Iqtidorli yoshlarni saralab olish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha




Download 41.03 Kb.
bet5/7
Sana09.03.2023
Hajmi41.03 Kb.
#44687
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PQ-4910 03.12.2020 (1)
MANAVIYAT SOATI 2022-2023, STGeNIUHOYV6lu41y5nlGnUTrr1eOceUpMxiK005, 19-Mavzu, Mutaxasislik fanidan o\'qitish materiallari, BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL, reagent formulasi, Шовот 2023 2024 дарслик кабул буйруки, 2-синф она тили дарслик 2 - кисм, wzPf- OV8BvdPtmaW6WBYVBlAV4S7Gp8, Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi, Mavzu aro‘ va rao‘ mikrosxemalari reja Kirish Diskretlashtiris, 2 вариант, monitoring javoblari
Iqtidorli yoshlarni saralab olish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar dasturi
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

1.

Akademik litseyga o‘qishga qabul qilish, ko‘chirish va o‘qishdan chetlatish tartibini takomillashtirish.

1. Akademik litseylarga umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini tanlab olish, o‘qishga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni, shu jumladan, quyidagilar asosida takomillashtirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish:
a) quyidagilarga ruxsat etilmasligini belgilash:
akademik litseydan o‘qishdan chetlatilgan o‘quvchilar o‘qishini tiklashga;
umu�ta’lim muassasalaridan akademik litseylarga o‘qishni ko‘chirishga;
akademik litseylararo o‘qishni ko‘chirishga, qonun hujjatlarida oliy ta’lim muassasalari talabalariga o‘qishni ko‘chirish uchun belgilangan uzrli sabablar hamda umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari orasidan respublika, shuningdek 8-9-sinflar bitiruvchilari orasidan xalqaro nufuzli fan olimpiadalari g‘oliblarining boshqa akademik litseylar mos yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishi bundan mustasno;
b) semestr yakuni bo‘yicha ikki yoki undan ortiq fanni “qoniqarsiz” bahoga o‘zlashtirgan va tartib-qoidalarni qo‘pol ravishda buzgan o‘quvchilarni o‘qishdan chetlatish;
akademik litseylardan chetlatilgan o‘quvchilar o‘qishini yashash joyi bo‘yicha umumta’lim muassasasiga ko‘chirish.

2021-yil 1-aprel

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), tizimida oliy ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 15-aprel

2.

Barcha fanlardan eng yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan 10 nafar o‘quvchiga akademik litsey pedagogik kengashi qaroriga ko‘ra “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasini to‘lash.

1. Davlat budjetidan akademik litseylarga ajratilgan mablag‘lar hisobidan har semestrda bir marotaba uning yakuni bo‘yicha barcha fanlardan eng yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan 10 nafar o‘quvchiga akademik litsey pedagogik kengashi qaroriga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasi to‘lash tartibini belgilash.

2021-yil 1-may

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Mazkur tartib asosida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga stipendiyalar to‘lab borish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab doimiy

3.

Akademik litseylar uchun ikki yillik tizimga moslashtirilgan hamda o‘quvchilarda muayyan kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan ta’lim va fan dasturlari asosida o‘quv adabiyotlari — darsliklar, o‘quv va o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish tizimini takomillashtirish.

1. Akademik litseylar uchun ikki yillik tizimga moslashtirilgan hamda o‘quvchilarda muayyan kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv va fan dasturlari asosida o‘quv adabiyotlari — darsliklar (shu jumladan, multimedia ilovalari bilan), o‘quv va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish tizimini xalqaro tajribalar (xususan, YUNESKO tavsiyalari) asosida isloh qilish, bu borada quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish:
dars va fakultativ mashg‘ulotlar olib borishda ilg‘or xorijiy mamlakatlar o‘quv adabiyotlaridan foydalanishga ruxsat berish;
muqobil o‘quv adabiyotlarini yaratish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish;
vazirlik tomonidan muqobil o‘quv adabiyotlariga qo‘yiladigan aniq talab va mezonlarni belgilash hamda keng jamoatchilik e’tiboriga havola etish;
muqobil o‘quv adabiyotlarining ekspertizasi jarayonini raqamlashtirgan holda uni xolislik, oshkoralik asosida qisqa muddatlarda tashkil etish;
o‘rnatilgan talab va mezonlar hamda tegishli aprobatsiya natijalari asosida ekspertizadan o‘tgan muqobil o‘quv adabiyotlariga grif berish;
bo‘ysunuv bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi kengashi qarori asosida muqobil o‘quv adabiyotlaridan o‘quv jarayonida foydalanish huquqini berish;
akademik litseylar kutubxonalarini zarur miqdordagi zamonaviy o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan muntazam ta’minlab borish manbalarini belgilash.

2021-yil 15-may

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Chora-tadbirlar dasturi loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-iyun

4.

Akademik litsey pedagog xodimlarini ishga qabul qilish tartibini takomillashtirish.

Akademik litsey pedagog xodimlariga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish, onlayn tarzda vakant o‘rinlarga o‘tkazilayotgan tanlovlarga oid ma’lumotlarni e’lon qilish hamda arizalarni qabul qilish, shuningdek, tanlov asosida ishga qabul qilishning shaffof va markazlashtirilgan elektron mexanizmi yaratilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2021-yil 1-aprel

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

5.

Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish.

1. Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-sentabr

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev) tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 15-sentabr

6.

Akademik litseylarda guruh jurnali, reyting daftarchasi, o‘quv mashg‘ulotlari, imtihon jadvallari, o‘quvchilar o‘zlashtirishi, davomati, diplom va akademik ma’lumotnomalarni raqamlashtirishni nazarda tutuvchi axborot tizimini joriy etish.

Barcha akademik litseylarda guruh jurnali, reyting daftarchasi, o‘quv mashg‘ulotlari, imtihon jadvallari, o‘quvchilar o‘zlashtirishi, davomati, diplom va akademik ma’lumotnomalarni raqamlashtirishni nazarda tutuvchi axborot tizimini ishlab chiqish va unda, shu jumladan quyidagilarni ko‘zda tutish:
o‘quvchilar hamda jamoatchilik nazoratini ta’minlash uchun ularning ota-onalari (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar) uchun mazkur axborot tizimidan foydalanish imkoniyatini yaratish;
axborot tizimida har bir akademik litsey o‘quvchilari va pedagoglari orasida yiliga kamida ikki marotaba anonim ijtimoiy so‘rov o‘tkazish imkoniyatining yaratilishi;
so‘rovda o‘quvchi-yoshlarning akademik faoliyati, ta’lim muassasasida yaratilgan sharoit, ta’lim sifatiga oid muammolar kabi masalalarning qamrab olinishi;
so‘rovnoma Ta’lim inspeksiyasi bilan birgalikda ishlab chiqilishi;
so‘rovnoma natijalaridan akademik litsey va bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassasasi rahbariyatlari, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Ta’lim inspeksiyasi foydalanishlari mumkinligi.

2021-yil 1-avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sodiqov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Axborot tizimini joriy etish.

2021/2022 o‘quv yili

7.

Akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish parametrlarini belgilash.

1. Akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish parametrlarini shakllantirish.

Har yili 1-may

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kamb�g‘allikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov), tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Akademik litseylarga qabul parametrlarini O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlash.

Har yili 1-iyun

8.

Akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilish uchun imtihonlarni tashkil etish.

1. Akademik litseylarga kirish test sinovlarini o‘tkazishning aniq sana va joylari haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar veb-saytlarida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish.

Test sinovlarini o‘tkazishdan kamida 15 kun avval

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev),
tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Test sinovlarini o‘tkazish.

Har yili iyun-iyul oylari

9.

Akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish uchun o‘tkaziladigan test sinovlari majmuasini tasdiqlash.

1. Navbatdagi o‘quv yilida yo‘nalishlar bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar majmuasini tasdiqlash hamda ularni navbatdagi o‘quv yili uchun e’lon qilib borish.
2. Mantiqiy fikrlash darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test uchun tayyorlanishi lozim bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxatini tasdiqlash va e’lon qilish.

2021-yil 15-yanvar
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab har yili 1-noyabr

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Davlat test markazi (M. Karimov)

10.

Akademik litseylar o‘qituvchilarining malakasini oshirish.

Akademik litseylarning iqtidorli o‘qituvchilarini Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiyasi asosida xorijiy mamlakatlarda magistratura va doktoranturada o‘qitishni, buyurtmachi tashkilotning to‘g‘ridan to‘g‘ri buyurtmalari asosida malaka oshirish va stajirovka o‘tashini tashkil etish.

Doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va tizimida oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablag‘lar, ularning budjetdan tashqari mablag‘lari, Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar, “El-yurt umidi” jamg‘armasi

11.

Akademik litseylarga iqtidorli o‘quvchilarni jalb qilish.

Akademik litseylarga iqtidorli o‘quvchilarni jalb qilish maqsadida umumta’lim muassasalari 8-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida shaffo? tarzda olimpiada va turli tanlovlar o‘tkazish, shuningdek umumta’lim muassasalarining 5-6-sinf o‘quvchilarining bilimi, qiziqishi va shaxsiy sifatlarini o‘rganish asosida yagona ma’lumotlar bazasini yaratish hamda umumta’lim maktablarida akademik litseylar faoliyati, qabul shartlari va imtiyozlar to‘g‘risida o‘quvchilarni xabardor qilish bo‘yicha keng targ‘ibot ishlarini olib borish.

Doimiy

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), tizimida akademik litseylar bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari

12.

Akademik litseylar bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishi darajasi bo‘yicha tahlillar olib borish.

Akademik litseylarga umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini tanlab olish, o‘qishga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish va o‘qishdan chetlatish tartibiga muvofiq belgilangan talablarning tegishli o‘quv yilidagi ijrosi doirasida akademik litseylar bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishi darajasi, ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog xodimlariga nisbatan ko‘rilgan choralar bo‘yicha tahlillar o‘tkazib, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Adm�nistratsiyasiga axborot kiritish.

2021-yil 1-may
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab har yili 1-oktabr

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Davlat test markazi (M. Karimov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son qaroriga
4-ILOVA

Download 41.03 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 41.03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtidorli yoshlarni saralab olish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha

Download 41.03 Kb.