|
Banklarda buxgalteriya hisobining vazifalari
|
bet | 4/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlarBanklarda buxgalteriya hisobining vazifalari
Bank buxgalteriya hisobining vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
– hisob-kitoblardagi mablag‘lar aylanishini tezlashtirish, mijozlar-ga tez va puxta xizmat ko‘rsatish;
– hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiya-larini to‘g‘ri bajarish;
– bajarilgan operatsiyalar buxgalteriya hisobi va hisobotida o‘z vaqtida hamda aniq aks ettirilishini ta’minlash;
– bankdan chiqadigan hujjatlarni tegishlicha rasmiylashtirish va buning natijasida bu hujjat borgan joyda ulardan foydalanishni yengil-lashtirish, shuningdek, boshqa banklarda ana shu hujjatlar bilan ope-ratsiyalar bajarilayotganda hamda ular tomonidan xizmat ko‘rsatilayot-gan mijozlar hisobvaraqlarining hisobi yuritilayotganda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish;
– bankda turgan pul mablag‘lari, moddiy boyliklar, shuningdek, qat’iy hisobi yuritiladigan blankalar kam chiqish yoki ortiqcha sarflab yuborilishining oldini olish;
8
– operatsiyalar bajarilayotganda bank mansabdor shaxslari qonun-ga zid xatti-harakatlar qilgan, boyliklar va hujjatlar yo‘qotib qo‘yilgan hollarda ular javobgarligini hujjatlar bilan asoslash;
– operatsiyalar bajarilishi, rasmiylashtirilishining qonuniyligi va to‘g‘riligini keyinchalik tekshirish va ma’lumotlar olish imkoniyatini yaratish;
– bankda ish kuni tartibiga qat’iy rioya qilish;
– zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan keng foydalanish asosida bank operatsiyalarini bajarish uchun mehnat va mablag‘ sarfini kamaytirish, ular hisobini yuritish, hisobotlar tuzish va hokazo.
Umuman, yo‘riqnomada bayon etilgan buxgalteriya ishi va buxgal-teriya hisobi yuritishni tashkil etishning tartibi yangi kompyuter texnikasi qo‘llaniladigan sharoit asosida belgilangan. Yo‘riqnomada va uning ilovalarida berilgan operatsiyalarni bajarish, rasmiylashtirish, hisobga olish va nazorat qilish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasidagi barcha banklar uchun majburiydir.
Yuqorida banklarda buxgalteriya hisobining ahamiyati, buxgalteriya hisobi oldida turgan vazifalari, buxgalteriya hisobini olib borishning metodologik asoslarini ko‘rib chiqdik. Endi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot ma’lumotlarining ahamiyati haqida qisqacha fikr yuritamiz.
|
| |