• Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni
  • Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan mulk ob’ektlaridan iborat.
  • Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari




    Download 114,26 Kb.
    bet9/23
    Sana26.09.2024
    Hajmi114,26 Kb.
    #272598
    TuriReferat
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
    Bog'liq
    5b14d7aaad2f0

    Mulkchilik huquqlari esa mulk sub’ektining mulk ob’ektiga nisbatan munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib chiquvchi huquqlar majmuidir:

    Mulk sub’ektlari ko’p darajali bo’lib, shu sub’ektlardan birontasi o’zini mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va yuzaki tus oladi.



              1. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni

    Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o’z ichiga davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog`liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi.


    Shu sababli «O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g`risida»gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk (3-chizma).









    1. chizma. Mulkchilik shakllarining tasniflanishi.

    Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog`liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining etuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.
    Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan mulk ob’ektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi:

      1. xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo’liga olish;

      2. davlat mablag`lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investistiyalarni amalga oshirish.

    Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yo’llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish mumkin.
    O’zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va ma’muriy-xududiy (munistipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi. Er, er osti boyliklari, suv, havo bo’shlig`i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol- mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag`lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
    Ma’muriy-hududiy (munistipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag`lari, munistipal uy-joy fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sog`liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo’ladi.

    Download 114,26 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




    Download 114,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari

    Download 114,26 Kb.