Ijtimoy-iqtisodiy, innovatsion texnologik, fan va ta’limga oid ilmiy-amaliy jurnal




Download 5.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/37
Sana12.09.2023
Hajmi5.93 Mb.
#81347
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
Muhandislik va Iqtisodiyot jurnali,1 son, 30 iyul 2023 yil Sayt
Amaliy 2, АКТИВНАЯ ВИБРОЗАЩИТА ТЕЛА, УСТАНОВЛЕННОГО НА ВЯЗКОУПРУГИХ ОПОРАХ, 4 kurs Amaliy ingliz tili Iqtisodiyot 2 OT sirtqi Ishchi dastur, 8-sinf-informatika-testlar-1, Polimerlar - Vikipediya, Ochiq dars 6-sinf texnologiya, 10 kl Kompleks sanlar 45-mektep, Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov), 1-labaratoriya Ochilov Sardor, Matritsalar va ular ustida amallar, Ikkinchi tartibli va uchinchi tartibli determinantlar, 4-sinf-режа, 1234, Doc1
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–6207-son, 13.04.2021 y
2. Benjamin Avanzi, Hayden Lau, Bernard Wong On the optimality of joint periodic and extraordinary dividend strate-
gies//European Journal of Operational Research, Available online 24 April 2021.
3. Rodrigo Saens,Tamara Tigero Mandatory dividend rules and the investment decision: The case of Chile//The North 
American Journal of Economics and Finance Volume 56, April 2021, 101373
4. JamesR.Booth, DennisT.Officer,GlennV.Henderson.Commercial bank stocks, interest rates, and systematic risk. // 
Journal of Economics and Business. Volume 37, Issue-4, December, 1985. Pages 303-310. 
5. Vladimir Arčabić (2013) .The relationship between the stock market and foreign direct investment in Croatia: Evidence 
from VAR and Co-integration analysis. Financial theory and practice37 (1) 109-126
6. В. А. Галанова, А. И. Басова. Москва «Финансы и статистика» 2006.


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
43
O‘ZBEKISTONDA OILAVIY 
BIZNESNI TIJORAT 
BANK KREDITLARI 
ORQALI RIVOJLANTIRISH 
ISTIQBOLLARI
Yuldasheva Umida Akulxanovna
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni 
Tashkiliy ishlar va kadrlar bo‘limi Kadrlar sektorining mudiri 
(O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi)
Annotatsiya:
maqolada oilaviy biznes subyektlarining innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda tijorat banklarining roli 
o‘rganib chiqildi. Loyihalarning samaradorligini oshirish va ularni takomillashtirishdagi muammolari hamda kelajakdagi 
istiqbollari aniqlab olindi. oilaviy biznesining innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda rivojlangan xorijiy mamlakat-
lar tajribasi o‘rganildi. Tijorat banklari tomonidan oilaviy biznes subyektlarining innovatsion loyihalarni moliyalashtirish 
yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kalit so‘zlar:
oilaviy biznes subyektlari, innovatsiya, investitsiya loyihasi, tijorat banklari kreditlash amaliyoti, innovatsion 
faoliyatni boshqarish, kredit portfeli.
Аннотация:
в статье рассматривается роль коммерческих банков в финансировании инновационных проектов 
субъектов семейного бизнеса. Выявлены проблемы повышения эффективности проектов и их совершенствова-
ния, а также их дальнейшие перспективы. Изучен опыт развитых зарубежных стран по финансированию инно-
вационных проектов семейного бизнеса. Коммерческими банками разработаны практические предложения и 
рекомендации по финансированию инновационных проектов субъектов семейного бизнеса.
Ключевые слова:
субъекты семейного предпринимательства, инновация, инвестиционный проект, кредитная 
практика коммерческих банков, управление инновационной деятельностью, ссудный портфель.
Abstract:
the article examines the role of commercial banks in financing innovative projects of family business entities. 
The problems of increasing the efficiency of the projects and their improvement, as well as their future prospects, were 
determined. The experience of developed foreign countries in financing innovative projects of family business was stud-
ied. Commercial banks developed practical suggestions and recommendations for financing innovative projects of family 
business entities.
Keywords:
family business entities, innovation, investment project, lending practices of commercial banks, management 
of innovative activities, loan portfolio.
