|
Ilmiy-amaliy konferensiyasiBog'liq Yosh olimlar 0610 (1)YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
36
iqtisod bo’limining qoshida tashkil etilgan byuro, guruhlar va katta bo’lmagan sexlarda
mehnatni tashkil etish masalalari bilan shug’ullanadigan alohida kishilar - mehnat masalalari
bo’yicha iqtisodchilar tashkil etadi. Bu bo’limlarning (mutaxassislarning) asosiy vazifalariga
mehnatni ilmiy tashkil qilish rejalarini tuzish, loyihalash, ishlab chiqarishga joriy etish,
ularning bajarilishini bevosita nazorat qilish, rejalarning bajarilishi xavf ostida bo’lganda tezkor
choralarni ko’rish, mehnat masalalarini tashkil qilish va boshqalar kiradi.
Uchinchi bo’g’in - mehnatni ilmiy tashkil qilish masalalariga uslubiy rahbarlik qilish. Uning
vazifasiga mehnatni tashkil qilishni ilmiy asosda qo’llash va takomillashtirishni uslubiy
ta’minlash kiradi. Bu esa mehnatni tashkil qilishning hamma yo’nalishlari bo’yicha uslubiy
yo’llanmalarni yaratish, aniq va namunaviy loyihalarni ishlab chiqish, mehnat bo’yicha
me’yorlar va me’yoriy hujjatlarni tayyorlash, korxona miqyosida mehnatni tashkil qilish
bo’yicha uslubiy va me’yoriy ma’lumotlarni to’plash va yaratish orqali amalga oshiriladi.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishni uslubiy ta’minlash bo’yicha ixtisoslashgan bo’limlarni, ya’ni
“Mehnatni ilmiy tashkil qilish” bo’limini yoki laboratoriyalarining tashkil qilinishi yirik
korxonalar uchun maqsadga muvofiqdir. Bunday bo’limlarning tarkibiga ijtimoiy masalalarni
o’rganadigan guruhlar kiritiladi. O’rta korxonalarda ma’suliyati cheklangan bo’limlar: guruhlar,
byurolar yoki laboratoriyalar “Mehnat va ish haqi” bo’limi qoshida tashkil etiladi. Guruhdagi
kam sonli mutaxassislar qisqa vaqt ichida mehnatni ilmiy tashkil qilish masalalari bo’yicha
hamma uslubiy ma’lumotlarni yig’ish, jamlash, qayta ishlash bilan yoki me’yoriy hujjatlar
tayyorlash bilan shug’ullana olmaydilar. Bu masalalar bo’yicha uslubiy hujjatlarni olish
shartnoma asosida ixtisoslashgan firmalar orqali amalga oshiriladi.
To’rtinchi bo’g’in korxona xodimlari bo’lib, ularni mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish
masalalariga jalb etishdir. Xodimlar, ayniqsa ishchilarni mehnatni ilmiy tashkil qilish
masalalarini tahlil qilishda, yangi tadbirlarni ishlab chiqishda, takomillashtirishda qatnashish
ishlari ham moddiy, ham ma’naviy rag’batlantirish zarur. Mehnatni ilmiy tashkil qilish
korxonalarda tashkiliy qulaylik sharoitini yaratish va bundan xodimlar bevosita manfaatdor
bo’lishlari kerak. Ushbu korxonalarda ijodiy guruhlarni tashkil qilishda va ularni
rag’batlantirishda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat
sharoitini yaxshilashda mehnatni tashkil qilishni rejalashtirish muhim o’rinni egallaydi. Engil
sanoat korxonalarida mehnatni ilmiy tashkil qilish masalalari bilan mutaxassislar
shug’ullanadi. Korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil qilish bo’yicha kengash tuzilib, unga
korxonaning bosh muhandisi rahbarlik qiladi.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish kengashi quyidagi masalalarni amalga oshiradi:
- Mehnatni ilmiy tashkil qilish bo’yicha asosiy yo’nalishlarni belgilaydi;
- Ijodiy brigadalar tarkibini tuzadi;
- Ijodiy brigadalar tomonidan berilgan takliflarni ko’rib chiqadi;
- Mehnatni ilmiy tashkil qilish bo’yicha tadbirlar rejasini tuzish;
- Mehnatni ilmiy tashkil qilishning ilg’or tajribalarini o’rganish, ishlab chiqarishga joriy etish;
- Mehnatni tashkil qilish bo’yicha o’tkaziladigan ko’rik, konkurslar ishlariga yakun yasash va
boshqalar.
O’z vaqtida samarali faoliyat yuritgan mehnatni ilmiy tashkil qilish kengashlarining xizmati
diqqatga sazovor bo’lib, u jamoatchilik asosida tashkil etilar edi. Mehnatni ilmiy tashkil qilish
kengashlari mehnatni tashkil qilish bo’yicha yaxshi ishlarni konkursini tashkil qilar, uni
o’tkazar edilar, mehnatni ilmiy tashkil qilishni targ’ib qilar, shu ishning tashabbuskorlarni
|
| |