|
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал
|
bet | 5/7 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 306,5 Kb. | | #266048 |
Bog'liq B.N.Safarov pedagogikaADABIYOTLAR TAHLILI. Zamonaviy ta’limga xos muhim jihatlardan biri – pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o‘rganila boshlagan. Xususan, X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Ko‘zmina hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g‘oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabaror bilish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmunini yoritilgan. Mohiyatiga ko‘ra innovatsiyalar munosabat yoki jarayonga yangilik kiritishning dinamik tizimi sanaladi. O‘z-o‘zidan tizim sifatida yangilik kiritirish munosabat yoki jarayonning, birinchidan, ichki mantig‘ini, ikkinchidan, kiritilayotgan yangilikning muayyan vaqt oralig‘ida izchil rivojlanishi va atrof-muhitga ko‘rsatadigan o‘zaro ta’sirini ifodalaydi.
Xulosa. Ta’lim sifatini oshirish jamiyatning barcha jabhalarida hayotni yaxshilash va farovon turmush kechirishga olib keladi. Yangilikni kiritish ta’lim sifatini oshirishning samarali vositasi bo‘lganligi uchun ham rivojlangan davlatlar ta’lim jarayoniga uzluksiz yangilik kiritishga harakat qiladilar.
Ko‘pgina taraqqiy etgan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimidagi barcha bo‘g‘inlarning faol ishtirok etishlari ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun mamlakatimizda pedagogik innovatsiyalarni rivojlantirish muammolari ustida ilmiy - tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ko‘pgina mamlakatlar tajribalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion jarayonlarda yuqoridan pastga qarab harakatlansa va bunda bo‘ysunuvchi ijrochisi, ya’ni yangilikning faqat iste’molchisi bo‘lib qolsa, u holda bu jarayon ma’muriy xarakterga ega bo‘ladi.
Demak, innovatsion faoliyatga tayyor bo‘lib, darsga eng so‘nggi yangiliklarni olib kirib, ta’lim oluvchiga qiziqarli va uning ehtiyojiga mos ravishda tashkil etsagina, sifat va samaradorlikni kafolatlash mumkin.
|
| |