• Kredit so‘zining yoniga nuqtalar qo‘yilgan. Ularning o‘rniga tegishli hisobvaraq nomerini yozing va esda saqlab qoling. Buning uchun hisobvaraqlar rejasidan foydalanishingiz mumkin.
  • Agar to‘lovchi korxona xu-susiy korxona bo‘lsa, qaysi hisobvaraq debetlanadi Agar korxona
  • -bosqich. Mahsulot oluvchi bankida to‘lov talabnomasini to‘lash bo‘yicha operatsiyalar




    Download 1,35 Mb.
    bet42/149
    Sana25.09.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #272367
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   149
    Bog'liq
    Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

    2-bosqich. Mahsulot oluvchi bankida to‘lov talabnomasini to‘lash bo‘yicha operatsiyalar

    To‘lovchi korxona bankiga mahsulot yetkazib beruvchi korxona bankidan birinchi va ikkinchi nusxa to‘lov talabnomasi pochta aloqasi yoki kuryerlar orqali kelib tushadi. To‘lov talabnomalari tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan akseptlash tartibida yoki akseptlamasdan to‘lanishi mumkin. Bank tomonidan talabnomalarni akseptlash uchun bir shahar ichidagi hisob-kitoblarda 3 kun, shaharlararo hisob-kitoblarda 5 kun muhlat beriladi. Lekin korxonaning iltimosiga ko‘ra bank bu muddatni 10 kungacha cho‘zishi mumkin. To‘lov talabnomaning rekvizitlari 1-kartoteka bo‘yicha yuritiladigan daftarga qayd etiladi va mijozga xabar beriladi. Mijoz bu haqda jurnalga o‘z imzosini qo‘yadi.

    95

    Akseptlash tartibida to‘lanadigan talabnomalarning birinchi nusxasi to‘lov uchun akseptlashni kutayotgan hisob-kitob hujjatlari kartotekasiga joylashtiriladi. Bu kartoteka bankda 1-kartoteka deb yuritiladi. Talabnomaning ikkinchi nusxasi tovar-transport hujjatlari bilan birga keyingi ish kunidan kechiktirilmasdan hujjatni akseptlash uchun qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda va to‘lov to‘g‘risida ma’lumot sifatida to‘lovchiga beriladi. Agar mijoz 10 kun ichida bankka tashrif buyurmasa va to‘lov talabnomasi kelganligi to‘g‘risida xabar topmasa, talabnoma ijrosiz mol sotuvchi korxona bankiga qaytariladi.


    Agar banklarda 1-kartotekaning hisobini yuritish dasturiy yo‘l bi-lan olib borilmasa, bunday talabnomalar qabul qilingan kuni “To‘lov uchun akseptlanishi kutayotgan hisob-kitob hujjatlari”ni hisobga olib borish daftarida ikki nusxada quyidagi rekvizitlarni ko‘rsatgan holda bank tomonidan qayd etiladi:
    –to‘lovtalabnomasiningbankkakelibtushishsanasivato‘lov muddati; – to‘lovchining hisobvaraq nomeri;
    – to‘lovchining nomi; – bank kodi;
    – talabnomaning nomeri;
    – to‘lov maqsadi va summasi.
    To‘lov talabnomasini 1-kartotekaga joylashtirishda quyidagi ba-lansdan tashqari provodka bajariladi:
    Debet – 90962 “To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari” Kredit 96319 – “To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjat-
    lari bo‘yicha kontr. hisobvaraq”
    Daftarda har bir to‘lov muddati bo‘yicha talabnoma summalari va bu summalarning yig‘indilari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 1-kartoteka-ning hisobi dasturiy yo‘l bilan amalga oshirilsa, talabnoma bo‘yicha ko‘rsatilgan rekvizitlar kompyuterga kiritiladi.
    Yuqorida eslatib o‘tganimizdek, to‘lovchi to‘lov talabnomasining ikkinchi nusxasini olgandan keyin, uning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini, shartnoma shartlariga to‘g‘ri kelish-kelmasligini tekshirib chiqadi. To‘lovchi belgilangan muddatda tovar moddiy qiymatliklarni jo‘natish-da, xizmatlar ko‘rsatishda amaldagi qonuniy hujjat talablariga hamda shartnoma shartlariga amal qilinmagan hollarda talabnomani qisman yoki to‘liq to‘lashdan bosh tortishi mumkin. Buning uchun bankka yozma ravishda raddiya arizasi topshirilishi lozim. Agar belgilangan muddatda bankka raddiya arizasi topshirilmasa, ya’ni yozma ravishda akseptlashni rad etmasa talabnoma akseptlangan hisoblanadi.

