• Kalit so’zlar
  • Ilmiy-amaliy konferensiyasi




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana15.06.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #263879
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Yosh olimlar 0610 (1)



    YOSH OLIMLAR 
    ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
     
    in-academy.uz/index.php/yo 
    35 
    KORXONALARDA MEHNATNI TASHKIL ETISH 
    Rahmatov Shohjahon Jahongirbek o’g’li 
    Andijon mashinasozlik inistituti iqtisodiyot 4-kurs
    Azamov. S. 
    AndMI dost. I . F. D 
     
    https://doi.org/10.5281/zenodo.10692344 
    Annotatsiya:
    Bu maqola korxonalarda mehnat tashkil etishni o‘rganishga bag‘ishlangan. 
    Ushbu maqolada mehnat tashkil etishning asosiy tushunchalari, amaliyot usullari, shuningdek, 
    korxonalarning o‘z faoliyati bo‘yicha muhim tadbirlar keltirib o‘tiladi. Mehnat tashkil etish 
    jarayonining muhim ahamiyati va uning korxonalarda qanday amalga oshirilishi haqida 
    tushunchalar ta'kidlanadi. Maqola, korxonalarning qanday qilib xodimlarni ilg‘or qilish, 
    ularning motivatsiyasini oshirish va yuqori ish faolligini ta'minlashda mehnat tashkil etishning 
    rolini ko‘rsatadi. Maqolada empirik tadqiqotlar, ilmiy tahlillar va korxona boshqaruvchilaridan
    olingan ma'lumotlar asosida yozilgan. 
    Kalit so’zlar:
    Mehnat tashkil etish, korxonalar, xodimlar, faollik, Ishchi motivatsiyasi, ish tizimi, 
    boshqaruv, rejim, qadam, tadbirlar, muhimlik, ko'nikma, aniqlovchilik, natijalar, analiz 
    Asosiy qism:
    Mehnatni tashkil qilish; korxonalarda o’zgaruvchan bo’lib, doimo takomillashib 
    turadi. Korxonalarda mehnatni tashkil qilishni takomillashuviga va uning o’zgarishiga 
    quyidagilar asos bo’ladi: 
    - birinchidan, mehnatni tashkil qilish bo’yicha ichki imkoniyatlar, ularni aniqlash, izlash va 
    tahlil qilish uchun ma’lumotlar; 
    - ikkinchidan, boshqa korxonalarda o’zini ko’rsata olgan yangi yaratilayotgan tashkiliy 
    yangiliklar, mehnatni tashkil qilish bo’yicha ilm-fanning yutuqlari
    - uchinchidan, har qanday yangi texnika va texnologiya o’z navbatida o’ziga mos keladigan 
    mehnatni tashkil etishni talab etadi, shu sababli yangi texnikani o’zlashtirish bo’yicha mehnatni 
    tashkil qilish tadbirlarini ishlab chiqish masalalarini 
    yo’lga qo’yish va ishlab chiqarishga tatbiq etish. Mehnatni tashkil qilish masalalari betartib va 
    tasodifiy bo’lmasligi uchun korxonalarda uni bir tizimga solish, tadbirlarni ishlab chiqishni 
    rejalashtirish va ularni o’z vaqtida ishlab chiqarishni joriy etishni tashkil etish kerak. 
    Korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil qilish ishlari bir qancha ishlab chiqarish bo’g’inlarini bir 
    maqsadga yo’naltirilgan va o’zaro bog’langan faoliyatini amalga oshirishini ko’zda tutadi.
    Bunday bo’g’inlardan - chiziqli muntazam boshqarish bo’g’ini bo’lib, u har bo’g’indagi 
    rahbarlardan tashkil topadi. Ular mehnatni oqilona tashkil qilish tadbirlarini o’zlari 
    boshqarayotgan bo’g’inda joriy etish bo’yicha bevosita javobgar shaxs yoki ma’suldirlar. Bunda 
    brigadada - brigadir, bo’limda - bo’lim boshlig’i, sexda sexning boshlig’i, korxonada esa korxona 
    rahbari. Muntazam rahbarlar mehnatni ilmiy tashkil qilish masalalari bilan bevosita 
    shug’ullanmasalar, ijobiy natijaga erisha olmaydilar. Shuning uchun ham korxona rahbari 
    mehnatni ilmiy tashkil qilish bo’yicha ish rejasini tasdiqlaydi, uning boshqarilishini tashkil 
    etadi, bevosita nazoratni amalga oshiradi, reja bajarmayotganlar uchun kerakli choralarni 
    ko’radi.
    Boshqaruvdagi ikkinchi bo’g’in - bu korxonada rahbarlarga yordam berish uchun vazifaviy 
    maxsus bo’limlarni tashkil etilishi bo’lib, ular boshqarish tizimida vazifaviy bo’g’inni ifoda 
    etadilar. Yirik korxonalarda bunday bo’g’inni mehnat va ish haqini boshqarish bo’limi, o’rta 
    quvvatli korxonalarda mehnat va ish haqi bo’limi, kichik korxonalarda esa rejalashtirish va 



    Download 0,5 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish