Belorussiyada “yashil iqtisodiyot’ni rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo'nalishlari




Download 24.53 Kb.
bet1/3
Sana24.04.2024
Hajmi24.53 Kb.
#206819
  1   2   3
Bog'liq
20 Belorussiyada “yashil iqtisodiyot’ni rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo\'nalishlari
Qo‘shma operatorlar, XUSAYIN VOIZ KOSHIFIYNING AXLOQIY QARASHLARI, ew, innovatsion-mustaqil-ish-2, Mavzu, MsdV6y59BziY7UdHqjIDFcjeQJS1nfrrIGe5KW3i (1), 1boshlang-ich-sinf-o-quvchilarida-axborot-bilan-ishlash-madaniyatini-shakllantirish-texnologiyasi (1), Kasbiy faoliyat, 160704, Optikadagi ferma prinspi-hozir.org, Me’yoriy standart va ko’rsatma hujjatlarini tarkibi, 4-topshiriq 2, Doc1, Funksiyalar nazariyasi (2), Avtomatlashgan 3 modul

Belorussiyada “yashil iqtisodiyot’ni rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo'nalishlari

Belorussiya Respublikasi Markaziy Yevropa mintaqasida boy tabiiy salohiyati va rivojlangan inson resurslari bilan ajralib turadi. Mamlakat rivojlangan sanoat va qishloq xo'jaligiga ega. Shu bilan bir qatorda Belorussiya iqlim o‘zgarishi, Chiqindilaming paydo bo‘lishi va to‘planib qolishi, ekotizimlaming degradatsiyalashuvi, atmosfera havosi va suv rnanbalarining ifloslanishi, bioxilma-xillikning qisqarib borishi kabi o‘zaro bog‘liq iqtisodiy va ekologik muammolarga duch keimoqda.


Belorussiya Respublikasining “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish zaruriyatini mamlakatda mavjud real ekologik va iqtisodiy muammolar orqali asoslash mumkin:

  • mamlakat hududining 20%dan ortig‘i Chemobil AES halokati natijasida radionuklidlar bilan zaharlanganligi;

  • atomsfera havosining ifloslanishida transport ulushining yuqorligi - harakatdagi transport vositalarining havoni ifloslantirishdagi ulushi 70%ga yetadi, vaholanki, jahondagi o!rtacha ko‘rsatkich 20%dan oshmaydi;

  • botqoq yeriami keng miqyosda quritish natijasida tabiiy ekotizimlaming jadal sur’atlarda transformasiyalashuvi (bio xilma- xilükning yo'qolib borishi, yerlarning degradatsiyalashuvi, daryolaming sayozlashishi va boshqalar);

  • chiqindilaming to'planib borishi (birinchi o'rinda kaliy va fosforli mineral o‘g¡itlar ishlab chiqarish bilan bog'liq chiqindilar);

  • qishloq xojaligining tabiiy muhitga salbiy ta’siri (pestisidlar, mineral o‘g‘itlardan foydalanish);

  • energiya iste’molining yuqoriligi - mamlakatda YaIMning energiya sig‘imkorligi G'arbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan 1,5-2 marta yuqori.

Belorussiyada “yashil” iqtisodiyof’ni shakllantirish masalalari quyidagi strategik dasturlarda o‘z ifodasini topgan:



  1. Belorussiya Respublikasini 2016-2020 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi.

  2. Belorussiya Respublikasida 2020 yilgacha “yashil iqtisodiyof’ni rivojlantirish bo'yicha Milliy harakatlar rejasi (2016 y.).

  3. Belorussiya Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy barqaror rivojlantirish milliy strategiyasi.

Belorussiyaning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish milliy strategiyasi “inson - iqtisodiyot - atrof muhit” triadasiga asoslanadi. Strategiyada asosiy e’tibor quyidagilarga qaratiladi:



  • iqtisodiy siyosat va dastaklaridan foydalanish;

  • “yashil iqtisodiyot” uchun ta’lim;

  • fan va innovatsiyalar.

Milliy strategiyani ikki bosqichda amalga oshirilishi rejaiashtirilgan:


