Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari




Download 114,26 Kb.
bet13/23
Sana26.09.2024
Hajmi114,26 Kb.
#272598
TuriReferat
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
5b14d7aaad2f0

Ko’rsatkichlar

1995

1996

1997

1998

1999

2000

2001

2002

2003

2004

Xususiylashtirilgan korxonalar soni,
birlik

8537

1915

1231

451

448

374

1449

1912

1519

1228

Xususiylashtirish natijasida tashkil etilgan nodavlat mulkidagi
korxonalar soni

8537

1915

899

266

373

372

1238

1800

1452

1228

Akstiyadorlik
jamiyatlari

1026

1257

456

110

141

152

227

223

75

28

Xususiy
korxonalar

6036

420

260

103

156

103

827

1252

981

1038

Boshqa shakldagi
korxonalar

1475

238

183

53

76

117

184

325

396

162

Xususiylashtirishdan tushgan mablag`,
mlrd. so’m

2,4

5,3

4,4

8,9

9,1

14,3

23,2

43,6

56,1

78,4




  1. jadval. O’zbekistonda davlat korxonalarini xususiylashtirishning asosiy ko’rsatkichlari.

Respublikada xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uy-joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko’proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil


dasturlari byudjet mablag`lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi xo’jaligi uchun chek erlar olishi kabilarda ifodalanadi.
O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. Pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog`liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo’ladi, bozor infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro’yobga chiqarish uchun mablag`lar jamlanadi.
Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularning mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag`lar shu korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.
Navbatdagi muhim xususiyat – respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog`ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga akstiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog`lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o’ziga xos boshqa jihatlari Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar:

  1. davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning ichki mantiqiga bo’ysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi;

  2. mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;

v) xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga rioya etiladi.
Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa, davlat sektori bozor sharoitida ham sezilarli rol o’ynashi inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.



Download 114,26 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Download 114,26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari

Download 114,26 Kb.