• AH SC K
  • Hisobvaraqlar rejasining tuzilishi va nomerlanishi




    Download 1,35 Mb.
    bet11/149
    Sana25.09.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #272367
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149
    Bog'liq
    Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

    Hisobvaraqlar rejasining tuzilishi va nomerlanishi

    Hozirgi kunda amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi olti bo‘limdan iborat bo‘lib, ulardan beshtasi balans ichidagi hisobvaraqlarni o‘z ichiga oladi, oxirgi oltinchi bo‘lim esa balansdan tashqari hisobvaraqlardan iborat. Ushbu rejaning yana bir xarakterli xususiyati shundan iboratki, bundagi balansdan tashqarida joylashgan hisobvaraqlar ham balans ichidagi hisobvaraqlar kabi ikkiyoqlama yozuv asosida olib boriladi. Har bir bo‘lim asosiy va yordamchi hisobvaraqlarni (subschyot) o‘z ichiga mujassamlagan. Umuman aytganda, bank aktivlari, passivlari, kapitali, daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobvaraqlar alohida bo‘limlarga kiritilgan, ya’ni:


    I bo‘lim 10000 – Aktivlar;
    II bo‘lim 20000 – Majburiyatlar; III bo‘lim 30000 – Kapital;
    IV bo‘lim 40000 – Daromadlar; V bo‘lim 50000 – Xarajatlar;
    VI bo‘lim 90000 – Ko‘zda tutilmagan holat bo‘yicha (ya’ni ba-lansdan tashqari) hisobvaraqlar.
    Hisobvaraqlar rejasi bosh buxgalteriya kitobidagi hisobvaraqlar tizimini aks ettirib, ular moliyaviy operatsiyalarni guruhlashtirish, ikki yoqlama

    2
    yozuvni amalga oshirish, hisobotlarni tuzish va tahlil qilish uchun ishlatiladi. Barcha hisobvaraqlar shunday tartibda ishlab chiqilganki, bunda:


    – birinchidan, barcha hisobvaraqlarning asosiy va yordamchi ki-toblarda joylashuvini osonlashtirish;
    – ikkinchidan, hisobvaraqlarni guruhlash va klassifikatsiya qilish; – uchinchidan, hisob ishlarini kompyuterlashtirish;
    – to‘rtinchidan, operatsiyalar bo‘yicha yozuvlarni bajarishni tez-lashtirishni ta’minlash mumkinligi hisobga olingan.
    Rejadagi hisobvaraqlar Bosh daftar uchun beshta raqamdan iborat qilib kodlashtirilgan. Hisobvaraqlarning nomerlanishi quyidagicha:

    K AH SC

    K – hisobvaraq kategoriyasini bildiradi, ya’ni: 1 – Aktivlar;
    2 – Majburiyatlar; 3 – Kapital;
    4 – Daromadlar; 5 – Xarajatlar;
    9 – Ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha hisobvaraqlar.
    AH – yuqorida sanab o‘tilgan kategoriyalardan biriga qarashli asosiy hisobvaraq
    01 – asosiy hisobvarag‘i naqd pullar va boshqa kassa hujjatlarini bildiradi, ya’ni bank aktivlaridan biri bo‘lgan naqd pullar.
    SC – asosiy hisobvaraqqa qarashli bo‘lgan subschyot. Masalan, 10000 – aktivlarni bildiradi.
    10100 – aktivlar bo‘limiga qarashli naqd pullar va boshqa kassa hujjatlarini bildiruvchi asosiy hisobvaraq.
    10101 – aylanma kassadagi naqd pullarni bildiruvchi hisobvaraq. Demak, 1 – aktivlar;
    01 – naqd pullar;
    01 – aylanma kassadagi naqd pullar.
    Lekin ko‘rsatilgan raqamlarning har biri alohida (01, 1) emas, bal-ki birga yoziladi va o‘qiladi, ya’ni 10101, 10102, 10105 va hokazo.
    Barcha kategoriyaga qarashli asosiy va subschyotlar xuddi yuqori-dagi tartibda nomerlanadi.
    Barcha aktivlar 40 ta atrofida asosiy hisobvaraqqa bo‘linadi, har bir asosiy hisobvaraq ham bir necha subschyotdan iborat. Masalan:

    22

    10100 – asosiy hisobvaraq “Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari” deb nomlanadi va quyidagi subschyotlarni o‘z ichiga oladi:


    10101 – aylanma kassadagi naqd pullar; 10102 – zaxiradagi naqd pullar;
    10105 – cheklar va boshqa kassa hujjatlari; 10107 – bankomatlardagi naqd pullar; 10109 – yo‘ldagi pullar;
    10111 – bank binosidan tashqaridagi kassalardagi naqd pullar. Huddi shunday misolni ‘Majburiyatlar’ kategoriyasi bo‘yicha
    ko‘rib chiqamiz. Bank majburiyatlari “Talab qilib olinguncha saqlanadigan” (muddatsiz) depozitlardan boshlanadi: ya’ni,
    20200 – talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, bunda:
    2 – majburiyatlar kategoriyasini, 02 esa shu majburiyatlarga te-gishli asosiy hisobvaraqni bildiradi. Ushbu asosiy hisobvaraq bir qancha yordamchi hisobvaraqlarni (subschyotlarni) o‘z ichiga oladi:
    20202 – Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha ta-lab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari;
    20203 – Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjet-dan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatsiz depozitlari;
    20204 – Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari;
    20205 – Budjetdan tashqari fondlarning talab qilinguncha saqlana-digan depozitlari;
    20206 – Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari;
    20207 – Respublika yo‘l jamg‘armasining talab qilinguncha saqla-nadigan depozitlari;
    20208 – Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari;
    20210 – Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari;
    20212 – Nodavlat notijorat tashkilotlarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari;
    20214 – Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning talab qilib olinadigan depozitlari;
    20216 – Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari;

    23

    20218 – Yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinadigan depozitlari;


    20296 – boshqa talab qilib olinadigan depozitlar.
    Demak, 20200 – talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar asosiy hisobvarag‘i bir nechta yordamchi hisobvaraqni o‘z ichiga olar ekan. Yuqorida sanab o‘tgan depozit hisobvaraqlarining hammasi kor-xona va tashkilotlarining hisob-kitob schyotlariga tenglashtirilgan bo‘-lib, ular orqali mijozlarining hisob-kitob, kassa, kreditni qaytarish va boshqa operatsiyalari o‘tkaziladi.
    Korxona va tashkilotlar o‘zlarining ortiqcha pul mablag‘larini jam-g‘armali (20400) yoki muddatli (20600) depozitlarda saqlashlari mum-kin. Bu asosiy hisobvaraqlar ham talab qilib olinadigan depozitlar hisob-varaqlari kabi nomerlanib, o‘z ichiga yuqorida ko‘rsatilgani kabi bir nechta qo‘shimcha hisobvaraqlarni oladi. Hisobvaraqlar rejasining qolgan bo‘limlaridagi hisobvaraqlari ham huddi shunday tartibda nomerlanadi.


    Download 1,35 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149




    Download 1,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hisobvaraqlar rejasining tuzilishi va nomerlanishi

    Download 1,35 Mb.