• Kommunikativ kompetensiya
  • Ijtimoiy kompetensiya
  • Ota-onalar bilan hamkorlik




    Download 247.52 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/4
    Sana18.01.2024
    Hajmi247.52 Kb.
    #140181
    1   2   3   4
    Bog'liq
    “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi
    4000 essential English words 1, QVUOKGdvmvPZmKf49zeVfYqQZ60kllkhRmJzxemM, RAQAMLI JAVOPLAR, Mustaqil ish Safarov Shaxzod
    Ota-onalar bilan hamkorlik 
    Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim 
    muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil 
    qilishi mumkin:

    ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga 
    olish;

    ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;

    ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; 

    ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini 
    qo‘llab-quvvatlash.
     
    III-bob:- Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy 
    yondashuv deb nomlanib, dasturning majburiy 5ta ta’lim soxasini o‘z ichiga 
    oladi. 

    «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi 
    kompetensiyalari

    «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari 

    «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari 

    «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari 

    «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari 
     
    Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari 
     
    Kompetensiya 
    bolaning 
    bilim, 
    ko‘nikma, 
    malaka 
    va 
    qadriyatlari 
    majmuidir.Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola 
    shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.


    Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda 
    foydalana bilish ko‘nikmasi. 
    O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, 
    bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos 
    hisoblanadi. 
    Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan 
    muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish 
    mahorati. 

    Download 247.52 Kb.
    1   2   3   4




    Download 247.52 Kb.
    Pdf ko'rish