4.4. Hisobvaraqlarning qayta rasmiylashtirilishi va yopilishi
Turli mulkchilik shaklariga tegishli bo‘lgan korxonalar o‘z fao-liyatlari jarayonida bankrot deb e’lon qilinishi, qayta tashkil etilishi, ya’ni qo‘shib olinishi, bo‘linishi yoki biror korxonadan ajralib chiqishi mumkin. Shu munosabat bilan mijoz qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda bankka yangi tashkil etilgan paytdagi kabi hujjatlarni taqdim etadi. Korxonaning qayta tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda nomi o‘zgaradigan bo‘lsa yoki korxonaning bo‘ysunishi o‘zgarganda tegishli tashkilot tomonidan berilgan nomi yoki bo‘ysunishi o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi topshiriladi.
Ta’sis hujjatlari bo‘lgan ta’sis shartnomasi yoki uning Nizomida ko‘rsatilgan ma’lumotlar, ya’ni ta’sischilar, aksiyadorlar, ishtirokchilar bo‘yicha o‘zgarishlar kiritilganida mijoz ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalarni notarial tasdiqlangan nusxasi taqdim qilinadi. Bunday hollarda hisobvaraq egasining imzolar va muhr namu-nasi tushirilgan varaqchalar ham yangilanishi lozim bo‘ladi.
Yuridik shaxsga nisbatan sanatsiya e’lon qilingan holatlarda uning hisobvaraqlari bo‘yicha yuzaga keladigan munosabatlar “Sanatsiya qili-nayotgan korxona maxsus sanatsiya hisobvarag‘ining ishlash tartibi to‘g‘risida”gi 1636-sonli 2006-yilning 3-noyabrida ro‘yxatga olingan nizomi asosida olib boriladi. Sanatsiya e’lon qilingan korxonalarning hisobvaraqlarining ishlash tartibini batafsil ushbu nizomdan o‘rganib olish tavsiya etiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida juda ko‘plab tijorat banklari faoliyat ko‘rsatib, ular o‘rtasida kuchli raqobat boradi. Korxonalar bank muassa-salarini mustaqil ravishda tanlaydilar va o‘zlariga xizmat ko‘rsatayotgan bank muassasasi xizmatidan qoniqmasa, boshqa banklarga o‘tib, uning xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Lekin boshqa bankka o‘tish haqida korxona o‘z bankiga, agar shartnomada boshqa shartlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kamida bir oy avval xabar berishi lozim. Hisobvaraqni yopish uchun korxona o‘z bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
79
korxona rahbarining xati yoki arizasi (ariza bilan birga chek daf-tarchalari ham qaytariladi).
tegishli soliq idoralarining roziligi (ya’ni asosiy hisobvaraq boshqa bankka o‘tkazilayotganda xo‘jalik yurituvchi subyekt budjet oldida soliq va budjetdan tashqari jamg‘armalar oldida majburiyatlari yo‘qligi to‘g‘risida soliq idoralari tomonidan berilgan ma’lumotni taqdim etishlari lozim).
korxona tanlagan bankning ushbu korxonaning o‘z muddatida to‘lanmagan hujjatlari bilan qabul qilishiga roziligi.
Mijoz tomonidan bankka ariza va chek daftarchalari berilgandan so‘ng, bank mijozning hisobvarag‘idagi qoldiqni yozma ravishda tasdiqlaydi. Mijoz ushbu tasdiqnomani hisobvaraq ochish uchun ariza bilan birga hisobvaraq ochayotgan bankka taqdim etadi. Arizaga asosan yangi bank mijozga vaqtinchalik 29801 – (hisobvaraq nomini hisob-varaqlar rejasidan qo‘rib, esda saqlab qoling) hisobvarag‘ini ochadi, bu haqda mijozga va uning avvalgi bankiga yozma ravishda xabar be-radi. Yozma xabarni olgach, mijoz o‘zining avvalgi bankiga hisobvara-g‘idagi qoldig‘ini hisobvaraq ochayotgan bankdagi vaqtinchalik hisob-varag‘iga o‘tkazib berish haqida to‘lov topshiriqnomasini taqdim etadi. Bank mijozning yuridik hujjatlar yig‘majildidagi hujjatlar va boshqa to‘lov hujjatlari bo‘yicha dalolatnoma tuzib, imzolar va muhr qo‘yilgan holda kuryerlar yoki pochta orqali dalolatnomani va u bilan birga hujjat-larni hisobvaraq ochayotgan bankka jo‘natadi. Bu hujjatlarni qabul qil-ganligi haqida hisobvaraq ochayotgan bankda dalolatnomaning bir nus-xasiga bank rahbari va bosh buxgalterining imzosi va muhr qo‘yilgan xolda avvalgi bankka yetkazib beriladi. Hisobvaraq egasi orqali ushbu hujjatlarni bir bankdan ikkinchi bankka yetkazib berish ta’qiqlanadi. Da-lolatnoma olingandan so‘ng mijoz hisobvarag‘idagi pul mablag‘lar qol-dig‘i hisobvaraq ochayotgan bankdagi vaqtinchalik ochilgan hisob-varaqqa o‘tkazib beriladi.
