|
“iqtisodiyot nazariyasi” fanidan test savollari
|
bet | 1/10 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 25,28 Kb. | | #246214 |
Bog'liq “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan test savollari-fayllar.org
“iqtisodiyot nazariyasi” fanidan test savollari
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN TEST SAVOLLARI
1.Iqtisodiyotning bosh masalasi va doimiy muammosi:
a) nima, qanday, qancha va kim uchun ishlab chiqarish;
b) ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun qancha ishchi kuchi sarflash kerak;
v) davlatning milliy daromadini qanday oshirish mumkin;
g) to’g’ri javob yo’q.
2. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat?
a) ijtimoiy munosabatlarni o’rganish;
b) iqtisodiy munosabatlarni va ijtimoiy xo’jaliklarni samarali yuritishning iqtisodiy qonun-qoidalarini o’rganish;
v) huquqiy munosabatlarni o’rganish; g) tabiiy jarayon va hodisalarni o’rganish.
3. Ehtiyoj - bu........
a) talab; b) hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyat;
v) iste’mol jarayonida qo’llanilishi mumkin bo’lgan vosita; g) to’g’ri javob yo’q.
4. Ishlab chiqarishning asosiy omillari:
a) xom-ashyo va ishlab chiqarish texnologiyasi; b) mehnat va ishlab chiqarish resurslari;
v) ishchi kuchi, kapital, yer va tadbirkorlik qobiliyati; g) To’g’ri javob yo’q.
5. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi qanday aniqlanadi?
a) ishlab chiqarish natijalari kapital sarflari bilan taqqoslanadi;
b)ishlab chiqarish natijalari umumiy sarf-xarajatlar bilan taqqoslanadi;
v) ishlab chiqarish natijalari aylanma mablag’lar bilan taqqoslanadi;
g) barcha javoblar to’g’ri.
6. Davlat mulkini xususiylashtirishning dastlabki bosqichida qanday vazifa amalga oshiriladi?
a) ommaviy xususiylashtirish amalga oshiriladi; b) kichik xususiylashtirish amalga oshiriladi;
v) ko’p ukladli iqtisodiyot real shakllanadi; g) xususiy mulk hukmron shaklga aylanadi.
7. Tovar qiymati qanday mehnat sarflarini ifodalaydi?
a) zaruriy; b) qo’shimcha; v) ijtimoiy-zaruriy; g) umumiy.
8. Pulning qaysi vazifasi narxning shakllanishi bilan bog’liq?
a) muomala vositasi; b) qiymat o’lchovi; v) jamg’arma vositasi; g) jahon puli.
|
| |