• Emitent bankdan qabul qilingan to‘lov summasi 22602
  • ..............
  • b) Akkreditivni bajaruvchi bankda akkreditivning ishlatilishi




    Download 1,35 Mb.
    bet47/149
    Sana25.09.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #272367
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149
    Bog'liq
    Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

    b) Akkreditivni bajaruvchi bankda akkreditivning ishlatilishi Akkreditivni bajaruvchi bank emitent bankdan elektron to‘lovlar
    tizimi orqali to‘lovni qabul qiladi. Bu bankda akkreditivlarni ochish ha-qidagi ariza 2 nusxada qog‘ozga chiqariladi:
    – arizaning birinchi nusxasi bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo hamda bankning muhr izi qo‘yilgan holda bankning kunlik hujjatlar

    105
    yig‘masiga tikiladi va belgilangan tartibda saqlanadi.


    – ikkinchi nusxasi “To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob huj-jatlari”deb nomlangan 1-kartotekaga joylashtiriladi.


    Emitent bankdan qabul qilingan to‘lov summasi 22602 – “Mijoz-larning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” hisobvarag‘iga o‘tkazilib, mah-sulot jo‘natilib, bu haqda mahsulot jo‘natuvchi korxonadan kerakli hujjat taqdim qilingunga qadar saqlanadi.

    Bu operatsiya quyidagi buxgalteriya yozuvi yordamida amalga oshiriladi.


    Debet10301 – Markaziybankdagi vakillik hisobvarag‘i” (yoki 16103) Kredit 22602 – “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” Mahsulot yetkazib beruvchi korxonaga akkreditiv ochilganligi
    to‘g‘risida bank xabar beriladi.
    Mahsulot yetkazib beruvchi akkreditiv bo‘yicha kelib tushgan mablag‘larni o‘zining talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisob-varag‘iga o‘tkazish uchun unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yuklab jo‘natish va akkreditiv shartlarida ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Akkreditiv bo‘yicha to‘lovlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar akkreditiv muddati o‘tgunga qadar mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan bankka taqdim etilishi va akkreditivning barcha shartlari bajarilganligini tasdiqlashi shart. Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblarda mahsulot yetkazib beruvchining banki mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan akkreditivning barcha shartlariga rioya qilinganligini hamda tasdiqlovchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish lozim. Ushbu shartlarning birortasi buzilganda yoki bajarilmaganda bank akkreditivlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘tkazishi mumkin emas. Bank tomonidan mahsulot yetkazib beruvchining akkreditivlar bo‘yicha hisobvarag‘idagi mablag‘larni uning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga memorial order orqali o‘tkaziladi. Memorial or-der mas’ul ijrochi tomonidan 4 nusxada to‘ldirilib, unda to‘lov bo‘yicha shartnoma nomeri, sanasi, to‘lovning mazmuni, hisobvaraqlar nomeri ko‘rsatiladi. Memorial orderning alohida nusxalari quyidagicha ishlatiladi:
    – memorial orderning birinchi nusxasi buxgalterning imzosi, bank-ning to‘rtburchak muhri izi tushirilib, tasdiqlovchi hujjatning bir nusxasi bilan birgalikda bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi;
    – memorial orderning ikkinchi va uchinchi nusxalari mas’ul ijro-

    106


    chining imzosi, bank to‘rtburchak muhrining izi qo‘yilib, tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda bank-emitentga jo‘natiladi;
    – memorial orderning to‘rtinchi nusxasi mas’ul ijrochining imzosi, bankning to‘rtburchak muhr izi qo‘yilib, mahsulot yetkazib beruvchi korxona hisobvarag‘iga ilova sifatida beriladi.
    Mahsulot yetkazib beruvchi korxonaning talab qilinguncha saqla-nadigan hisobvarag‘iga mijozning akkreditivlar bo‘yicha hisobvarag‘i-dan pul mablag‘larini o‘tkazish quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali amalga oshiriladi:
    Debet ..............? “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” (Hisobvaraq nomerini mustaqil yozing va esda saqlang).
    Kredit 20200 “Mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depo-zitlar” hisobvarag‘i.
    Mijozlarning qaysi mulkchilik shakliga asoslanganligiga qarab 20200 hisobvaraqning tegishli yordamchi (subschyot) hisobvaraq no-meri olinadi. Mablag‘larini qabul qiluvchi korxonani turli mulkchi-lik shakliga tegishli deb faraz qilib, har biri bo‘yicha alohida bux-galteriya provodkalarini yozing va hisobvaraqlar rejasidan hisob-varaq nomerlarining to‘g‘riligini tekshirib ko‘ring.
    Shunday qilib, akkreditiv mahsulot yetkazib beruvchi korxonaga xizmat qiluvchi bankda quyidagicha yopiladi:
    a) akkreditiv muddati tugagandan keyin bajaruvchi bank akkreditiv yopilganligi to‘g‘risida emitent bankka xabar beradi;
    b) mahsulot yetkazib beruvchining muddatdan oldin akkreditivni ishlatishdan voz kechish to‘g‘risidagi arizaga ko‘ra, mahsulot yetkazib beruvchining keyingi akkreditivdan foydalanishdan voz kechishi to‘g‘-risidagi arizasiga asosan bank-emitentga bajaruvchi bank tomonidan bildirishnoma yuboriladi;
    v) sotib oluvchining akkreditivni qisman yoki to‘liq chaqirib olish to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra, agar akkreditiv shartlarida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, akkreditivlar emitent bankdan xabar yetib kelgan kuni 22602 “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlar” hisobvarag‘idagi mav-jud mablag‘lar doirasida to‘liq yoki qisman qoplanadi. Akkreditivning yopilayotganligi haqida emitent bankka xabar beriladi.
    Akkreditivlar bo‘yicha depozit hisobvaraqlardan naqd pul berilishi, akkreditivlarni boshqa shaxslar nomiga o‘tkazilishi va qayta rasmiy-lashtirilishiga ruxsat etilmaydi.

    107


    Bank emitent akkreditivni ishlatganligi to‘g‘risida bajaruvchi bankdan hujjatlarni olgandan keyin memorial orderga asosan ko‘zda tutilmagan hollar hisobvarag‘dan to‘liq hisobdan chiqaradi va tasdiq-lovchi hujjatlarni memorial orderning nusxasi bilan birgalikda to‘lovchi korxonaga beradi. Ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘i akkreditiv


    to‘liq ishlatilmagan va u sotib oluvchi bankidagi hisobvaraqqa qay-tarilganda ham yopiladi.
    Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalarni quyidagi sxema orqali umumlashtiramiz.

    3-sxema.



    Download 1,35 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149




    Download 1,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    b) Akkreditivni bajaruvchi bankda akkreditivning ishlatilishi

    Download 1,35 Mb.