• Qoraqalpog`iston Respublikasining mustaqil O`zbekiston tarkibidagi suveren respublika deb e`lon qilinishi
  • 1992-yil 14-dekabrda
  • Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
  • O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren Qoraqalpog`iston Respublikasining huquqiy holati
  • Qoraqalpog`iston - O`zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi suveren demokratik respublikadir”
  • Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat




    Download 10,97 Mb.
    bet111/163
    Sana25.11.2023
    Hajmi10,97 Mb.
    #105408
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   163
    Bog'liq
    Мажмуа янги тарих 2022

    -U-
    fikringizni umumlashtiring





    11-MAVZU:MUSTАQILLIK YILLАRIDА QОRАQАLPОG’ISTОN RESPUBLIKАSI


    REJA:

    1. Qoraqalpog`iston Respublikasining mustaqil O`zbekiston tarkibidagi suveren respublika deb e`lon qilinishi.

    2. Qoraqalpog`iston Respublikasida boshqaruv tizimi.

    3. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog`iston Respublikasida davlat islohotlari.

    4. O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren Qoraqalpog`iston Respublikasining huquqiy holati.



    Qoraqalpog`iston Respublikasining mustaqil O`zbekiston tarkibidagi suveren respublika deb e`lon qilinishi.O`zbekiston o’zining davlat mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng Qoraqalpog`iston mustaqil O`zbekiston tarkibidagi suveren respublika deb e`lon qilindi.1990-yilning 14-dekabrida Qoraqalpog`iston respublikasi Oliy Kengashining IV sessiyasida O`zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat suvereniteti to’g`risida Deklaratsiya qabul qilindi.
    Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy Kengashi o`zining XII sessiyasida 1993-yil 9-aprelda Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va davlat gerbi qabul qilindi.Qoraqalpog`iston Respublikasi suveren respublikasining barcha davlat ramzlariga egadir. Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-dekabrda bo’lib o’tgan XI sessiyasida Qoraqalpog`iston davlat bayrog`i, 1993-yilning 14-dekabrdadavlat madhiyasi tasdiqlandi.
    Qoraqalpog`iston Respublikasida boshqaruv tizimi.Qoraqalpog’iston – parlament boshqaruv shakliga ega bo’lgan O'zbekiston respublikasi tarkibidagi hudud. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi – ko’p partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylangan deputatlardan iborat Qoraqalpog’iston Jo’qorg’i Kengeshi (QR JK) hisoblanadi. Jo’qorg’i Kengeshi raisi respublika rahbari hisoblanib, u Jo’qorg’i Kengesh deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi (faqat ketma-ket 2 muddatdan oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, ya’ni Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati hisoblanadi. Qoraqalpog’istonda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda Qoraqalpog’iston Oliy kengashining 1993-yil 9-apreldagi 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpog’iston Konstitutsiyasiga amal qilinadi. O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren Qoraqalpog`iston Respublikasining huquqiy holati. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Qoraqalpog`iston Respublikasi maqomi alohida bobda mustahkamlangan (XVII bob). O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasida “Suveren Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpog`iston Respublikasining suvereniteti O`zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi" deyiladi. Shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida “Qoraqalpog`iston - O`zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi suveren demokratik respublikadir” deb mustahkamlangan.

    Download 10,97 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   163




    Download 10,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat

    Download 10,97 Mb.