    96

    Akseptlashni rad etish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar doirasini bank bo‘limi boshqaruvchisi belgilaydi. Banklar akseptlashni rad qilish mohiyati bo‘yicha kelib chiqqan bahs va nizolarga aralashmaydilar.


    To‘lov talabnomasini to‘lashdan bosh tortib yozilgan raddiya arizasi to‘lovchi tomonidan bankka topshirilganda talabnomalar shu kunning o‘zidayoq 1-kartotekadan olinadi hamda tovar-transport hujjat-lari va boshqa ilovalar bilan birga mahsulot yetkazib beruvchi korxona bankiga ijrosiz qaytarib yuboriladi. To‘lovchi talabnomani akseptlash-dan qisman bosh tortganda, to‘lovchi tomonidan akseptlangan summa bo‘yicha to‘lovlar o‘tkaziladi. To‘lovchi hisobvarag‘ida talabnomaning akseptlangan qismini to‘lashga yetarli pul mablag‘lari bo‘lmaganda talabnoma “Muddatda to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari” kartotekasiga joylashtiriladi. Bu kartoteka 2-kartoteka deb yuritiladi. Bunda talab-nomaning dastlabki summasi o‘chiriladi va yonida to‘lovchi akseptlagan summa yozib qo‘yiladi. Kartotekaga kirim qilingan summa to‘lovchi korxona hisobvarag‘iga pul mablag‘lari kelib tushgandan so‘ng to‘lanadi.
    Agar 1-kartotekaga joylashtirilgan to‘lov talabnomasi bo‘yicha to‘lovchi tomonidan raddiya arizasi kelib tushmasa, to‘lov talabnomasi akseptlash uchun berilagn 3 kun muhlat o‘tgandan so‘ng to‘lanadi. To‘-lov talabnomasini to‘lashdan avval to‘lovchi korxonaning depozit hisob-varag‘ini yurituvchi mas’ul ijrochi talabnomani to‘lash uchun yetarli pul mablag‘larining to‘lovchi hisobvarag‘ida mavjudligini tekshiradi. Agar depozit hisobvarag‘ida yetarli pul mablag‘lari bo‘lsa, talabanoma to‘lanadi. To‘lov talabnomasini to‘lash quyidagi buxgalteriya yozuvi or-qali amalga oshiriladi:
    Debet 20210 – “Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i”
    Kredit10103 – “ Bankning Markaziy bankdagivakillik hisobvarag‘i” Balans ichidagi hisobvaraqlar bo‘yicha bajarilgan ushbu buxgalte-
    riya yozuvlaridan avval balansdan tashqari ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari bajariladi, 1-kartotekadagi to‘lov talabnomasining o‘zi kartotekadan olinadi va hisobdan chiqariladi:
    Debet 96319 “To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr. hisobvaraq”

    97

    Kredit ............. “To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari” Kredit so‘zining yoniga nuqtalar qo‘yilgan. Ularning o‘rniga tegishli hisobvaraq nomerini yozing va esda saqlab qoling. Buning uchun hisobvaraqlar rejasidan foydalanishingiz mumkin.


    Bu buxgalteriya yozuviga qarama-qarshi bo‘lgan yozuv to‘lov talabnomasini 1-kartotekaga qabul qilingan paytda bajariladi, ya’ni to‘lov talabnomasining 1-kartotekaga kirim qilinganligi bildiradi. Yuqo-ridagi buxgalteriya yozuvi esa talabnomaning kartotekadan olinganligini bildiradi.
    To‘langan talabnoma elektron to‘lovlar tizimi yordamida Markaziy bank qoshidagi Hisob Markazi orqali mahsulot sotuvchi bankiga o‘tka-ziladi. Talabnomaning ushbu nusxasi bankning kundalik hujjatlar yig‘-majildiga tikiladi va belgilangan tartibda saqlanadi.
    Lekin har doim ham to‘lovchi korxonaning hisobvarag‘ida to‘lov talabnomasini to‘lashga yetarli pul mablag‘lari bo‘lmasligi mumkin. To‘lovchining depozit hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmaganda talabnoma-lar 2-kartotekada to‘lovni kutayotgan hujjatlar qatoriga joylashtiriladi, bu haqda mahsulot yetkazib beruvchi bankiga xabar beriladi. Talabnoma 2-kartotekaga joylashtirilganda balansdan tashqari ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:
    Debet 90963 “Muddatda to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlar”
    Kredit 96321 “Muddatda to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yi-cha kontr hisobvaraq”
    To‘lov talabnomasi 2-kartotekada to‘lovchi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga talabnomani to‘lashga yetarli pul mablag‘lari kelib tushguncha saqlanadi. Pul kelib tushgandan so‘ng kelib tushgan mablag‘lar doirasida me’yoriy hujjatlarda o‘rnatil-gan tartibda to‘lov amalga oshiriladi. To‘lov o‘tkazish bo‘yicha quyidagi buxgalteriya yozuvi bajariladi:
    Debet Mahsulot sotib oluvchining depozit hisobvarag‘i Kredit Tijorat bankining vakillik hisobvarag‘i
    Bu yerda mahsulot sotuvchi turli mulkchlik shakldagi xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lishi mumkin. Yuqorida to‘lov talabnomasi to‘-langanda davlat tasarrufidagi korxonaning depozit hisobvarag‘i orqali operatsiya o‘tkazilgan holni ko‘rgan edik. Agar to‘lovchi korxona xu-susiy korxona bo‘lsa, qaysi hisobvaraq debetlanadi? Agar korxona chet el kapitali ishtirokidagi korxona bo‘lsa-chi?