Birinchi bosqich - 2016-2020 yy. Ushbu bosqichda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini hisobga oigan holda sifat jihatdan muvozanatlashgan iqtisodiy o‘sishga o‘tish, mamlakat raqobatbardoshligi va aholi turmush sifatini oshirish asosi bo'lgan yuqori texnologik ishlab chiqarishni ustuvor rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Ikkinchi bosqich - 2021-2030 yy. Barqaror rivojlanishni qo’llab- quwatlash asosida ma’naviy qadriyatlami oshirish va insonni rivojlantirishning yuqori darajasiga erishish, fan sig'imkorligi yuqori ishlab chiqarishni jadal sur'atlarda rivojlantirish, tabiiy kapitalni saqlab qolgan holda “yashil iqtisodiyof’ni shakllantirish mazkur bosqichning ustuvor yo‘nalishlari sanaladi.
Belorussiya MDHda Qozog‘istondan keyin “yashii iqtisodiyof’ni rivojlantirish to‘g‘risida milliy dastur qabul qilgan mamlakat hisoblanadi. Belorussiya Respublikasining 2020 yilgacha yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha milliy harakatlar rejasi “yashil iqtisodiyof’ni jahon amaliyoti hilan taqqoslash asosida sifat jihatdan baholash imkonini beruvchi dasturdir. Dastur “yashil iqtisodiyof’ning turli sohalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan qirqqa yaqin chora-tadbirlar, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amaliyotga tatbiq etishga yo'naltirilgan o'ndan ortiq baholash mezoniarini qamrab oladi.
Milliy rejada “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish borasida quyidagi vazifalami hal etishni taqozo etadi:

  • mamlakatda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish uchun zarur shart-sharoitlarni aniqlash;

  • “yashil iqtisodiyoC’ning ustuvor tarmoqlari va faoliyat sohalarini belgilash;

  • “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amalga oshirish bo'yicha

institutsional vatarmoq chora-tadbirlari majmuasini shakllantirish;



  • “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga muvofiq iqtisodiy faoliyat

samaradorligini baholash.


Belorussiya Respublikasi “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish konsepsiyasining ustuvor yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

  • yalpi ichki mahsulotning energiya sig'imkorligi darajasini pasaytirish, yangi texnologiyalar va materiallardan foydalanish hisobiga energiya samaradorligini oshirish;

  • tiklanadigan energiya resurslari salohiyatidan foydalanish imkoniyatini oshirish;

  • elektrotransport infratuzilmasini rivojlantirish va “aqlli” shaharlar konsepsiyasini amalga oshirish;

  • energiya tejovchi uy-joylar qurilishini rivojlantirish va uy-joy fondining energiya samaradorligini oshirish;

  • organik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish;

  • barqaror ishlab chiqarish va iste’molni shakllantirish;

  • ekologik turizmni rivojlantirish.

Belorussiya Respublikasida “yashil iqtisodiyot”ga o'tish quyidagi tamoyillarga asoslanib amalga oshiriladi:



  • “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish tamoyillarining barqaror rivojlanish tamoyillari bilan muvofíqligi;

  • ijtimoiy va ekologik oqibatlaming oldini olish;

  • tabiiy va ijtimoiy kapitalni baholash;

  • iste’mol, ishlab chiqarish va resurslardan baqaror, samarali foydalanish;

  • “yashil ish o‘rinlari”ni yaratish, qashshoqlikni bartaraf etish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida raqobatbardoshlikni oshirish;

  • turli avlodlar o‘rtasida bo'lganidek bir avlod doirasida ham adolat va xolislikni ta’minlash.

2016 yil 20 sentyabrdan “yashil iqtisodiy of’ga Belorussiya Respublikasi Parij bitimining o‘ttizinch¡ ishtirokchisiga aylandi. Boshqa ko‘plab mamlakatlar bilan taqqoslaganda Belarussiyada quyidagi sabablarga ko'ra Parij bitimi talablariga ko'proq moslashish imkoniyati mavjud:



  • mamlakat hududining katta qismi o'rmonlar bilan qoplanganligi;

  • katta hajmdagi suv resurslarining mavjudligi;

  • botqoq yerlar va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydonining kattaligi.

Belcrussiyada Parij bitimi taiablarini amalga oshirish bo'yicha quyidagi miiliy dasturlar ishlab chiqilgan:


1.2030 yilgacha issiqxona gazlarining o‘rmon va botqoqlar tomonidan yutilishini kengaytirish bo'yicha Miiliy harakatlar rejasi;

  1. Belorussiya Respublikasining 2050 yilgacha issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish bo'yicha uzoq muddatli strategiyasi;

  2. Iqlim o'zgarishiga moslashish doirasidagi harakatlar rejasi.

Issiqxona gazlari emissiyasini 2030 yilda 1990 yil darajasining 28%iga qadar qisqartirish Belorussiya Respublikasining Parij bitimi bo'yicha asosiy majburiyatlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda 1990-2018 yillarda yerdan fbydalanish va o'rmon xo'jaligini qo'shmagan holda issiqxona gazlari emissiyasi miqdori 40,7%ga qisqarib. 1990 yil darajasining 59,3%iga tenglashgan (9.3.4.1-jadval).




Download 24.53 Kb.
  1   2   3




Download 24.53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Belorussiyada “yashil iqtisodiyot’ni rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo'nalishlari

Download 24.53 Kb.