da mijozga qaytarib beriladi.


    Ushbu bank operatsiyasi bo‘yicha quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:

    Debet To‘lovchining “Talab qilinguncha saqlanadigan depozit” bo‘yicha ochilgan hisobvaraq nomeriKredit Mablag‘ oluvchining “Talab qilinguncha saqlanadi-gan depozit” bo‘yicha ochilgan hisobvaraq nomeri

    Ushbu operatsiyani misolda ko‘rib chiqamiz.
    Davlat korxonasi xususiy korxonadan mahsulot sotib oldi. Davlat korxonasi sotib olingan mahsulotning pulini to‘lash uchun to‘lov topshirig‘i rasmiylashtirib o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etdi. To‘lov topshirig‘i tegishli nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng, pul o‘t-kazish bo‘yicha quyidagi buxgalteriya yozuvi bajarildi:
    Debet 20210 “Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depoziti”.
    Kredit 20208 “Xususiy korxonaning talab qilinguncha saqlana-digan depoziti”. (Ushbu hisobvaraq nomini hisobvaraqlar rejasidan foydalangan holda to‘g‘ri va to‘liq yozing).
    Yuqorida ko‘rsatilgan buxgalteriya yozuvlari har ikkala korxonaga bitta bank xizmat ko‘rsatgan holda bajariladi. Agar mablag‘larni oluvchi

    89

    korxona boshqa bank xizmatidan foydalanadigan bo‘lsa, u holda to‘lov-chi bankidan vakillik hisobvarag‘i orqali o‘tkaziladi. Bunday holni quyi-dagi buxgalteriya yozuvi orqali ko‘rish mumkin:


    Debet 20210 “Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depoziti”
    Kredit 10301, 16103 “Tijorat bankining vakillik hisobvarag‘i”

    Hisobvaraqlar rejasiga qarab bu ikkala hisobvaraq nomini to‘liq ko‘rsating va esda saqlab qoling!

    Shunday qilib, tijorat bankining hisoblash markazidan dasturiy yo‘l orqali modem usuli bilan elektron to‘lov o‘tkaziladi, ya’ni “Elektron pochta” deb nomlangan tizim orqali elektron to‘lov topshirig‘i Markaziy bank qoshidagi hisob markaziga o‘tkaziladi. Markaziy bank qoshida ochilgan hisob markazi to‘lovchi korxonaga xizmat qiluvchi ti-jorat bankidan olingan ma’lumotlar asosida elektron to‘lov topshirig‘ini modem orqali mablag‘ oluvchi korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga o‘tkazadi.


    Elektron to‘lovlar tizimi orqali olingan elektron to‘lov topshiriqno-malari mablag‘larni oluvchi bankda qog‘ozga chiqariladi. Topshiriqno-maning elektron ko‘rinishi bankning axborot bazasida saqlanadi. Elektron topshiriqnomaning qog‘ozga chiqarilgan nusxasi esa bank mas’ul ijrochisining imzosi va bank muhri izi qo‘yilgan holda mijoz hisobvarag‘iga ilova sifatida mijozga beriladi.
    Bu bankda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:

    Debet10301,16103 Hisobvaraqlarning to‘liq nomlarini mustaqil yozing


    Kredit 20208 Bu hisobvaraqning nomi qanday edi?

    Ushbu buxgalteriya yozuvi yordamida to‘lovchi korxona bankidan Markaziy bank orqali kelib tushgan pul mablag‘lari mablag‘ oluvchi korxona bankida mablag‘ oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.


    Ta’minotchilar tomonidan mahsulot yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish transport xizmati bilan birgalikda bir tekisda amalga oshirilsa, o‘zaro hisob-kitoblar doimiy to‘lovlar tartibida o‘tkazilishi mumkin. Bunday hisob-kitoblar har bir alohida savdo bitimi ya’ni mahsulot or-tish, jo‘natish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘yicha emas, balki tomonlar oldindan kelishib olgan muddatlar va hajmlarda to‘lov topshiriqnoma-lardan foydalangan holda mablag‘larni davriy ravishda ko‘chirish yo‘li bilan bajariladi. Tomonlar davriy ravishda, lekin har oyda kamida bir

    90

    marta mahsulotning amalda jo‘natilishi yoki xizmatlar ko‘rsatilishi asosida o‘tgan davri uchun qiyoslashni bajarish va shartnomada belgi-langan tartibda qayta hisob-kitob qilishlari lozim. Aniqlangan farqlar alohida topshiriqnoma bilan o‘tkazilishi yoki navbatdagi to‘lovda hisob-ga olinishi mumkin. O‘zaro qarzlar eng kam miqdorda bo‘lishi uchun hisob-kitoblarga oyning oxirida aniqlik kiritish maqsadga muvofiqdir.


