Bank operatsiyalarini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibi




Download 1,35 Mb.
bet12/149
Sana25.09.2024
Hajmi1,35 Mb.
#272367
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   149
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

1.5. Bank operatsiyalarini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibi

Hozirgi kunda xalqaro andozalarga muvofiq balans ichidagi hisob raqamlari ham, balansdan tashqari hisobvaraqlar ham ikkiyoqlama yozuv asosida olib boriladi. Buxgalteriya hisobining tashkil qilishning asosiy tamoyillaridan biri ham aynan ikkiyoqlama yozuv usulidir.


Ikkiyoqlama yozuv usulining mazmuni nimadan iborat? Hisob siyosatida ikkiyoqlama yozuv usulini amaliyotga tatbiq etilishi maxsus buxgalteriya hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bu hujjat hisobvaraq bo‘lib, u ikki qismdan iborat bo‘ladi: chap tomoni “debet”, o‘ng tomoni esa “kredit” deb nomlanadi. Har bir hisobvaraqning kun boshiga bo‘lgan boshlang‘ich qoldig‘i (saldo) bo‘lib, operatsiyalar o‘tkazilgandan so‘ng debet va kredit aylanmalarni hisobga olgan holda kun oxiriga bo‘lgan qoldig‘i chiqariladi.
Barcha hisobvaraqlar o‘z mazmuniga ko‘ra aktiv yoki passiv bo‘li-shi mumkin. Bankning o‘z mablag‘larini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar aktiv hisobvaraqlar hisoblanadi. Bank mablag‘larining manbayini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar esa passiv hi-sobvaraqlar hisoblanadi.
Aktiv hisobvaraqlarga bankdagi naqd pullar, bankning vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lar, turli muddatlarga banklarga, hukumatga, korxona tashkilotlarga berilgan ssudalar, asosiy vositalari, bank xarajat-
24

lari kiradi. Passiv hisobvaraqlarga esa turli depozitlardagi mablag‘lar, budjet mablag‘lari, bank kapitali, daromadlari va hokazo kiradi.


Aktiv hisobvaraqlarning qoldig‘i uning “debet” qismida bo‘lib, mablag‘larning ko‘payishi ham debetda aks ettiriladi, mablag‘larning kamayishi esa hisobvaraqning kreditida ko‘rsatiladi. Passiv hisobvaraq-lar bo‘yicha, aksincha, qoldiq hisobvaraqning kredit tomonida bo‘lib, mablag‘larning kelib tushishi uning kreditida, mablag‘larning kamayi-shi, ya’ni chiqib ketishi debetida o‘z ifodasini topadi.
Aktiv va passiv hisobvaraqlar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari sxe-masini quyidagicha ifodalash mumkin.

1-jadval.



Aktiv hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarni aks ettiruvchi jadval




Debet

1. Kun boshiga bo‘lgan bosh-lang‘ich qoldiq (saldo)


2. Mablag‘larning kelishi a) .......
b) ....... v) .......
3. Mablag‘larning kelishi bo‘yicha aylanmalar summasi (a+b+v)

Kun oxiriga bo‘lgan qoldiq (1+3-5)



Download 1,35 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   149




Download 1,35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bank operatsiyalarini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibi

Download 1,35 Mb.