• Algoritm
  • Algoritm nima
  • Algoritmning asosiy xossalari
  • 3-xossa. Aniqlik
  • 3- amaliy mashg’uloti




    Download 139 Kb.
    bet1/6
    Sana11.10.2024
    Hajmi139 Kb.
    #274572
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    3-AMALIY ALGOTRMLAR


    3- AMALIY mashg’uloti:
    Algoritmlar haqida umumiy tushunchalar. Algoritm tushunchasi, asosiy xossalari. Algoritm ijrochisi. Algoritmlarni tasvirlash usullari. Algoritm turlari.



    Ma’ruza bayoni
    Algoritm tushunchasi. Avvalo algoritm tushunchasi lX asrlda yashab ijod etgan buyuk bobokalonimiz Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog’liqligini tushuntirish lozim. Algoritm so’zi al-Xorazmiyning arifmetikaga bag’ishlangan asarining dastlabki betidagi “Dixit Algoritmi” (“dediki al-Xorazmiy” ning lotincha ifodasi) degan jumlalardan kelib chiqqan. Shundan so’ng al-Xorazmiyning sanoq sistemasini takomillashtirishga qo’shgan hissasi, uning asarlari algoritm tushunchasining kiritilishiga sabab bo’lganligi ta’kidlab o’tiladi.
    Algoritm nima degan savolga, u asosiy tushuncha sifatida qabul qilinganligidan, uning faqat tavsifi beriladi, ya’ni biror maqsadga erishishga yoki qandaydir masalani yechishga qaratilgan ko’rsatmalarning (buyruqlarning) aniq, tushunarli, chekli hamda to’liq tizimi tushuniladi.
    Algoritmning asosiy xossalari haqida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
    1-xossa. Diskretlilik, ya’ni algoritmni chekli sondagi oddiy ko’rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin.
    2-xossa. Tushunarlilik, ya’ni ijrochiga tavsiya etilayotgan ko’rsatmalar uning uchun tushunarli bo’lishi shart, aks holda ijrochi oddiy amalni ham bajara olmay qolishi mumkin. Har bir ijrochining bajara olishi mumkin bo’lgan ko’rsatmalar tizimi mavjud.
    3-xossa. Aniqlik, ya’ni ijrochiga berilayotgan ko’rsatmalar aniq mazmunda bo’lishi lozim hamda faqat algoritmda ko’rsatilgan tartibda bajarilishi shart.
    4-xossa. Ommaviylik, ya’ni har bir algoritm mazmuniga ko’ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli bo’lishi lozim. Masalan, ikki oddiy kasr umumiy maxrajini topish algoritmi har qanday kasrlar umumiy maxrajini topish uchun ishlatiladi.

    Download 139 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 139 Kb.