    Hozirgi kunda respublikamizda banklar orqali o‘tkazilayotgan bar-cha to‘lovlarning 70 foizi atrofida to‘lov topshiriqnomalari yordamida amalga oshirilmoqda, bu uning afzalliklari bilan bog‘liq.
    Bu afzalliklar quyidagilardan iboratdir:
    – birinchidan, hujjatlar aylanishining oddiyligi va tezligi, ya’ni hi-sob-kitoblarni amalga oshirishning texnik jihatdan qulayligi. Bu esa o‘z navbatida xo‘jalik yurituvchi subyektlar va bank xodimlarining mehnat sarfini kamaytiradi;
    – ikkinchi, pul mablag‘lari harakatining tezligi, ya’ni to‘lov talab-nomasiga nisbatan to‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha hisob-kitoblarda huj-jatlarning aylanishi harakati qisqaligi so‘zsiz xo‘jalik aylanma mablag‘-larining aylanish tezligini oshiradi;
    – uchinchidan, tovar sotib oluvchining qabul qilgan tovarlari yoki xizmatlar sifatini oldindan aniqlab olinishi. Hisob-kitoblarning bu shak-lida to‘lov talabnomasi orqali hisob-kitoblarda bo‘lgani kabi bankka rad-diya arizasi topshirilmaydi, chunki to‘lovchining o‘zi to‘lovni to‘lashga rozi bo‘lsa, topshiriqnomani bankka topshiradi;
    – to‘rtinchidan, to‘lov topshiriqnomasining barcha tovarsiz ope-ratsiyalarda qo‘llanilishi ushbu shakl bo‘yicha hisob-kitoblarning aha-miyatini yanada yaqqol aks ettiradi.
    To‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha hisob-kitoblarning afzalliklari bi-lan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Kamchiliklar shundan iborat-ki, mol jo‘natuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona uchun to‘lovning o‘z vaqtida o‘tkazilishi to‘la kafolatlanmagan. Chunki to‘lovning o‘z vaqtida o‘tkazilishi to‘lovchi korxonaning depozit hisobvarag‘idagi mablag‘lar miqdoriga bog‘liq. To‘lovning to‘liq o‘tkazilishiga yetarli pul mablag‘larining bo‘lmasligi pul aylanishini sekinlashtiradi va mah-sulot jo‘natuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning moliyaviy hola-tini yomonlashtiradi.
    Lekin ko‘rsatilgan kamchilik to‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha hi-sob-kitoblarning naqd pulsiz hisob-kitoblarning boshqa shakllari oldida-gi ahamiyatini kamaytirmaydi. Aksincha, hozirgi davrda xo‘jalik sub-

    91

    yektlari o‘rtasida to‘lov topshiriqnomalarining qo‘llanilish doirasi yana-da kengayib bormoqda, chunki oldingi yillarda to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha to‘lovlar faqat mahsulot jo‘natilgandan va xizmatlar ko‘rsatil-gandan keyingina amalga oshirilar edi. Bunday holat bozor munosa-batlari sharoitida o‘zini oqlamaydi, debetor va kreditor qarzdorliklarning oshib ketishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida iqtisodiyotda qarzdorlik zanjirini keltirib chiqaradi.


    Yuqorida ko‘rsatilgan muammolarning oldini olish maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qator mexanizmlar ishlab chiqildi, qaror va farmoyishlar qabul qilindi. Dastlab 1995-yil 5-mayda O‘zbekiston Res-publikasi Prezidentining “Korxona va tashkilotlar rahbarlarining xalq xo‘jaligidagi hisob-kitoblarni o‘z vaqtida o‘tkazishni ta’minlash bo‘yi-cha javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 154-sonli Far-moni e’lon qilindi. Farmonga muvofiq, mulk shaklidan qat’iy nazar har bir xo‘jalik subyekti agar mol oluvchi korxona bo‘lsa, u albatta o‘sha mol qiymatining kamida 15 foizi summasini oldindan to‘lashi talab etiladi. Tabiiyki, bu to‘lov topshiriqnomasi asosida amalga oshiriladi.
    Oldindan to‘lov o‘tkazish ilgari yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va boshqa ba’zi hollarda Davlat bankining ruxsati bilan amalga oshirilar edi. Lekin hozirgi paytda xo‘jaliklar o‘zlari o‘zaro xo‘jalik shartnoma-lari orqali 100 foizli yoki undan kam miqdorda bo‘lgan oldindan to‘lov-lar o‘tkazishni kelishib oladilar. Yuqorida ko‘rsatilgan mexanizm esa to-monlar o‘rtasida shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatishga yordam beradi. 15 foizdandan kam bo‘lma-gan avanslangan to‘lovlarning o‘tkazilish majburiyligi, bank bunday to‘-lovlar ustidan doimo nazorat olib borishi haqida O‘zbekiston Respubli-kasi Prezidentining yana bir “Hisob-kitoblar tizimi hamda to‘lov intizo-mini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1996-yil 24-yanvar-dagi Farmoni chiqarildi. Farmonda korxona va tashkilotlar tomonidan bankka topshiriladigan to‘lov topshiriqnomasida qat’iy ravishda shart-noma nomeri, to‘lov tartibi, 15 foizdan kam bo‘lmagan avans to‘lovi miqdori ko‘rsatilishi shart qilib belgilandi. Demak, naqd pulsiz hisob-kitoblarning qaysi shaklidan foydalanishdan qat’iy nazar, xo‘jaliklar avvalo to‘lov summasining 15 foizdan kam bo‘lmagan miqdorini to‘lov oluvchi korxona hisobvarag‘iga aynan to‘lov topshirig‘i yordamida o‘tkazadilar. Bu esa to‘lov topshirig‘i iqtisodiyotning hamma sohalarini qamrab olayotganidan dalolat beradi. Umuman, xalq xo‘jaligida xususiy sektorning o‘rni kengayib borgan sari kichik va boshqa xususiy

    92

    korxonalar sonining oshishi to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar hajmining kengayishiga yo‘l ochib beradi.




    Download 1,35 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   149




    Download 1,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi

    Download 1,35 Mb.