|
Ijtimoiy texnologiyalar-ijtimoiy menejmentning innovatsion resursi
|
bet | 6/7 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 346,95 Kb. | | #145620 |
Bog'liq Ijtimoiy menejment fanining predmeti va shakllanishiIjtimoiy kenglikni muvozanatdan chiqaruvchi asosiy sabablar
Ijtimoiy texnologiyalar-ijtimoiy menejmentning innovatsion resursi Ijtimoiy kenglikning texnologiyalashuvi asosida mexanizmlari hayot talablaridan orqada qolgan ijtimoiy boshqaruvning nazariya va uslubi yotadi. Bugungi kunda, hozircha yo’q bo’lgan boshqaruvning zamonaviy nazariyasi zarur. Bu sohadagi ilmiy munozaralar, ijtimoiy resurslardan, ayniqsa, ularni loyihalash va texnologiyalash bosqichida boshqaruv darajasining pastligi bundan dalolat beradi. Ijtimoiy modellar, dasturlar va texnologiyalarni ishlab chiqish gumanitar fanlarning vazifasi, lekin ijtimoiy kenglikni axborotlashtirish va texnologiyalashda ularning roli kamaytirilgan. Ilmiy bilimning bu shakli o’z tahliliy, informatsion, texnologik, eksport funktsiyalarini bajarayapti. “Jamiyat oldida turgan muhim masalalardan biri ilmiy g’oyalar yo’lidagi hamma byurokratik to’siqlarni olib tashlash, ularning erkin aylanishini ta’minlash, mas’uliyatli yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmiga ilmni kiritishdir”. “Jamiyat oldida turgan muhim masalalardan biri ilmiy g’oyalar yo’lidagi hamma byurokratik to’siqlarni olib tashlash, ularning erkin aylanishini ta’minlash, mas’uliyatli yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmiga ilmni kiritishdir”. Inqiroz holatlarida, jamiyatning zamonaviylashuvi va uning o’tish holatlarida bu inqirozdan chiqish strategik sayin-harakatlar roli ortib boradi. Bu funktsiyani strategik va taktik masalalar maqbul munosabatini, ularning bosqichliligini aniqlashga qodir ijtimoiy dasturlar, loyihalar bajaradi. Ijtimoiy loyiha o’zida dasturnig shunday xilma-xilligini ko’rsatadiki, unda nafaqat dolzarb yo’nalishlar, umumiy masalalar, balki maqsadga erishish muddatlari, ob’yektning rivojlanishini chuqur o’rganish asosida bajaruvchilar harakatlari va ijtimoiy normativlardan foydalanish aks ettirilishi kerak. Bir so’z bilan aytganda, loyiha ijtimoiy masalalarni chuqur ishlab chiqish bilan xarakterlanadi va nafaqat ijtimoiy tashhis, balki tashkiliy - boshqaruv (texnologik) ta’minotni ham o’z ichiga oladi.
|
| |