K I R I S H
Mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotni oilaviy biznes subyektlarisiz va ularni innovatsion loyihalarsiz 
rivojlantirish qiyin, ularni moliyalashtirishda tijorat banklarining roli muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi tijorat 
banklari innovatsion loyiha ishlab chiqaruvchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni kredit mablag‘lari bilan 
ta’minlab, mamlakatimizda innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda asosiy pog‘ona vazifasini bajaradi va shu 
orqali, jamiyatda umumiy makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shadi.
Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklari tomonidan innovatsion loyihalarni 
moliyalashtirishning ahamiyati yildan-yilga oshib bormoqda. Tijorat banklarining kreditlari yordamida iqtisodi-
yotning muhim tarmoqlari moliyalashtirilmoqda, yangidan-yangi innovatsion loyihalar bilan faoliyat ko‘rsatuvchi 
korxonalar barpo etilmoqda, innovatsion texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlar va xizmat turlari joriy 
etilib, yangi mahsulot turlarini yaratish ishlari rivojlantirilmoqda.
Tijorat banklari faoliyatida innovatsion va investitsion loyihalarni moliyalashtirishd borasida Shavkat Mirziyoyev 
tomonidan “Bank investitsiya faoliyatiga o‘z mablag‘lari bilan birga, tashqaridan moliyalashtirish 
manbalarini jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak” 
[1]
deya ta’kidlangani hamda 
Mamlakatda 2020-yilni “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” deb e’lon qilingani, uning 
Dasturida innovatsion loyihalarni mamlakatda ishlab chiqarishga keng tatbiq etish, ilm va ma’rifatni 
har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iqtisodi yotning rivojlanishini barcha bosqichlarida innovatsion lo y-


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
44
ihalarni moliyaviy ta’minlash masalalari inobatga olinganligi tadqiqotning bugungi kundagi dolzarblig-
ini belgilab beradi.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘lida oxirgi yillarda tijorat banklari tomonidan kreditlash hajmi bir 
necha o‘n marotabo ko‘paydi. Biroq bizga ma’lumki, rivojlanish va taraqqiyot jarayoni shiddatli raqobat tus olib, 
muammolar asosida mukammallashib boradi. Banklar tomonidan innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan 
korxonalarning loyihalarini moliyalashtirishda, ularni likvidliligi past degan baho berilmoqda. Bu korxonalarga 
bank kreditlarini ajratishda muammolarni yuzaga keltirib chiqarmoqda. Ushbu muammolarni hal qilish yo‘lla-
rini, yangi innovatsion loyihalarni moliyalashtirish va boshqarish usullarining ilmiy-nazariy va uslubiy jihatdan 
chuqur tadqiq etish muhim vazifa hisoblanadi.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
“Innovatsiya” atamasi (lotincha “innovato” so‘zidan olingan) yangilash va yaxshilash degan ma’noni 
anglatadi. Innovatsiya mazmunida yangi deb qabul qilingan madaniyatning moddiy (nomoddiy) qiymati sifatida 
anglangan.
Iqtisodchi olimlarning fiklariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak quyidagi xorijlik olimlar o‘zlarining turlicha talqin-
larini keltirib o‘tgan, xususan:
I. L. Balabanov “innovatsiya” bu – nazorat, rejalashtirilgan usuli, yangi texnika va texnologiya, ishlab chiqa-
rish, mehnat, xizmat ko‘rsatish, boshqarishni tashkil etishning yangi shakliga kapital kiritishdan olingan natijani 
namoyon etadi deb tushuntirgan 
[2]
;
A. B. Borisov “innovatsiya” bu texnologiyalarning yangi turlarini ishlab chiqish, yaratish va tarqatish, yangi 
tashkil qilish shakllarini joriy etishga qaratilgan ijobiy faoliyat natijasini anglatadi deb hisoblaydi 
[3]
;
O‘zbekistonlik iqtisodchi-olimlardan R. Gimush va F. Matmurodovlar “innovatsiya” deganda yangilik va 
yangilik kiritish degan ma’noni anglatishini aytib o‘tganlar 
[4]
;
B. E. Toshmurodova va N. Jiyanovalar fikriga ko‘ra “innovatsiya” tushunchasi o‘z ichiga nafaqat texnik 
izlanishlarni, balki korxona ishi usulidagi yangiliklarni ham olishini aytib o‘tganlar 
[5]
.
