|
Pulning qadrsizlanishiga asosiy sabab nima?
|
bet | 105/163 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 10,97 Mb. | | #105408 |
Bog'liq Мажмуа янги тарих 202220.Pulning qadrsizlanishiga asosiy sabab nima?
A) eksportning importdan oshib ketishi
V) importning eksportdan oshib ketishi
S) ishlab chiqarishning o’ta yuqori ko’rsatkichi
D) xarajatdan daromadning oshib ketishi
7-9 ta to’g’ri javob – “qoniqarli”
10-14 ta to’g’ri javob – “yaxshi”
15-20 ta to’g’ri javob – “a’lo”
BAHOLASH MEZONLARI
Guruh
|
FSMU, INSERT, Muammo
|
Izoh
(aniqlik, mantiqiylik)
|
Guruh faolligi
(qo‘shimchalar, savollar)
|
Jami ballar
|
Baholash
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
BLITS O’YIN
|
Guruh xatosi
|
To’g’ri javob
|
Yakka xato
|
Yakka baho
|
Harakatlar mazmuni
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Munozara ishtirokchilarini baholash mezonlari
Baholash mezonlari (ballda)
|
Doklad qiluvchilar
|
1.Doklad mazmuni (1,0):
- dolzarbligi;
- bayon qilinishining tushunarliligi, izchilligi va mantiqiy bog‘liqligi;
- xulosaning aniq shakllantirilishi.
2.Foydalanilayotgar ma’lumotning yangiligi (0,5)
3.Taqdimotda qo‘llanilgan vositalar (0,5)
4. Reglamentga rioya qilish (0,2)
|
|
|
|
|
Jami: 2,2
|
|
|
|
|
|
Taqrizchilar
|
1.Dokladni yangilik bila to‘ldirganligiga (0,7)
2. Dokladning kuchli va bo‘sh tomonlarini aniq ko‘rsatganiga (1,5)
|
|
|
|
|
Jami:2,2
|
|
|
|
|
|
Munozara ishtirokchilari
|
1.Savollar:
- hajmi (0,1 har bir savol uchun);
- mazmuni va mohiyati bo‘yicha (0,3)
2. Qo‘shimcha kiritganiga (1,0)
|
|
|
|
|
Jami: 0,5
|
|
|
|
|
3-ilova
Ekspert varagi1.
Siyosiy partiya nima? U qanday prinsiplar asosida tuziladi va faoliyat yuritadi?
Ekspert varagi 2
Jamoat birlashmalari qanday maqsadlarda tuziladi?
6 -mavzu.Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi.
Reja;
1.O’zbekistonda bozor munosabatlarining shakllantirilishi.
2.O’zbekistonda itimoiy barqarorlikning ta’minlanishi.
3. Iqtisodiy taraqqiyot.
Tayanch so’z va iboralar:
Iqtisodiy islohotlar. Strategik maqsadlar. Taraqqiyotning “O’zbek modeli”. Xususiylashtirish. Kichik va o’rta biznes. Agrar islohotlar. Bozor infratuzilmasi. Mashinasozlik sanoati. Yoqilg’i mustaqilligi. G’alla mustaqilligi. Ma’naviy islohotlar. Ma’naviy merosning tiklanishi. Diniy qatriyatlar. Madaniyat ravnaqi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Milliy istiqlol g’oyasi.
1. O’zbekiston qaramlik davrida o’z tabiiy boyliklariga, yer-suv, o’rmon va boshqa resurslariga o’zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo’lini o’zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar markazga, uning manfaatlariga bo’ysundirilgan edi. O’zbekiston rahbariyati, xalqi o’z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotgani, ular qayerda realizatsiya qilinayotgani va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda qaram edi, o’zining milliy valyutasiga, valyuta jamg’armasiga ega emasdi.
Aholi turmush darajasi jihatidan noChorlik, sobiq Ittifoq miqyosida eng oxirgi o’rinlardan biri meros bo’lib qolgan edi. Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli o’laroq, O’zbekiston aholisining deyarlik uchdan ikki qismi qo’l uchida tirikchilik qilardi. Eski mustabid tuzumdan o’tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo’lib qolgan edi. Mamlakatimiz aholisi yerning nihoyat darajada sho’rlanishi, havo bo’shlig’i va suv zahiralarining ifloslanganligi, radioaktiv ifloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi.
Mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zulum, mutelikdan ozod etdi, o’z yeri, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zahiralariga to’la egalik qilish huquqini berdi. Barcha mulk, korxonalar O’zbekiston tasarrufiga olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish, o’z iqtisodiy taraqqiyot yo’lini o’zi belgilash erkinligi qo’lga kiritildi.
Davlat mustaqilligi qo’lga kiritilgach, O’zbekiston umumbashariy, jahon sivilizatsiyasining katta yo’liga tushib oldi. O’zbekiston bozor munosabatlarini shakllantirishni, milliy an’analarga asoslangan o’z yo’lini tanlab oldi. O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li ishlab chiqildi. Bu yo’lning asosiy qoidalari
Islohotlarning huquqiy asoslari. Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy omillaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir. Shu boisdan islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishga alohida e’tibor berildi.
Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi.Mustaqillikning dastlabki yillarida sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish tobora pasayib bordi, xo’jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. Buning sababi O’zbekiston iqtisodiy jihatdan qaram bo’lib, korxonalari mustaqil xo’jalik yurita olmasdi, boshqa hududlarda joylashgan zavod, fabrikalardan keltiriladigan asbob-uskuna va butlovchi qismlarga butunlay qaram edi. Sobiq Ittifoq parchalangach, aloqalar uzildi. Natijada ko’pgina korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin kamaydi, ayrimlari to’xtab qoldi. Shu boisdan O’zbekistonda iqtisodiy tanglikdan chiqish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish tadbirlari ko’rildi.
Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun O’zbekiston iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qodir korxonalar qurish va buning uchun zarur investitsiyalar ajratish yo’llaridan bordi. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar uchun zarur mablag’lar davlat byudjeti va aholi jamg’armalari hisobiga ajratildi. 1991-2002-yillarda iqtisodiyotga jalb etilgan jami investitsiyalar 28,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.
Mustaqillik yillarida «Zarafshon-Nyumont» korxonasi, Qizilqum fosforit kombinati, Qung’irot soda zavodi, Quvasoy kvarts zavodi, Yangiyo’l va Andijon spirt zavodlari, Toshloq ip yigiruv fabrikasi va boshqa ko’plab korxonalar bunyod etildi.
1994-yilda aholining dori-darmonga bo’lgan ehtiyoji Respublikada ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo’g’i 4,5 foizga qondirilar edi. 2003-yilga kelib, katta miqdorda sarmoya jalb etilganligi hisobidan, bu ko’rsatkich 25 foizgacha o’sdi. 2013-yilning o’zida Respublikamizda 146 ta yangi zamonaviy tibbiyot muassasalari ishga tushirildi.
Keyingi yillarda ham davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan xarajatlar yuqori darajada saqlanib qoldi va 2014-yilda umumiy xarajatlarning 60 foizini tashkil etdi.
O’zbekiston dunyoda o’z xalqining sog’ligi haqida eng ko’p qayg’uradigan davlatdir. 1997-yil yurtimizda “Inson manfaatlari yili”, 1998-yil “Oila yili”, 1999-yil “Ayollar yili”, 2000-yil “Sog’lom avlod yili”, 2001-yil “Onalar va bolalar yili”, 2002-yil “Qariyalarni qadrlash yili”, 2003-yil “Obod mahalla yili”, 2004-yil “Mehr va muruvvat yili”, 2005-yil “Sihat-salomatlik yili”, 2006-yil “Xomiylar va shifokorlar yili”, 2007-yil “Ijtimoiy himoya yili”, 2008-yil “Yoshlar yili”, 2009-yil “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, 2010-yil “Barkamol avlod yili”, 2011-yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”, 2012-yil “Mustahkam oila yili”, 2013-yil “Obod turmush yili”, 2014-yil “Sog’lom bola yili”, 2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinib maxsus davlat dasturlari asosida xalqimizga munosib turmush sharoitlari yaratib berilmoqda.
Bir so’z bilan aytganda mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqaruv tizimi tubdan o’zgartirildi, xo’jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga mos yangi tizimi yaratildi. Bozor infratuzilmasi asoslari barpo qilindi. Mamlakatimiz iqtisodiy tanazzul davridan o’tib oldi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi zarur shart-sharoitlar vujudga keldi. Xususiy mulkchilikning huquqiy asoslari yaratildi. Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida ko’p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Eng muhimi, odamlarimizning tafakkuri, hayotga bo’lgan munosabati tubdan o’zgarmoqda. Turmush darajasi, oilasining farovonligi o’ziga bog’lik ekanligini tushunib yetayotgan odamlar tobora ko’payib bormoqda.
|
| |