Hisobvaraq ochayotgan bank o‘zida mijozga hisobvaraq ochib vaqtinchalik hisobvaraqdan yangi ochilgan hisobvaraqqa mablag‘larni o‘tkazib qo‘yadi. Hisobvaraq yopgan bankda barcha berib yuborilgan hujjatlardan nusxa olib, belgilangan tartibda o‘z arxivida saqlaydi. Mijoz to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar ikki oy davomida ma’lumotlar bazasida saqlanadi, ikki oydan so‘ng ular arxivlashtirilib, tegishli tartibda saqlanadi.
80
Korxonalarning hisobvaraqlari turli sabablarga ko‘ra yopilishi mumkin. Hisobvaraqlar yopilayotganda bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan bank hisobvaraqlarini yuritishi bo‘yicha shartnomalar bekor qilinadi. Mijozlarning hisobvaraqlari quyidagi hollarda yopiladi:
hisobvaraq egasining arizasiga ko‘ra;
korxonani tashkil etgan yuqori tashkilot qaroriga ko‘ra; korxona tugatilganda;
bank talabi bilan.
Asosiy hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalar faqat hisobvaraq egasi-ning farmoyishiga ko‘ra, hisobvaraqdagi pul mablag‘lari surishtiruvchi, tergovchi qarori bo‘yicha yoki sud ajrimiga ko‘ra xatlanganda to‘xtatib qo‘yiladi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasi hisobvaraq egasining arizasiga hamda bank talabiga ko‘ra bekor qilinadi. Bank talabiga ko‘ra bank hisobvarag‘i shartnomasi sud orqali quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
– agar korxona shartnomada yoki bank qoidalarida ko‘rsatilgan minimal miqdorda hisobvaraqda pul mablag‘larini ushlab turmasa va bu haqda bank tomonidan ogohlantirilgandan so‘ng, bir oy ichida belgilan-gan summaga yetkazilmasa;
– agar shartnomada boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, korxona hisobvarag‘i bo‘yicha 1 yil davomida operatsiyalar o‘tkazilmasa.
Hisobvaraqdagi pul mablag‘lari qoldig‘i mijozning tegishli yozma arizasiga ko‘ra kechi bilan 7 kun ichida mijozga beriladi yoki uning ko‘rsatmasiga binoan boshqa hisobvaraqqa o‘tkaziladi. Bank hisobvarag‘i shartnomasining bekor qilinishi hisobvaraqning yopilishi uchun asos bo‘ladi.
Agar shartnomada boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, korxona hisobvarag‘i bo‘yicha 6 oy, savdo-vositachilik korxonalarining hisobvarag‘i bo‘yicha 3 oy davomida operatsiyalar o‘tkazilmasa, faoliyatini amalga oshirmagan hollarda banklar 3 kun ichida bunday korxonalar haqida korxona yoki tadbirkor ro‘yxatga olingan soliq idorasiga xabar qilishlari shart. Sudning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish haqida qarori taqdim etilganda banklar keyingi ish kunidan kechiktirmay hisobvaraqlarni yopishlari lozim. Bunda ham bank hisobvarag‘i bo‘yicha shartnoma bekor qilinadi.
81
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan yuridik shaxslar ixtiyoriy tugatilayotganda, xabardor qilish muddatidan boshlab:
A.Ularning milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlari, jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatayotgan banklar-tugatuvchining ularni yopish haqidagi arizasi asosida mazkur hisobvaraqlarini yopadilar va uning to‘lov topshiriqnomasi asosida ular-dagi mavjud mablag‘lar qoldiqlarini tugatilayotgan yuridik shaxslarning asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazadilar.
B. Ularning chet el valyutasidagi ikkilamchi depozit hisob-varaqlari, jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatayotgan banklar – tugatuvchining ularni yopish haqidagi arizasi asosida mazkur hisobvaraqlarini yopadilar va uning to‘lov topshi-riqnomasi asosida ulardagi mavjud mablag‘lar qoldiqlarini tugatilayot-gan yuridik shaxslarning uning milliy valyutadagi asosiy hisobvarag‘i ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisob-varag‘iga o‘tkazadilar.
C. Yuridik shaxslarning asosiy hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatayot-gan bank tugatish jarayoni tugagandan so‘ng tugatuvchining arizasi aso-sida bir ish kuni davomida asosiy hisobvarag‘ini yopadi va tugatuvchiga asosiy hisobvaraqning yopilishi haqida ma’lumotnoma beradi.
Korxonani tugatish komissiyasi o‘z ishini yakunlagandan so‘ng hi-sobvarag‘ini yopish uchun mijoz korxonaning budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarganliklari haqidagi davlat soliq idoralarining xulosasi, tugatish ishlari tugagani to‘g‘risida maxsus komissiya tomoni-dan rasmiylashtirilgan bayonnoma, foydalanilmagan cheklar chek daf-tarchasi bilan birgalikda bankka topshiriladi. Agar mijoz hisobvarag‘ida kredit qoldiq mavjud bo‘lsa ushbu qoldiq mijozlarning ta’sischilariga yoki tugatish komissiyasining majlis qaroriga ko‘ra boshqa hisobva-raqqa o‘tkaziladi.
|