|
Ijtimoiy menejment fanining predmeti va shakllanishi
|
bet | 1/7 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 346,95 Kb. | | #145620 |
Bog'liq Ijtimoiy menejment fanining predmeti va shakllanishi Reja:
Ilg’or o’zgarishlar davri
Shaxs va jamiyat o’rtasidagi qarama-qarshiliklar
Ijtimoiy texnologiyalar-ijtimoiy menejmentning innovatsion resursi
Ilg’or o’zgarishlar davri Biz yashayotgan davr bu dinamik o`zgarishlar davri. Barcha jarayonlar juda tez va qarama-qarshi rivojlanmokda. Bunday vaziyatni amerikaliklar «chaqiriq» so`zi bilan ataydilar, u o`zida ma`lum imkoniyatlar va tahdidlarni mujassamlashtiradi. Juda xavfli tendentsiyalar ichida quyidagilar asosiy bo`lib hisoblanadi: a) sayyoramiz tabiiy muxitida sodir bo`layotgan o`zgarishlar (biologik xilma-xilliklarning tez yo`qolib ketishi, «bug’xona samarasi»ning oshishi va uning natijasidagi iqlimning o`zgarishlari, ozon qatlamning emirilishi, o`rmon maydonlarining qisqarishi, er, suv va atmosferaning inson faoliyati chiqindilaridan zaharlanishi). b) har xil mamlakatlar o’rtasida va alohida mamlakatlar ichida ijtimoiy farqlanishning tez o`sishi. Bu resurslar uchun kurash bilan uyg’unlashib joriy mahalliy mojarolar va global xavfni keltirib chiqarmoqda. b) har xil mamlakatlar o’rtasida va alohida mamlakatlar ichida ijtimoiy farqlanishning tez o`sishi. Bu resurslar uchun kurash bilan uyg’unlashib joriy mahalliy mojarolar va global xavfni keltirib chiqarmoqda. v) sayyoraning resurs imkoniyatlari qisqarib borayotgan paytda yer aholisining tez ko`payishi. g) qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanish rejimining buzilishi, kelajak avlod manfaatlarini zamondoshlar tomonidan hisobga olmaslik. Shuning uchun, shunday xavf paydo bo`lmoqdaki, uning markazida insonning zavol topishi, uning jamiyat bilan aloqasida madaniyat va ma`naviyatining emirilishi yotadi. Shaxs va jamiyat o`rtasidagi qarama-qarshilik dunyoning muvozanatdan chiqishining asosiy sababi hisoblanadi. U bugungi kundagi ijtimoiy portlashlar va halokatlar o`sishiga imkoniyat yaratib bermoqda. Bu dunyo oldida turgan dolzarb muammolardan biri bo`lib uning echimiga ijtimoiy rivojlanish sur`atlari va ma`naviy tamoyillar ko`p jihatdan bog’liq. Tabiat ustidan hukmronlik qilishga intilish insoniyatni ijtimoiy va tabiat olamini shunday shakllantirdiki, bugungi kunda ko`pchilik odamlar o`zlarining yashab o`tgan umrlaridan qoniqish hosil qilmaydilar, hayotda o`zlariga o`rin topa olmaydilar. Ko`pgina nohaqliklarni ko`radilar, lekin hech narsani o`zlariga olmaydilar; ular o`zlarini ijodiy faoliyatga bahsh etishni xohlaydilar, lekin butun umrlarini hayot uchun pul ishlashga sarf qiladilar. XXI asr yangi madaniyatni va insonning yangi tipini bunday asosda yaratib bo`lmasligidan bugungi ilmiy tadqiqotlar dalolat beradi.
|
| |