Operatsiyalar turi
T/r Operatsiyalar mazmuni
1. Toshkent “Foton’ korxonasidan olingan asbob-uskunalar uchun to‘lov to‘landi
2. Respublika budjetiga daromad solig‘i to‘landi
3. Sotilgan tovarlar uchun “Osiyo” xususiy korxonasidan to‘-lov kelib tushdi
4. Korxona o‘z ishchi-xizmatchilariga ish haqi to‘lash uchun bankdan naqd pul oldi
5. Ishchi-xizmatchilarning ish haqidan daromad solig‘i davlat budjeti hisobvarag‘iga o‘tkazildi
6. Korxonaning firma do‘konidan naqdpultushumikelib tushdi
10-jadval.
Summa (so‘m)
2.500.000-00
4.000.000-00 2.580.000 -00
2.000.000 -00
195.000-00
1.370.000-00
Korxonaning bankda talab qilinguncha saqlanadigan depozit hi-sobvarag‘i ochilgan bo‘lib, unda 20-oktabr holatiga 9.100.000 so‘m mablag‘i mavjud.
Masalaning yechimi quyidagicha bo‘ladi:
75
Debet 20208000300234723001 Kredit
1) 25000-00 2) 12000-00 4) 20000-00 5) 9500-00
debet aylanmasi -?
(Hisoblab chiqing)
Saldo 31000-00 3)18000-00 6)37000-00
kredit aylanmasi 55000-00
Saldoni toping.
Masalani mustaqil ishlagandan so‘ng uning yechimi to‘g‘riligini tekshirib chiqing.
Demak, masala shartlarini yechish orqali korxona hisobvarag‘ining debet tomonidan 8.695.000,00 so‘m, kredit tomonidan esa 3.950.000,00 so‘mlik operatsiyalar o‘tkazilganini ko‘rish mumkin. Hisobvaraqning kun boshiga bo‘lgan qoldig‘i 9.100.000,00 so‘m bo‘lganligini hisobga olgan holda kun oxiriga bo‘lgan qoldiqni topdik. Bu qoldiq 4.355.000,00 so‘mni tashkil etdi.
Yuqorida mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarini ochish, uni nomerlash va yuritish tartibi bilan tanishtir-dik. Korxonaning barcha asosiy operatsiyalari ushbu hisobvaraqlardan o‘tkaziladi. Lekin korxona va tashkilotlar o‘z hoxishlariga ko‘ra talab qilinguncha saqlanadigan depozitlardan tashqari jamg‘armali va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochishlari hamda ularda o‘zlarining ortiqcha pul mablag‘larini saqlashlari mumkin. Jamg‘arma yoki muddatli depozit hisobvaraqlari ochish uchun yuridik shaxslar tomonidan bankka alohida, jismoniy shaxslar tomonidan alohida belgilangan hujjatlar taqdim etila-di. Yuridik shaxslar jamg‘arma yoki muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarini taqdim etishlari lozim:
hisobvaraq ochish uchun ariza;
davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki litsenziya; imzolar va muhr izi qo‘yilib, notarius tasdiqlagan varaqcha.
Agar yuridik shaxs shu bankda ilgari hisobvaraq ochgan bo‘lsa, u holda jamg‘arma yoki muddatli hisobvaraq ochish uchun faqat ariza taqdim etadilar. Ariza asosida mijoz bilan bank o‘rtasida shartnoma tuziladi va shartnomada ochilayotgan depozit turi bo‘yichashartlarbelgilab qo‘yiladi. Jamg‘arma yoki muddatli depozit ochish uchun jismoniy shaxslar
quyidagi hujjatlarni rasmiylashtirib bankka topshiradilar:
76
hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma);
imzo na’munasi qo‘yilgan varaqcha.
Ariza asosida jismoniy shaxs bilan bank o‘rtasida shartnoma tuzi-ladi va unda depozit shartlari belgilab qo‘yiladi. Shartnomada depozitor-larning hisobvaraq ochilayotganda jamg‘arma yoki muddatli depozit shartlari bilan tanishtirilishi ko‘zda tutiladi hamda bu haqda depozitor belgilangan shakldagi dastlabki hujjatlarga tegishli yozuv kiritib, imzo qo‘yadi.
Budjet tashkilotlari ham jamg‘arma va muddatli depozit hisobva-raqlarini ochishlari mumkin, lekin ularning talab qilinguncha saqlanadi-gan depozit hisobvaraqlariga budjetdan o‘tkazilgan mablag‘lari hisobi-dan jamg‘arma va muddatli depozit hisobvarag‘i ochilishiga yo‘l qo‘yil-maydi. Budjet tashkilotlari uchun jamg‘arma va muddatli depozit hisob-varaqlari faqat ularning budjetdan tashqari mablag‘lari uchun ochiladi. Buning uchun budjet tashkilotlari tomonidan bankka tegishli hisobvaraq ochish uchun ariza taqdim etiladi.
|