• Balansning tuzilishi
  • Aylanmalar va qoldiqlar qaydnomasi
  • Hisobga olib borishning sintetik usuli (Bosh kitob) va uning materiallari




    Download 1,35 Mb.
    bet20/149
    Sana25.09.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #272367
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   149
    Bog'liq
    Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

    2.3. Hisobga olib borishning sintetik usuli (Bosh kitob) va uning materiallari

    Bosh kitob banklarda umumlashgan hisob haqida axborot berib, bank moliya hisobotlarida ko‘rsatiladigan hisobvaraqlar guruhi bo‘lib hisoblanadi. Bosh kitobga yanada to‘liqroq ta’rif beradigan bo‘lsak, Bosh kitob balans hisobvaraqlari bo‘yicha Qo‘shimcha kitob, ya’ni tav-sifiy hisobvaraq ma’lumotlari to‘plamidir. Bosh kitob ham Qo‘shimcha kitob kabi bir qator materiallar asosida yuritiladi. Bosh kitob materiallari quyidagilar hisoblanadi:


    – hisobvaraqlar qoldiqlarining kunlik balansi;
    – balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlar haqidagi jamlama ma’lumotlar;
    oylik hisobot balanslari;
    – choraklik va yillik saldo aylanma-saldo qaydnomalari.
    Bulardan tashqari bosh buxgalterning xohishiga ko‘ra, emissiya-kassa operatsiyalari, xorijiy operatsiyalar, shuningdek, “kutilmagan va-ziyatlar” hisobvaraqlari bo‘yicha jamlama kartochkalari yuritilishi mumkin.
    Har bir Bosh kitob materiallarini alohida ko‘rib chiqamiz. Ma’-lumki, bankda balans har kuni tuziladi. Balansning har ikki aktiv hamda passiv qismlarining o‘zaro tengligi bank ishi kuni yakunlanganligini bil-diradi. Bosh kitobning barcha materiallari qatori kundalik balans hozirgi kunda bankda dasturiy yo‘l bilan kompyuter yordamida tayyorlanadi.
    Kunlik balans quyidagi shaklda tuziladi:

    7-jadval. Balansning tuzilishi



    Bank nomi Bank kodi


    Sana Hisobvaraqlar nomeri Qoldiq

    Aktiv Passiv

    Demak, bankning kunlik balansida sana, balans ichidagi hisob-varaq nomerlari, aktiv va passiv hisobvaraq qoldiqlari ko‘rsatilib, bank ish faoliyatining bir kunlik yakunini bildiradi.

    43

    Bosh kitob materiallaridan yana biri balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlarning jamlama ma’lumotidir. Bunday jamlama ma’lumotda nafaqat balans hisobvaraqlari bo‘yicha qoldiq, balki hisob-varaq debetidan va kreditidan o‘tgan aylanmalar summalari ham aks ettiriladi. Shuning uchun, aniqroq ma’lumot olish uchun hozirgi kunda ko‘p banklar kundalik balans bilan birgalikda balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlari haqidagi jamlama ma’lumotlarni ham tuzib boradilar. Ushbu Bosh kitob materiali ham dasturiy yo‘l bilan kompyuter yordamida tayyorlanadi. Jamlama ma’lumotlar quyidagi shaklda tuziladi.



    8-jadval. Aylanmalar va qoldiqlar qaydnomasi

    Bank nomi Bank kodi


    Sana Hisobvaraqlar nomeri Aylanmalar Qoldiq

    Debet Kredit Aktiv Passiv

    Balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlar haqidagi jamlama ma’lumotlarda bank nomi, uning filiallararo aylanmalar bo‘yicha nomeri, sana, debet va kredit aylanmalari, aktiv va passiv hisobvaraq-larning qoldiqlari ko‘rsatiladi. Bunday jamlama ma’lumotlar bank rah-bariyatining xohishiga ko‘ra, har kuni, shu bilan birga, aylanma va qol-diq summalarining o‘sib borish tartibida bir oylik va choraklik, ya’ni hisobot davri uchun tayyorlanishi mumkin.
    Oylik, choraklik va yillik saldo aylanma qaydnomalar ham Bosh kitob materiallari hisoblanadi. Qaydnomalarning har biri ma’lum bir hisobot davriga, ya’ni oy, chorak va yil bo‘yicha tuziladi. Ularning har birida qaydnoma tuzilgan sana, hisobvaraq nomerlari va ular bo‘yicha qoldiqlar ko‘rsatiladi. Qaydnomalarning har biri ma’lum bir hisobot davri uchun kelasi davr boshiga tuziladi.
    Masalan: yanvar oyi hisobot davri deb olinib, qaydnoma yanvar oyi uchun tuzilayotgan bo‘lsa, unda kelasi oy, ya’ni fevral oyining birin-chi kuniga bo‘lgan qoldiqlar ko‘rsatiladi.

    44


    Download 1,35 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   149




    Download 1,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hisobga olib borishning sintetik usuli (Bosh kitob) va uning materiallari

    Download 1,35 Mb.