|
Ilmiy-amaliy konferensiyasiBog'liq Yosh olimlar 0610 (1)YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
37
to’plar edilar. Korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil qilish bo’yicha har qanday foydali ishlarni
rag’batlantirish kerak, bu kishilarning kundalik ijtimoiy ehtiyoji bo’lib, korxona iqtisodiy
samaradorligining asosiy omilidir. Korxonada mehnatni ilmiy tashkil qilish kengashi mehnatni
tashkil etish bo’yicha masalalarga bevosita rahbarlik qilsa, ijodiy brigadalar esa ishlab chiqarish
bo’linmalarida mehnat unumdorligini o’stirish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish bilan
shug’ullanadi. Ijodiy brigadalar tarkibiga ilg’or ishchilar, iqtisodchilar, texnologlar va boshqa
mutaxassislikdagi xodimlar (fiziolog va psixologlar) kiradi. Ijodiy guruhlarni konkurs asosida
tanlab olinishi maqsadga muvofiqdir. Yirik korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil qilish
tadbirlarini rejalashtirish, ishlab chiqarishga joriy etish masalalari bilan maxsus laboratoriya
yoki bo’limlar shug’ullansa, kichik korxonalarda mehnat va ish haqi bo’limi shug’ullanadi.
Korxonalarda mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish rejalarini tuzish va joriy qilish to’rt
bosqichda bajariladi:
1-
bosqich - tayyorgarlik ishlari;
2-
bosqich - tahlil qilish;
3-
bosqich - mehnatni ilmiy tashkil qilish rejalarini tuzish;
4-
bosqich - rejalarni joriy qilish.
Korxonada mehnatni ilmiy tashkil qilish masalalarini o’rganish uchun sex, ishlab chiqarish
bo’linmalari, alohida ish o’rinlari ob’ekt qilib olinadi. Mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlarini
belgilash, joriy qilish va rejalashtirishdan oldin korxonada amalda mehnat qanday tashkil
qilinganligi tahlil qilinadi. Tahlil qilishdan asosiy maqsad korxonada mehnatning tashkil
etilishini tekshirish, uning fan va texnikaning hozirgi rivojlanish darajasi, ish o’rinlarini tashkil
etilishini namunaviy loyihalarga mos kelishi, ilg’or ish usullarini, chet eldagi korxonalarni
tajribalarini o’rganish, ishlab chiqarishga tatbiq etish kabi masalalarni o’rganishdan iborat
bo’lishi bilan bir qatorda mehnatni ilmiy tashkil qilishning miqdoriy darajasini aniqlash,
mehnatni oqilonalashtirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish va joriy qilish ishlarining
yo’nalishlarini belgilashdan iboratdir. Mehnatni ilmiy tashkil qilishni tahlili uning asosiy
yo’nalishlari: mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi, ish o’rnini tashkil qilish va xizmat ko’rsatish,
mehnat sharoitini yaxshilash, mehnat intizomini mustahkamlash, mehnatni me’yorlash,
rag’batlantirish va hokazo bo’yicha amalga oshiriladi. Mehnatni ilmiy tashkil qilishning
yo’nalishlari alohida-alohida tahlil qilinadi, tadbirlar ishlab chiqiladi, lekin hamma yo’nalishlar
bo’yicha tadbirlar birgalikda ishlab chiqarishga joriy etilgandagina natijaga erishish mumkin,
chunki mehnatni ilmiy tashkil qilishning yo’nalishlari bir-biriga mahkam bog’liqdir. Shuning
uchun yuqorida keltirilgan mehnatni ilmiy tashkil qilish yo’nalishlarini kompleks tarzda tahlil
qilish va ularning miqdoriy darajasini aniqlash zarur. Shundagina korxonada mehnatni ilmiy
tashkil qilish darajasining qandayligini, uni ko’tarish va takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha
imkoniyatlarni aniqlash mumkin. Korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil qilish darajasini tahlil
qilish va uning miqdoriy darajasini aniqlashda Moskva ilmiy-tekshirish instituti ishlab chiqqan
uslubiy qo’llanmalardan foydalanilgan. Mehnatni ilmiy tashkil qilishning miqdoriy ko’rsatkichi
0 dan 1 gacha teng kelishi mumkin. Korxonaning tashkiliy darajasi 3 ta guruh ko’rsatkichlar
bilan aniqlanadi. Bunga mehnatni ilmiy tashkil qilish, ishlab chiqarishni tashkil qilish,
boshqarishni tashkil qilish, darajalarini belgilovchi ko’rsatkichlar kiradi. Mehnatni ilmiy tashkil
qilishning miqdoriy ko’rsatkichlari alohida xususiy hollar uchun, ya’ni mehnat taqsimotining
koeffitsienti, ilg’or ish usullarini, ish sharoitlarini belgilovchi koeffitsient va boshqa
koeffitsientlar orqali aniqlanadi. Mehnatni ilmiy tashkil qilishning umumiy darajasini baholash
|
| |