|
“iqtisodiyot nazariyasi” fanidan test savollari
|
bet | 6/10 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 25,28 Kb. | | #246214 |
Bog'liq “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan test savollari-fayllar.org39. Inflyatsiya - bu ........
a) Milliy pul birligi qiymatining rasmiy tartibda pasaytirilishi;
b) eksportni importga nisbatan nihoyatda ortib ketishi;
v) muomaladagi pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovarlar bilan ta’minlanmagan pullarning ko’payib ketishi; g) barcha javoblar to’g’ri.
40. Deflyatsiya - bu........
a) milliy pul birligi qiymatining rasmiy tartibda pasaytirilishini bildiradi;
b) eksportning importga nisbatan nihoyatda ortib ketishini bildiradi;
v) narx-navoning pasayishini, pul qadrining ortishini bildiradi;
g) ijtimoiy mahsulotning pasayishi va ishsizlikning ko’payishini bildiradi.
41. Kreditning mazmuni qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) O’z mulki bo’lgan pul resurslarini xoxlagan vaqtda, hech bir xarajatsiz ishlatish;
b) o’zgalar pul mablag’ini ma’lum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va muddati kelganda qaytarish; v) davlat yoki mahalliy byudjetdan qaytarib bermaslik sharti bilan ajratilgan mablag’.
g) to’g’ri javob yo’q.
42. Pul emissiyasi nima ma’noni anglatadi?
a) pullarni almashtirish; b) iqtisodiyotga qo’shimcha pul massasini chiqarish;
v) iqtisodiyotdan qo’shimcha pul massasini yig’ib olish; g) to’g’ri javob a va g.
43.O’zbekistonda kuchli ijtimoiy siyosatning tub mohiyati nimalarda ko’rinadi?
a) ijtimoiy tabaqalar o’rtasida mumkin qadar tenglik tamoyilining joriy qilinishida;
b) millatlararo hamjihatlikni va xalqaro totuvlikni vujudga keltirishda;
v) kam ta’minlangan ijtimoiy tabaqalarning manfaatlarini himoya qilish orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda; g) ish haqi darajasini oshirishda.
44.OPEK tashkilotiga a’zo davlatlar qanday faoliyatlar bilan shug’ullanadi?
a) metallurgiya sohasida; b) mashinasozlik sohasida;
v) neftni ishlab chiqarish va sotish bilan; g) yengil sanoat sohasida.
45.Import - ...
a) iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yish bo’yicha tuzilgan shartnoma;
b) xorijiy mamlakatlarga sotilgan mahsulot, ish va xizmatlarning umumiy miqdori;
v) mahalliy rezidentlar tomonidan xorijdan xarid qilingan tovar va xizmatlar umumiy miqdori;
g) to’g’ri javob yo’q.
|
| |