Axborotniizlashva o‘rganish




Download 0.76 Mb.
bet16/55
Sana05.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#33236
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
Bog'liq
СТАТИСТИК МЕТОДЛАР 2 КУРС БТ МАГ
55 dars. listbox va combobox obyektl, 21-мактаб слайд хатлов (5) (2), 9-синф СЎРОВНОМА, A. Abdullayev - Daqiqa qadri., E\'lon, Далолатнома Иззатуллаев Зиёдулло, file (34), Aziza Baxranova Tirkash qizi, file (39), 1, 1, DARS ISHLANMA YUZI, Reja Ma\'lumotlarni qidirish. Chiziqli qidiruv. Binar qidiruv. C, Example Tezis

2. Axborotniizlashva o‘rganish

Fanda ilmiy axborotni hosil qlish va iste’molchilarga uzatish ishlarini axborot texnologiyasi tizimlari bajaradi. Axborotni qog‘ozli va qog‘ozsiz vositalarda saqlash va uzatish tizimlari mavjud.


Hozirgi vaqtda qog‘ozsiz texnologiyalar (kompyuter, internet, megafon, fleshka va boshqalar) axborotni ishlab chiqarish, izlash va uzatishda ustuvor texnologik tizimga aylanmoqda.
Axborotni geometrik progressifda ko‘payib borayotgan, shu bois, axborotni joylashtirish, saqlash va izlash texnologiyalarini taraqqiy etishi sharoitida axborot bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish aqliy mehnat sohiblari uchun muhim ahamiyatni kasb etmoqda.
Aytish kerakki, axborotlar okeanida kerakli ma’lumotni izlash nihoyatda murakkablashib bormoqda. Unga oid maxsus bilish yo‘nalishi – informatika esa har tomonga tarmoqlanib ketayotgan texnologik bilimlar kompleksiga aylangan.
Axborotni izlash, u bilan ishlashni tashkil qilishda ba’zi – bir uslubiy qoidalarga e’tibor berish kerak.
1. Hozirgi zamon axborot texnologiyasi tizimlarini yaxshi bilish, ular bilan ishlash uquviga ega bo‘lish.
2. Ilmiy-texnik axborot tizimlari to‘g‘risida aniq tasavvurni hosil qilish.
3. Mutaxassislik bo‘yicha axborot manbalirini mumkin qadar to‘liq bilish.
4. Axborotni izlashning eng oqilona yo‘lini tanlash, uni qayta ishlash usuli va vositalarni o‘ylab ko‘rish, tayyorlash.
5. Yordamchi bibliografik va axborot materiallaridan foydalanish uquviga ega bo‘lish.
Bugungi kunda tadqiqotchi ixtiyorida turli daraja va miqyosga ega bo‘lgan axborot texnologiyasi tizimlari va manbalari mavjud.
Asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Ilmiy axborotni ishlab chiqarish va saqlash tizimi-ilmiy-texnik axborot markazlari, ixtisoslashgan axborot resursi muassasalari. Bularda ilmiy yutuqlar, yangi natijalar, ixtirolar, ilmiy va texnologik loyihalar axborot shakliga keltiriladi va saqlanadi.
2. Axborot mahsuloti – chop etilgan, resurs markazlarida to‘plangan, internet saytlariga o‘tkazilgan axborot majmuasi (ilmiy hisobotlar, to‘plamlar, monografiyalar, loyihalar).
3. Axborot texnologiyasi tizimlari. Bu soha ilmiy axborotlarni tarqatish bo‘yicha ixtisoslashgan tizim bo‘lib, uning tarkibiga zamonaviy axborot va aloqa texnologiyasiga ega bo‘lgan ilmiy muassasalar, axborot resurslari, nashriyot, referativ qaydnomalar va ekspress-jurnallar kiradi.
4. Ilmiy axborot kommunikatsiyasi. Turli ilmiy markazlar internet yoki maxsus aloqa kanallari orqali muntazam ilmiy aloqalar o‘rnatadilar, anjuman va masofaviy ilmiy muloqot o‘tkaziladi.
Axborotni hujjatli manbalari.
Ilmiy axborot manbai» deb biron – bir ma’lumot mavjud bo‘lgan hujjat tushuniladi. Hajjat maqomiga ega bo‘lgan manbada ilmiy va amaliy faoliyatda foydalaniladigan ma’lumotlar saqlanadi.
Hujjatli ilmiy axborot birlamchi va ikkilamchi manbalarda mavjud bo‘ladi. Birlamchi hujjatli manbalarda yangi ilmiy va maxsus ma’lumotlar saqlanadi, ikkilamchi manbalarda esa birlamchi hujjatlarni qayta ishlashda hosil bo‘lgan ma’lumotlar (masalan, katalog, lug‘at, tahliliy umumlashtiruvchi referativ to‘plamlar va boshqalar) qayd etiladi.
Birlamchi hujjatli axborot manblari:
Kitoblar, monografiyalar, darslik, o‘quv qo‘llanmalar.
Davriy matbuot nashrlar – jurnallar, byulletenlar, ilmiy to‘plamlar.
Ilmiy tadqiqotlar va tajribaviy konstruktorlik ishlar haqidagi hisobotlar.
Me’yoriy hujjatlar, standartlar, texnikaviy yo‘riqnomalar, jadvallar.
Ixtisoslashgan ilmiy-texnik katalog va preyskurantlar.
Patent hujjatlari.
Informatsiyaviy nashrlar, ekspress-axborot.
Xorijiy ilmiy-texnikaviy adabiyotlar, asl nusxalar va tarjimalar.
Ilmiy anjuman materiallari.
Ikkilamchi axborot manbalari.
Qomusiy va ixtisoslashgan lug‘atlar.
Dissertatsiya avtoreferatlari.
Tahliliy va umumlashtiruvchi referativ to‘plamlar.
Bibliografik kataloglar.
Axborotni izlashni bibliografik manbalarni tanlashdan boshlash kerak. Odatda bunday ishni tadqiqotning konkret vazifasiga mos kelishini, hamda, izlanish rejasini hisobga olgan holda, tizimli ravishda amalga oshiradilar. Tizimsiz, noizchil izlanish har doim ko‘p vaqtni oladi.
Adabiyotni izlash qanday tartibda - xronologik yondashuv asosidami yoki boshida hozirgi dolzarb muammolarga bag‘ishlangan adabiyotlarni ko‘rib chiqib, keyin oldinroq chop etilgan materiallarni tahlil zaruriyati mavjudligiga bog‘liq.
Axborot manbalari, turli katalog va bibliografik ko‘rsatkichlarni bilish ish rejasiga, konkret maqsadga to‘g‘ri keladigan adabiyotlarni izlash, ular bilan ishlash sxemasini tuzib chiqishni osonlashtiradi.



Download 0.76 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Download 0.76 Mb.