Diniy va milliy qadriyatlarning tiklanishi




Download 10,97 Mb.
bet108/163
Sana25.11.2023
Hajmi10,97 Mb.
#105408
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   163
Bog'liq
Мажмуа янги тарих 2022

Diniy va milliy qadriyatlarning tiklanishi. Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlar, diniy e’tiqod qayta tiklandi. Ramozon hayiti, Qurbon hayiti, qadimiy xalq bayrami Navro’z qayta tiklandi, bu kunlar Prezident Farmoni bilan dam olish, bayram kuni bo’lib qoldi. Musulmonlar O’zbekiston xalqi tarixida birinchi-marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo’ldilar. Prezident Farmoni bilan tuzilgan «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg’armasi jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy ravnaqi yo’lida xizmat qilmoqda.
Respublikada 17 diniy konfessiya ro’yxatga olingan va rasman faoliyat ko’rstamoqda. 170 dan ortiq diniy tashkilotlar ishlab turibdi va ularda O’zbekistonda yashovchi 130 millat va elat vakillari o’zlarining diniy ehtiyojlarini qondirmoqdalar. 1,7 mingdan ortiq masjidlar, xristian ibodatxonalari, sinagogalar va boshqa diniy markazlar ta’mirlandi va yangidan qurildi. 10 ta diniy ta’lim muassasasi faoliyat ko’rsatmoqda. 1999-yilda Toshkentda Islom Universiteti ochildi.
O’zbekiston hududida xalqning ulug’vor va shonli tarixiga oid 2000 dan ortiq yodgorliklar ta’mirlandi.
O’zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarni tiklash ishlari jadallik bilan olib borildi. Bunga Toshkent, Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Xiva shaharlarida qayta tiklangan o’nlab binolar, obidalar misol bo’la oladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish jarayonida yuzlab akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun mahobatli binolar bunyod etildi.
Mustaqillik yillarida kino san’ati rivoj topdi. 1996-yilda «O’zbekfilm» tasarrafida 8 ta kinostudiya, 30 ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi. 1996-yilda tashkil etilgan «O’zbekkino» davlat aktsionyerlik kompaniyasi, uning davlat tomonidan moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlanishi kino san’atining rivojida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1991-2002-yillarda 60 ga yaqin badiiy filmlar yaratildi. «Temir xotin», «Dallol», «Sharif va Ma’rif», «Tilla bola», «Buyuk Amir Temur», «Yulduzingni ber, osmon», «Kenja singil» va boshqa filmlarda milliylik va zamonaviylik uyg’unligi yaqqol namoyon bo’ldi. 1997-yil 22-29-may kunlari XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo’lib o’tdi. Unda 32 ta davlat va 8 ta xalqaro tashkilotdan vakillar, kino san’ati ustalari qatnashdi. «Buyuk Amir Temur» filmi ijodkori R.Ibrohimovga festival bosh sovrini-«Neksiya» avtomobili berildi.
Mustaqillik yillarida o’nlab hujjatli filmlar yaratildi. «O’zbekiston bahorlari», «Ulkan odim», «Ular Germaniyada o’qigan edilar», «O’zbekiston qahramonlari», «Umid qaldirg’ochi», «Istiqlol fidoyilari» va boshqalar shular jumlasidandir.
Sport. Mustaqillik yillarida sport O’zbekiston milliy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida rivojlantirildi.
1992-yil 5-fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonuni sportni ommaviy ravishda rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshootlari-sport sog’lomlashtirish klublari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktablari, o’yingohlar, sport zallari,-maydonlari, hovuzlar barpo etildi va ta’mirlandi. Ularda 7 mln. kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega bo’ldi.
1992-yil yanvarda O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi tuzildi va 1993-yil sentabrda xalqaro olimpiya qo’mitasining 101-sessiyasida rasmiy e’tirof etildi.
Sportning boks turi jadal o’sdi. 17-marta jahon chempioni Artur Grigoryan, Sidney Olimpiadasi chempioni Muhammadqodir Abdullayev kabi bokschilarimiz nomi jahonga mashhur. 1999-yil avgust oyida Amerikaning Xyuston shahrida o’tkazilgan X jahon chempionatida O’zbekiston boks komandasi 83 mamlakat o’rtasida AQSh va Kuba komandalaridan keyin faxrli uchinchi o’rinni egalladi. Vatanimizda sportning tennis turi rivojlandi. 168 ta tennis korti, eng zamonaviy Yunusobod tennis majmui barpo etildi. Yunusobod tennis saroyida 1994-2002-yillarda O’zbekiston Prezidenti kubogi uchun 9-marta xalqaro tennis musobaqalari o’tkazildi. 1999-yilning iyul oyida Londonda o’tgan tennis bo’yicha yoshlar xalqaro turnirida toshkentlik sportchi Iroda To’laganova Uimbldon turnirida g’olib chiqib, kumush kubokning kichraytirilgan nusxasini qo’lga kiritdi.
1998-yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog’ining eng baland «Everest» cho’qqisiga ko’tarilib, O’zbekiston dovrug’ini dunyoga taratdilar.
Mustaqillik sharofati bilan milliy o’zbek kurashi tiklandi. 1992-yilda Termiz va Shahrisabz shaharlarida dastlabki milliy kurash bo’yicha xalqaro musobaqa o’tkazildi. Milliy kurashimizning nazariy jihatlari va qoidalari ishlab chiqildi va xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etildi, xalqaro sport turlari qatoridan o’rin oldi. 1999-yil may oyida Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan sportchilar ishtirokida kurash bo’yicha birinchi jahon chempionati bo’lib o’tdi. Unda o’zbekistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo’lga kiritdilar. Akobir polvon, Kamol polvon, Toshtemir polvonlar nomi butun jahonga taraldi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi, uning faxriy Prezidenti etib Islom Karimov saylandi. Buyuk Britaniyada 2000-yildan e’tiboran har yili Islom Karimov nomi bilan ataluvchi xalqaro turnir bo’lib o’tmoqda. 2002-yil oktabrda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Xalqaro sport federatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi. O’zbek milliy kurashi xalqaro sport turi sifatida dunyoda e’tirof topdi.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston sportchilari Olimpiadalar, Osiyo o’yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari va boshqa musobaqalarda qatnashib, 3000 dan ortiq oltin, kumush va bronza medallarini qo’lga kiritdilar.
Shaxmat bo’yicha jahon chempioni Rustam Qosimjonov, boks bo’yicha jahon chempioni Muhammadqodir Abdullayev, og’ir atletika bo’yicha jahon chempioni Ruslan Nuriddinov (2014-yil) kabi sportchilar O’zbekiston xalqining iftixoridir.
Shunday qilib, mustaqillik yillarida O’zbekistonda sport rivojlandi, yangi ma’no-mazmun bilan boyidi, jahon sportiga qo’shildi va xalqaro-maydonda salmoqli o’rinni egalladi.
Ma’naviy-madaniy sohada erishilgan yutuqlar o’z samarasini ko’rsatmoqda. Ma’naviy hayotimizda uyg’onish yuz berdi, odamlarning tafakkuri va hayotga munosabati o’zgardi. Kishilarimiz ongida demokratik qadriyatlar mustahkamlandi, aholining faolligi oshdi, mamlakatimizning kelajagiga ishonchi mustahkamlandi.


Download 10,97 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   163




Download 10,97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Diniy va milliy qadriyatlarning tiklanishi

Download 10,97 Mb.