4.3. Chet el valyutasidagi depozit hisobvaraqlarni ochish tartibi
Yuridik va jismoniy shaxslar hisobi milliy valyuta “so‘m”da yuriti-ladigan depozit hisobvaraqlar bilan birgalikda chet el valyutasidagi de-pozit hisobvaraqlarini ochishlari mumkin. Chet el valyutasidagi depozit hisobvaraqlarini rezident va norezident yuridik shaxslar, rezident va no-rezident jismoniy shaxslar hamda chet el investitsiyasi bilan ishlovchi korxonalarga ochiladi. Chet el valyutasida depozit hisobvaraqlarning barcha turlarini, jumladan, talab qilib olinguncha, jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish mumkin.
Chet el valyutasidagi talab qilinguncha saqlanadigan, muddatli, jamg‘armali, ikkilamchi depozit hisobvaraqlarini ochish uchun tadbir-korlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar bank muas-sasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari lozim:
hisobvaraq ochish uchun ariza;
tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni xorijdan olib ke-luvchi yakka tadbirkorlar-yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati ido-rasi tomonidan berilgan “Tijorat faoliyati bo‘yicha tovarlarni olib keluv-chi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida” guvohnoma nusxasi;
davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
77
imzolar va muhr izi na’munalari tushirilgan 2-nusxada varaqcha; ta’sis hujjatlari va unga kiritilgan o‘zgarishlar;
mijoz tomonidan pul hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo‘lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati.
Chet el valyutasidagi talab qilinguncha saqlanadigan depozit hi-sobvaraqlarini norezident yuridik shaxslari ham ochishlari mumkin. Quyidagi norezident yuridik shaxslar talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochishlari mumkin:
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, chet davlat-larning qonunlariga muvofiq tashkil etilgan, jumladan O‘zbekiston Res-publikasi tashkilotlari ishtirokida ochilgan tashkilotlarga;
O‘zbekiston Respublikasida joylashgan xorijiy diplomatik, savdo va boshqa rasmiy vakolatxonalarga, immunitet hamda diplomatik im-tiyozlardan foydalanuvchi xalqaro tashkilotlarga;
O‘zbekiston Respublikasida joylashgan boshqa xorijiy tashkilot va firmalarning xo‘jalik va tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan vakolatxonalariga.
Yuqorida sanab o‘tilgan yuridik shaxslar talab qilinguncha saqla-nadigan depozit hisobvaraq ochish uchun bankka hisobvaraq ochish so‘-ralgan ariza, soliq to‘lovchining ro‘yxatdan o‘tib, identifikatsiya raqami olganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi, imzolar va muhr na’munasi tushirilgan va tasdiqlangan varaqcha va norezident yuridik shaxs nomi-dan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo‘lgan shaxs-ning shaxsini tasdiqlovchi hujjati.
Jismoniy shaxslar ham chet el valyutasida hisobvaraq ochishlari mumkin. Rezident va norezident jismoniy shaxslar hisobvaraq ochishlari uchun bankka ariza va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni shaxsan taqdim eta-dilar. Hisobvaraq yuritadigan bo‘lim boshlig‘i yoki buxgalter arizani ol-gach, mijozga imzolar na’munasini qo‘yish uchun 2 ta varaqcha beradi va imzolarini qo‘ydirib oladi. Varaqchaning orqa tomoniga buxgalter tomonidan mijoz pasportining ma’lumotlari yozib qo‘yiladi va bu ma’lumotlari o‘z imzosi bilan tasdiqlab qo‘yadi.
Hisobvaraq ochish uchun zarur hujjatlar mijozning yuridik ishi bo‘lib hisoblanadi, imzolar va muhr na’munasi tushirilgan varaqchadan tashqari alohida papkada saqlanadi. Imzolar va muhr tushirilgan varaq-chaning birinchi nusxasi buxgalter (mas’ul ijrochida), ikkinchisi nazorat-chida saqlanadi.
78
Umuman, mijozlarga bitta bankda ma’lum bir chet el valyutasida faqat bitta talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i ochish uchun ruxsat beriladi.
|