Jahon banki innovatsiyani texnologiyalarni yoki jamiyatda nimadir yangi narsani amaliyotda qo‘llanilishi 
deb tushuntiradi (World bank report, 2010).
G. Popov innovatsiya faoliyatini tugallangan ilmiy-tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarini yoki takomillash-
gan texnologik jarayonda amalga oshiriluvchi, mahsulot ishlab chiqarish uchun erishilgan ilmiy-texnik yutuqlar-
dan samarali foydalana olish deb tushuntiradi 
[6]
.
So‘nggi yillarda butun jahon miqyosida sodir bo‘layotgan moliyaviy iqtisodiy inqiroz sharoitida innovatsion 
loyihalar va innovatsion faoliyatning ahamiyati yanada oshdi. Bu o‘z navbatida mamlakatimizda banklarning 
innovatsion faoliyatida va umuman davlatning innovatsion siyosatida ijobiy o‘zgarishlar vujudga kelishiga olib 
keldi.
Mazkur soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatda tijorat banklari tomonidan innovatsion 
loyihalarni kreditlash, mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida ularni rolini oshirish bugungi kunda 
dolzarb bo‘lib turibdi.
Shu o‘rinda iqtisodchi olim R. X. Karlibayevaning fikriga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, iqtisodiy islohotlar sha-
roitida mamlakat milliy iqtisodiyotini modernizatsiyalash, mahsulot ishlab chiqarish sur’atini oshirishga qaratil-
gan iqtisodiy siyosatni jonlantirishni talab qilishni keltirib o‘tgan 
[7]
.
Fikrimizcha, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish hamda yangi ishlab chiqarishni tashkil etishda bank kredit 
resurslarini jalb qilish dolzarb masaladir. Chunki, yangi ishlab chiqarishni tashkil etish va ularni amalga 
oshirishda yirik moliyaviy imkoniyatlar talab etiladi. Mazkur moliyalashtirish masalasining yechimi korxonalarga 
kreditlar berish bilan ta’riflanadi.
O‘zbekistonda innovatsion g‘oyalarini kreditlashga muhtoj korxonalar soni oxirgi yillarda tobora ortib bor-
moqda. Bunda kredit resurslari aylanma vositalar harid qilishga emas, balki strategik rivojlanish dasturlarini 
moliyalashtirishga yo‘naltirilishi nazarda tutiladi. Ma’lumki, bu holda joylashtirilgan resurslar yuqori riskli va 
aksariyat hollarda tijorat loyihalarini amalga oshirish natijasida shakllanuvchi daromadlar hisobidan qaytib 
keladi.
Bugungi kunda tijorat banklari kredit siyosati va korxonalarni kreditlash amaliyotidagi kamchiliklar, jum-
ladan, respublikada banklarning kreditlash tartibi hanuzgacha jahon standartlari va mijozlarning talablariga 
javob bera olmasligi, rivojlangan davlatlar tijorat banklarining kreditlash amaliyotining mamlakat tijorat bankla-
riga tatbiq etilmayotganligi mazkur maqola mavzusining tanlanishiga sabab bo‘ldi. Shu sababli, tijorat bankla-
rining bugungi kundagi oilaviy biznes subyektlarini kreditlash amaliyotidagi mavjud muammolarini aniqlash, 
xorijiy banklar kreditlash amaliyotinin ustuvor tomonlarini amaliy tahlillar asosida o‘rganish, ularning bu soha-
dagi ilg‘or tajribalari, O‘zbekiston tijorat banklari kreditlash amaliyotida joriy qilish yuzasidan aniq asoslangan 
ilmiy takliflarni taqdim etish ko‘zda tutilganligi ushbu ilmiy maqolaning dolzarbligini namoyon etadi.


