|
bob. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari
|
bet | 11/23 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 114,26 Kb. | | #272598 | Turi | Referat |
Bog'liq 5b14d7aaad2f0 bob. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari
Mulkchilik islohotlarining O`zbekistondagi xususiyatlari.
Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’p ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni
«...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat qiladi»2 deb alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to’liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub’ekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a’zolari o’rtasida bu mulkga «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog`i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g`risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi:
Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, akstiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
2 Каримов И.А. Ватан саждагоh каби муqаддасдир. Т.3., - Т.: Ўзбекистон, 1996, 202-б.
Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat akstiyali jamiyatlarining akstiyalarini davlatdan sotib olishidir.3
Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko’zda tutadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini aukstionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo’lib berish hamda sotishni uyg`unlashtirish orqali xususiylashtirish (4-chizma).
Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o’ziga xos jihati – bu uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir (5-chizma).
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutstion tarzda e’tirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi4.
3 Ўзбекистон Республикасининг Qонуни. Давлат тасарруфидан чиqариш ва хусусийлаштириш тўg`рисида/Ўзбекистон Республикаси: qонунлар ва фармонлар. – Т.: Ўзбекистон, 1992, 65-б.
4 Иqтисодий ислоhотларни чуqурлаштириш чора-тадбирлари (1994 й. 21 январь) ва мулкни давлат тасарруфидан чиqариш ва хусусийлаштириш жараёнини янада ривожлантиришнинг устувор йўналишлари тўg`рисидаги (1994 йил 16 март) фармонлар.
O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati - uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o’z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi. Engil, mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o’rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko’proq ijra korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi akstionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Akstiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi.
Давлат мулкини хусусийлаштиришнинг усуллари
Мулкни бепул бўлиб бериш орqали хусусийлаштириш
Меhнат жамоаларига бепул топшириш
Барча жамият аъзоларига бепул бўлиб бериш
Аhолининг айрим ижтимоий єатламларига бепул бериш
Мулкни сотиш орqали хусусийлаштириш
Меhнат жамоаларига сотиш Барча жамият аъзоларига сотиш
Ким ошди савдосида фуqароларга ёки юридик шахсларга сотиш
Hар бир жамият аъзосининг давлат мулкини hосил qилишдаги иштироки, яъни qўшган hиссасига qараб бўлиб бериш
Фойда келтирмаётган корхонани меhнат жамоасига бўлиб бериш
Корхоналарни кейинчалик меhнат жамоалари томонидан сотиб олиниши шарти билан ижарага
бериш
Чет эл фирмалари ва фуqароларига ташqи qарзни узиш эвазига бериш ёки сотиш
Мулкни бепул бўлиб бериш hамда сотиш усулларини уйg`унлаштириш орqали хусусийлаштириш
|
| |