    98

    Yuqoridagi balans ichidagi buxgalteriya yozuvini bajarishdan avval hujjat 2-kartoteka hisobidan chiqariladi, bu operatsiya quyidagi buxgalteriya yozuvi asosida amalga oshiriladi:


    Debet 96321 “Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yi-cha kontr. hisobvaraq”
    Kredit 90963 Bu hisobvaraq nomini hisobvaraqlar rejasidan qidirib toping va yodlab oling
    Bank 2-kartotekadagi muddati o‘tkazib yuborilgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishda to‘lovchilardan penya undirish va oluvchilar foydasiga o‘tkazish huquqiga ega, agar bu bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada kelishilgan bo‘lsa. Bank to‘lovchilardan mablag‘larni oluvchilar foydasiga muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun qonunda belgilangan miqdorda penya undiradi. Muddati o‘tkazib yuborilgan kunlarni belgilashda kalendar kunlar hisobga olinadi. Undi-rilgan penya muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovning asosiy summasi bilan to‘lovchining hisobvarag‘idan hisobdan chiqaziladi va mahsulot yetkazib beruvchining bankiga elektron to‘lovlar tizimi orqali o‘tkaziladi.
    Ba’zi vaqtlarda to‘lov talabnomasini to‘lash uchun to‘lovchi kor-xonaning roziligi, ya’ni akseptlashi talab etilmaydi. To‘lovchilarning hisobvaraqlaridan mablag‘larni akseptlamasdan hisobdan chiqarish tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan kommunal xizmat, tele-fon, kanalizatsiya, pochta-telegraf xarajatlari hamda tashilgan musor uchun amalga oshiriladi. Kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar va o‘l-chov asboblari gaz, suv, issiqlik va elektr-energiyasi uchun hisoblanadi. Bunday akseptsiz to‘lovlarni amalga oshirish uchun bankka taqdim qilingan to‘lov talabnomaning yuqori qismiga “akseptsiz” hamda “hi-soblash asboblari asosida” degan so‘zlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi lo-zim. Ushbu yozuvlar bo‘lmagan taqdirda talabnomalar umumiy asosda akseptlanadi va to‘lanadi.
    Talabnomada ma’lum to‘lovlarni akseptlamasdan hisobdan chiqa-rish huquqiga ega bo‘lgan qonuniy hujjat yoki shartnomaning sanasi, nomeri va to‘lovning maqsadi ko‘rsatilishi shart. Bunda bank ilova qilingan hujjatlarning talabnomada ko‘rsatilgan ularning rekvizitlariga mosligini tekshirib ko‘radi.
    Bank operatsion kuni kelib tushgan akseptsiz to‘lanadigan talabno-malar shu kunning o‘zida to‘lanadi. To‘lovchi korxonaning depozit hi-

    99

    sobvarag‘ida talabnomani to‘lash uchun mablag‘lar yo‘qligi yoki kam-ligi aniqlansa hamda ularni to‘lashi uchun bank kreditini berish imko-niyati bo‘lmaganda to‘lanmagan summa “O‘z muddatida to‘lanmagan


    hisob-kitob hujjatlari” kartotekasi bo‘yicha alohida hisobvaraqqa o‘tkaziladi, talabnomaning o‘zi esa 2-kartotekaga joylashtiriladi.


    Download 1,35 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   149




    Download 1,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bosqich. Mahsulot oluvchi bankida to‘lov talabnomasini to‘lash bo‘yicha operatsiyalar

    Download 1,35 Mb.