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
45
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Tadqiqot jarayonida innovatsion loyihalar bilan faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarning mamlakat iqtisodi-
yotidagi o‘rni, rivojlanishi, o‘ziga xos xususiyatlari va unda aholi ish bilan bandligini aniqlash bo‘yicha o‘rga-
nishga dialektik va tizimli yondashuv, kompleks baholash, qiyosiy va solishtirma tahlil, statistik va dinamik 
yondashuv hamda guruhlash usullaridan foydalanildi. Mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy ta’sir etuvchi kredit 
hajmini aniqlash va shu bilan birgalikda innovatsion loyihalar xususan real sektorga ajratilgan kreditlarning 
YAIMga ta’siri qay darajada ekanligini ekonometrik tahlillar qilindi. Mazkur ishning amaliy ahamiyati shundaki, 
mamlakatda milliy o‘sishni ta’minlashda mamlakat yalpi ichki mahsulotining miqdoriy o‘sishi 2025-yil uchun 350 
trln. so‘m deb faraz qiladigan bo‘lsak, ushbu natijaga erishish uchun banklardan talab etiladigan jami kreditlar 
miqdori 25,543 trln. so‘mni tashkil etishi aniqlandi.
Iqtisodiyotning barqaror sur’atlarda rivojlanish omillaridan biri innovatsion loyihalarni moliyalashtirishidir. 
Ushbu jarayonda aholi ish bilan bandligining oshib borishi va bu ko‘rsatkichlarni solishtirma tahlil qilish, shu 
asosda tegishli tavsiyalar ishlab chiqishi bilan belgilanadi.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda innovatsion loyihalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan kor-
xonalarning bank kreditlariga bo‘lgan talabi rivojlanayotgan davlatlarda birmuncha yuqori hisoblanadi. Rivoj-
langan davlatlarda o‘rtacha 40 foiz korxonalarning kredit olishga ehtiyoji mavjud bo‘lsa, Sharqiy Yevropa va 
Markaziy Osiyo mamlakatlariga ushbu ko‘rsatgich 45 %dan 60 %gacha bo‘lganligini kuzatish mumkin. Shu 
bilan birga kreditlash jarayonida garov talab etilishi rivojlangan mamlakatlarda o‘rtacha 60 %dan yuqori bo‘lsa, 
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida o‘rtacha 80 %dan yuqoriligini ko‘rsatish lozim (1-rasm).
1-rasm:
Jahonda faoliyat ko‘rsatadigan oilaviy biznes subyektlarining bank kreditlariga bo‘lgan talabi, foizda
Manba: Jahon banki 2022-yilgi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Yuqoridagi davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, oilaviy biznes subyektlarining innovatsion loyihalarini 
kreditlash aholining turmush darajasini oshirish, aholi bandligi, ularning iqtisodiy faolligini oshirish kabi aniq 
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga yo‘naltirilishi lozim. Dunyo amaliyotida sinalgan investitsion kredit-
lashning tajribasidan O‘zbekiston Respublikasida ushbu yo‘nalishdagi bozorning shakllanayotganligi sharoitda 
uning ijobiy tomonlaridan foydalanish nazariy va amaliy jihatdan muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
MDH mamlakatlarini misol qilib olganda Belorussiyada 2007-yilda “Innovatsion rivojlanish davlat dasturi”-
ning qabul qilinishi bilan ilmiy ishlanmalarning tijoratlashtirilishi Respublikada innovatsion faoliyatning rivojlani-
shiga olib keldi. Mamlakat innovatsion infratuzilmasi ushbu soxadagi maslahat xizmatlari, axborot va tashkiliy 
yordam ko‘rsatuvchi 80 dan ortiq kompaniyalarni tashkil qiladi. Turli texnoparklar, ikkita innovatsiya markazi, 


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
46
o‘n birta texnologiyalar transferti firmalari, uchta texnologiyalarni uzatish xalqaro markazlari va boshqa innova-
tsion infratuzilma tashkilotlari faoliyat yuritadi.
Belorussiyada innovatsiyalarni moliyalashtirish asosan oilaviy biznes subyektlari o‘z mablag‘lari va, 
ayniqsa, byudjet mablag‘lari asosida amalga oshiriladi. Jami xarajatlarning deyarli 70 foizi bank kreditlari va 
byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘i hammasi bo‘lib bir foizni ham tashkil qilmaydi. Bunga, albatta, inno-
vatsiyalar sohasidagi investitsiya loyihalarining yuqori riskli bo‘lishi va qaytimning kelish ehtimoli nisbatan pas-
troq bo‘lishi sababchidir. Shuning uchun Belorussiyada venchurli moliyalashtirishni keng ko‘lamda rivojlantirish 
ustida ish olib borilmoqda (2-rasm).
2-rasm:
Belorussiya Respublikasida oilaviy biznesni moliyalashtirish manbalari tuzilmasi. Manba: Belorussiya 
Respublikasida statistik to‘plami, 2022.
