|
Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ini ochish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar
|
bet | 31/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlarTalab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ini ochish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo‘jaliklari tomonidan mil-liy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
hisobvaraq ochish uchun ariza;
tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni xorijdan olib ke-luvchi yakka tadbirkorlar yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati ido-rasi tomonidan berilgan “Tijorat faoliyati bo‘yicha tovarlarni olib keluvchi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida” guvohnoma nusxasi;
davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi; imzolar va muhr izi na’munalari tushirilgan 2-nusxada varaqcha; ta’sis hujjatlari va unga kiritilgan o‘zgarishlar;
mijoz tomonidan pul-hisob kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo‘lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatilganda bank tomonidan uning nusxasi olinadi va mijozga qaytarib beriladi.
Tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxs-lar va budjetdan mablag‘ oluvchilar hisobvaraq ochish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari lozim:
hisobvaraq ochish uchun ariza;
korxonaning yagona davlat ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risida statistika idoralari tomonidan berilgan guvohnoma nusxasi;
imzolar va muhr izi na’munalari tushirilgan 2-nusxada varaqcha. ta’sis hujjatlari va unga kiritilgan o‘zgarishlar;
mijoz tomonidan pul-hisob kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo‘lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati.
Hisobvaraq ochish uchun arizada korxonaning to‘liq nomi, man-zilgohi, hisobvaraq ochiladigan bankning nomi, qanday hisobvaraq turi
70
ochilishi haqidagi korxona rahbarining iltimosnomasi hamda sana ko‘r-satiladi. Arizaga korxona rahbari, bosh buxgalteri imzo qo‘yadi. Imzolar korxonaning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi. Arizaning ikkinchi qismi bank belgilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bank boshqaruvchisi-ning hisobvaraqni ochish uchun bergan roziligi va ushbu korxonaga berilgan hisobvaraq nomerini yozishga joy ajratilgan.
Yuqorida aytib o‘tganimizga ko‘ra, hisobvaraq ochish uchun dav-lat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma taqdim etiladi. Bankka bu hujjatning notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan nusxasi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazgan idora to-monidan tasdiqlangan nusxasi topshirilishi lozim. Guvohnomada xo‘jalik yurituvchi subyektning mulkchilik shakli, tarmoq kodi, soliq to‘lovchiga biriktirilgan identifikatsiya raqami, xo‘jalikning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, yuridik shaxs kodi kabi rekvizitlari ko‘rsatiladi.
Barcha tashkilotlar, shuningdek, ularning xo‘jalik hisobida ishla-maydigan bo‘linmalariga hisobvaraq ochilayotganida ular bankka imzo-lar va muhr izi na’munalari qo‘yilgan varaqchalarni ikki nusxada top-shiradilar. Uning bir nusxasi mas’ul ijrochida, ikkinchi nusxasi esa kassa operatsiyalari bo‘yicha nazoratchida saqlanadi. Ushbu kartochkalarda korxona va uni yuqori tashkilotining nomi, manzilgohlari, bank muassa-sasining nomi, manzilgohi, korxona rahbar shaxslarining to‘liq ismi-sha-rifi ko‘rsatilib, ularning imzolari na’munasi, shuningdek, korxona gerbli muhri na’munasi tushiriladi. Imzolar va muhr izi na’munasi notarial yoki yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.
Birinchi imzo huquqi hisobvaraq ochtirayotgan tashkilot rahbariga va u vakolat bergan mansabdor shaxslarga beriladi. Ikkinchi imzo huquqi bosh buxgalterga va tegishli vakolat olgan shaxslarga beriladi.
Birinchi va ikkinchi imzo huquqini olgan shaxslar imzolar va muhr izi na’munalari varaqchasida u tuzilayotgan vaqtda ko‘rsatiladi. Birinchi imzo huquqidan ikkinchi imzo huquqi berilgan bosh buxgalter va bosh-qa shaxslar foydalanishi mumkin emas. Vazirlik va idoralar hisobvaraq-lari bo‘yicha birinchi imzo huquqi vazir muovinlariga, idoralar rahbar-larining muovinlariga, shuningdek, vazirlik va idoralar boshqarmalari hamda mustaqil bo‘linmalarining boshliqlariga berilishi mumkin. Mar-kazlashgan buxgalteriya xizmatlaridan foydalanuvchi tashkilotlar hisob-varag‘i bo‘yicha ikkinchi imzo huquqi markazlashgan buxgalteriya bosh buxgalteri hamda u vakolat bergan shaxslarga beriladi. Shtatida ikkinchi imzo huquqi berilish mumkin bo‘lmagan yuridik shaxslarning hisobva-
71
raqlari bo‘yicha bankka faqat hisobvaraq egasi imzosining na’munasi qo‘yilgan va notarial tasdiqlangan varaqcha topshiriladi.
Ushbu varaqchalar faqat yangi hisobvaraq ochilayotgandagina emas, balki hisobvaraq bo‘yicha bitta imzo o‘zgargan yoki qo‘shilgan hollarda, korxona nomi o‘zgarganda, yuqori tashkilot nomi o‘zgarganda birinchi va ikkinchi imzo huquqiga ega shaxslarning imzolari va muhr izi tushirilgan holda bankka topshiriladi. Umuman varaqchalar 0401026 shaklda rasmiylashtirilib, muassis yoki notarius tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Bu hujjatning bank yozuvi uchun ajratilgan joyida varaq-chani qabul qilishga ruxsatni tasdiqlovchi bank bosh buxgalterining im-zosi qo‘yiladi. Bundan tashqari, kartochkaning orqa tomonida hisob-varaqning nomeri va bank tomonidan korxonaga beriladigan pul chek daftarchalarining nomerlarini qayd etish uchun alohida joy ajratilgan.
Demak, yuqorida sanab o‘tilgan barcha hujjatlarning har biri ma’-lum maqsadda tuzilib, hammasi birgalikda korxona rahbari tomonidan bank boshqaruvchisiga topshiriladi. Bu hujjatlar bank huquqshunosi, boshqaruvchisi tomonidan o‘rganib chiqilgandan so‘ng hisobvaraq ochish uchun ruxsatni bank boshqaruvchisi beradi. Boshqaruvchi hisob-varaq ochish uchun roziligini arizaga maxsus ajratilgan joyga o‘z imzo-sini qo‘yish orqali bildiradi.
|
| |