• Bank bosh buxgalteri quyidagi hollarda javobgardir
  • Bank bosh buxgalterining huquqlari




    Download 1,35 Mb.
    bet8/149
    Sana25.09.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #272367
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   149
    Bog'liq
    Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

    Bank bosh buxgalterining huquqlari. Bankning barcha hisob-operatsion apparat xodimlari bosh buxgalterga bo‘ysunadilar. Bosh bux-galter hisob-operatsion apparat xodimlari uchun majburiyatlar belgilab, o‘z vazifalarini bajarish uchun shart-sharoit yaratadi. Operatsiyalarni ba-jarish yoki rasmiylashtirish bo‘yicha buxgalterning ko‘rsatmalarini baja-rish barcha bank xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
    Bosh buxgalterning ko‘rsatmalarini bajarmaganligi yoki noto‘g‘ri bajarganligi uchun mukofotdan butunlay, qisman mahrum bo‘lishi, alohida hollarda jinoiy javobgarlikka tortilish mumkin. Bundan tashqari, bosh buxgalter bank rahbaridan buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha choralar ko‘rishni talab qilish, kassalarda pul qabul qilish, saqlash, ishlatish bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarni to‘g‘ri bajarish ustidan nazorat qilish, mukofotlar miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish bo‘yicha takliflar kiritish huquqiga ega.
    Moddiy javobgar shaxslarni, kassir, ombor mudirini lavozimga tayinlash, ishdan bo‘shatish va boshqa ishga o‘tkazish masalasi ham bosh buxgalter bilan kelishib hal qilinadi. Xodimlarga mansab maosh-lari, ish haqiga ustamalar belgilash hamda ularni mukofotlash to‘g‘risi-dagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh buxgalter ko‘rib chiqadi va ularga imzo chekadi.
    Bank bosh buxgalteri quyidagi hollarda javobgardir:
    – buxgalteriya hisobining noto‘g‘ri olib borilish natijasida hisobot-larda noto‘g‘ri ma’lumotlar berilishida;
    – depozit va boshqa hisobvaraqlar, debitorlar va kreditorlar bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar berilsa, hisob ishlari o‘z vaqtida olib borilmasa;

    17

    – buxgalteriya xodimlarining aybi bilan noto‘g‘ri hisobot berilsa;


    – Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari bo‘yicha xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa;
    – bank rahbari bilan teng ravishda bankning moliyaviy, xo‘jalik faoliyatini tashkil qilishda qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yilsa, javobgar hisoblanadi.
    Umuman, bosh buxgalterlarning intizomiy, moddiy va jinoiy ja-vobgarligi amaldagi qonunlarga muvofiq belgilanadi.


    Download 1,35 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   149




    Download 1,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bank bosh buxgalterining huquqlari

    Download 1,35 Mb.