|
Image Recognition
|
bet | 1/182 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 5,69 Mb. | | #244351 |
Bog'liq Python sun\'iy intellekt texnologiyasi Dasrlik 2024
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
A.N.Ulashev
PYTHONDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI
DARSLIK
Bilim sohasi:
|
600000 – Axborot kommunikatsion texnologiyalari
|
Ta’lim sohasi:
|
610000 – Axborot kommunikatsion texnologiyalari
|
Ta’lim yoʻnalishi:
|
60610100 – Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (sohalar bo‘yicha)
|
2024
PYTHONDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI
Ta’lim yoʻnalishi:
|
60610100 – Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (sohalar bo‘yicha)
|
Annotatsiya
Bu darslik, “Pythonda sun’iy intellekt texnologiyalari” nomi ostida o‘qiydigan talabalarga Python dasturi orqali ma’lumotlar modellarini yaratish, qulay va samarali foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish tamoyillari va amaliyoti, dinamik foydalanuvchi interfeyslarini yaratishni o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Darslik, Python dasturlash asoslari va foydalanuvchi interfeysi dizayni tushunchalari bilan boshlanadi va Python dasturi asoslangan sun’iy intellekt ishlab chiqish va ulardan foydalanishning asosiy ko‘nikmalarini talabalarga taqdim etadi.
Bu darslik quyidagi asosiy mavzularni o‘z ichiga oladi:
Python dasturida ma’lumotlar modellarini yaratish va ular bilan ishlash: Talabalar, Python dasturidan foydalanib, ma’lumotlar modellarini yaratish, ularga qo‘shimcha xususiyatlar qo‘shish va ma’lumotlarga murojaat qilishni o‘rganadilar.
Qulay va samarali foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish tamoyillari va amaliyoti: Darslik, foydalanuvchi interfeysi dizayni tushunchalari, maqbul va samarali interfeysni ishlab chiqishni o‘rgatadi.
Dinamik foydalanuvchi interfeyslarini yaratish uchun Python dasturidan foydalanish: Python dasturi orqali dinamik sun’iy intellekt yaratish, asinxron (asynchronous) tushunchalari va foydalanuvchilar bilan interaksiya qilishni o‘rganish.
Darslik, har bir mavzuga o‘rnatilgan amaliy misollar, topshiriqlar va tavsiyalar orqali talabalarga interaktiv o‘quv materialini taqdim etadi. Bu, Pythonga sun’iy intellektni o‘rganishga tizimli yondashuvni, shuningdek dasturlarni muvaffaqiyatli ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi va talabalarni axborot xavfsizligi sohasidagi zamonaviy muammolarni hal qilishga tayyorlaydi.
|
| |