O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi esa, asosan, mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar 
bilan uzviy bog‘liq. 2022-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 888,3 trln. so‘mni tashkil qildi va 2021-yil bilan 
qiyoslaganda 16,8 foiz o‘sishga erishgan. YaIM kishi boshiga 25,3 mln. so‘mni tashkil qildi. 2014–2022-yil-
lapda, O‘zbekiston Pespublikasining yalpi ichki mahsuloti va tijorat banklari kpeditlarining hajmi o‘sish tenden-
siyasiga ega bo‘lgan. Iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 
2022-yilda 16,3 foizga oshib, 2022-yil holatiga 390,1 trln. so‘mga yetdi, kreditlarning YaIM nisbatan darajasi 44 
foizni tashkil etdi. (3-rasm).
3-rasm:
O‘zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulot (YAIM), tijorat banklari kreditlari miqdori va darajasi, 
trln. so‘m. 
1

www.cbu.uz. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan. 


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
47
O‘zbekistonda texnologiya va innovatsion tizimi texnologik jarayoni bugungi kunda oldingi marralarda 
emas, shuning uchun xorijdan yangi bilimlar va texnologiyalarning kirib kelishi va o‘zlashtirilishiga muxtojmiz. 
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xorij texnologiyalarini o‘zlashtirish davlat innovatsiya siyosatining asosiy 
ustuvorliklaridan bittasi bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun yangilik hisoblanadigan mavjud inno-
vatsiyalarni o‘zlashtirish va moslashtirish ko‘proq ahamiyatlidir. 
Bugungi kunda oilaviy biznes subyektlarining rivojlanishi, jumladan zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishi va 
raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishi uchun davlat tomonidan bir qancha ijobiy ishlar olib borilmoq-
da, hamda ularni qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy yordam ko‘rsatishga katta e’tibor berilmoqda.
Mamlakatimizda innovatsion oilaviy biznes subyektlarini moliyaviy ta’minlash tizimi bo‘yicha yaxlit tasav-
vur hali shakllanmagan. Mablag‘i bor yirik korxonalar kichik innovatsiya korxonalarining loyihalariga qiziqish 
bildirmayaptilar. Innovatorlarning o‘zlari ham kredit muddati kichikligi, foiz stavkalarining yuqoriligi va garov 
ta’minotining yo‘qligi tufayli kredit mablag‘larini olmaslikka harakat qiladi. Moliyalashtirishning yetishmasligi ─ 
bu muammoning faqat bir tomoni, shuningdek, mablag‘larni qanday qilib taqsimlashni ham bilish kerak.
Ammo, 2017-yil qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida iqti-
sodiyotni innovatsion yo‘l orqali rivojlantirish strategiyasi belgilab berilishi natijasida, tijorat banklari oldin risklilik 
darajasi yuqori va likvidliligi past deb hisoblab yurgan innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan korxonalar 
bilan ishlashdan manfaatdorlik darajasi o‘zgardi. Banklar tomonidan innovatsion loyihalarni moliyalashtirish 
mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyati yuzaga keldi.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Oilaviy biznesini innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda tijorat banklarining rolini oshirish bo‘yicha 
umumlashtirilgan quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:
Respublikadagi asosiy tarmoqlarni modernizatsiya qilishni, xususan innovatsion ahamiyatdagi investitsiya 
loyihalarini banklar tomonidan moliyalashtirishda loyihaviy moliyalashtirish usulidan foydalanish ko‘lamini ken-
gaytirish uchun banklarning o‘zlik aktivlari hajmini oshirish;
Tijorat banklarining oilaviy biznessubyektlarining investitsion loyihalar sohasini aniqlash, baholash va 
boshqarishning yangi uslubiyatini ishlab chiqish;
Tijorat banklarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirishda asosiy e’tibor 
banklar tomonidan innovatsion loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish va bunda 
nafaqat sonli iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan baholash, balki sifat jihatidan ham samaradorligini baholash mexa-
nizmini joriy qilish yo‘lga qo‘yilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Download 5.93 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Download 5.93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoy-iqtisodiy, innovatsion texnologik, fan va ta’limga oid ilmiy-amaliy jurnal

Download 5.93 Mb.
Pdf ko'rish